hujjatlarida ko‘zda tutilmagan deb o‘ylaydi, aslida esa, uning harakatlari
qonun bo‘yicha jinoyat deb topiladi. «Qonunni bilmaslik
jinoiy
javobgarlikdan ozod qilmaydi» degan
qoidadan kelib chiqilib, mazkur
tarzdagi xato aybning qasd shaklini ham, jinoiy javobgarlik masalasini
ham rad etmaydi;
– shaxsning sodir etgan qilmishi qonun bo‘yicha
jinoyat
hisoblanmasa-da,
u o‘zi sodir etgan qilmishini jinoyat sifatida (xayoliy
jinoyat) xato baholaydi. Bunday qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyati va
huquqqa xiloflik
belgilari mavjud bo‘lmaganligi uchun jinoiy
javobgarlikka tortilmaydi, shuning uchun huquqiy ahamiyatiga ko‘ra, ayb
inkor etiladi.
–
subyektning sodir etgan jinoyati oqibatiga nisbatan xato uning
kvalifikatsiyasiga, mazkur qilmish uchun belgilanadigan jazo miqdoriga va
turiga nisbatan bo‘ladi. Holatlarning nomlanishi aybning mohiyatiga ta’sir
qilmaydi va u aybdor ongini to‘liq qamrab olmagan bo‘ladi, shuning
uchun
xato baho berish qasdni ham, jinoiy javobgarlikni ham inkor
etmaydi.
Shunday qilib, sodir etilayotgan qilmishning yuridik mohiyati va
yuridik oqibatlariga nisbatan yanglishayotgan shaxsning jinoiy
javobgarligi subyektning bu qilmishni baholashiga emas, balki qonun
hujjatlariga muvofiq kelib chiqadi. Bunday yuridik xato na aybga, na
jinoyat kvalifikatsiyasiga va na jazo tayinlashga ta’sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: