Shuni hisobga olish zarurki, real voqelikda jinoyat bir necha shaxslar
intilishlarini qo‘shish yo‘li bilan yoki ularning har bir mustaqil intilgan
natija yuzaga kelganda yoxud bir shaxs qilmishi boshqasining
qilmishiga
imkon berganda yoki ulardan har birining qilmishi natija bilan sababiy
bog‘liqlikda turganda sodir etilishi mumkin, shu bilan birga, bu holatlarni
ishtirokchilik deb bo‘lmaydi.
Bunday vaziyatlarda ishtirokchilik mavjud emasligi shu bilan
izohlanadiki, bir necha shaxslarning harakatlari parokanda, chunki
ularning har biri boshqasidan ajralgan holda harakat qiladi. Bunda, garchi
jinoiy oqibat ularning qo‘shilgan harakatlari natijasi bo‘lib, binobarin,
ularning harakatlari ular uchun umumiy jinoiy oqibat sababi bo‘lganda
ham, ishtirokchilik mavjud bo‘lmaydi. Misol uchun, fuqaro A. tomonidan
fuqaro B.ni o‘qotar quroldan
otib yarador qilishi, fuqaro V.ni yarani
bog‘lashda infeksiya tushirgani bois fuqaro B.ning o‘limi yuz berganida,
bu vaziyatni bunga sharoit yaratgan fuqaro A. bilan birgalikdagi jinoiy
faoliyat sifatida ko‘rish mumkin emas.
Har qanday ishtirokchining ijtimoiy xavfli
qilmishlari amalga
oshirilgan jinoyat doirasida jinoiy oqibat vujudga kelishining zaruriy sharti
bo‘lishi kerak.
Ishtirokchilarning harakatlari birgalikda bo‘lganligi haqidagi masala
nafaqat obyektiv holatlar asosida, balki ko‘p jihatdan subyekt alomatlarga
ham bog‘liq.
Ishtirokchilikning
subyekt belgilari qatoriga quyidagilar kiradi:
– har bir ishtirokchining hamma uchun umumiy natijaga erishishga
intilishi;
– jinoyatni birgalikda amalga oshirish haqidagi o‘zaro xabardorlik va
ishtirokchilar harakatlarining muvofiqlashganligi.
Jinoyat sodir etishda bir necha shaxslarning birgalikdagi
harakati sof
obyektiv holat, ya’ni ularning umumiy harakati bilan natijaga erishishdan
tashqari, subyekt holatini — boshqa shaxslarning faoliyati qo‘shilganligi
haqida bilish va ularning harakatini birlashtirish yo‘li bilan muayyan
natijaga erishishga intilishni ham nazarda tutadi.
292
Ishtirokchilar o‘rtasida jinoyatni sodir etishga oldindan kelishuv
mavjud bo‘lganda, birgalikni belgilash qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Birgalikning subyekt holatlarini aniqlash jinoyatga ishtirokchilar o‘rtasida
oldindan kelishuv mavjud bo‘lmaganda murakkablashadi.
Shaxs xatti-harakatida ikki holat:
umumiy harakatlar bilan
Dostları ilə paylaş: