275
Ushbu byudjet bosh byudjet tarkibiga kiradi va yangi texnika, texnologiyaga
uzoq muddatli moliyaviy qo‗yilmalarni sarflash bo‗yicha reja vazifasini bajaradi.
Maxsus byudjetlar tarkibiga kiruvchi urug‗lik chigit tayyorlash sexi
byudjetida fermer xo‗jaliklariga yetkazilib beriladigan urug‗lik chigit miqdori
aniqlanadi.
Quritish-tozalash sexi tayyorlov maskanlari qoshida o‗zini o‗zi ta'minlash
tamoyili asosida tashkil etiladi. Shu sababli mazkur byudjetda ushbu sexning
xarajati va daromadlari aniqlanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tishda paxta tozalash korxonalarida soliq byudjetini
tuzish zaruratga aylanmoqda. Chunki soliq to‗lovlari mazkur korxonalar xarajatlari
tarkibida salmoqli ulushga egadir.
Soliq byudjetini bajarish orqali soliqlarni minimallashtirish va soliq
siyosatini samaraliligini oshirishga erishish mumkin.
Daromad va xarajatlar byudjetini asosiy vazifasi korxonani byudjet
davridagi moliyaviy natijasini ko‗rsatib berishdan iborat bo‗lib, kutilayotgan
rentabellik va zararsizlik nuqtasini hisoblash, muhim yo‗nalishlarni aniqlash
hamda boshqa vazifalarni hal qilish imkonini beradi.
Pul mablag‗lari byudjeti korxonaga rejasini o‗z imkoniyati bilan solishtirish,
ya'ni mablag‗iga qarab faoliyat ko‗rsatish imkonini beradi va korxona hisob
siyosatiga bog‗liq bo‗lmaydi. Byudjet sikli uslubiy nuqtai nazardan juda murakkab
bo‗lgan va ko‗p maqsadli hujjat hisoblangan hamda korxonaning hisob siyosatiga
bog‗liq bo‗lgan prognoz balansini tuzish bilan yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: