Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari bo‘yicha hamma erkin
foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab
qo‘yilgan axborot resurslariga bo‘linadi.
Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan axborot
resurslari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridir.
Davlat sirlari to‘g‘risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin
foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qo‘yilgan
axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan
axborot resurslariga kiradi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
AXBOROTLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot
tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik
Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik
hujjatlarida iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston
Respublikasining
axborotlashtirish
to‘g‘risidagi
qonunchiligida
nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
axborotlashtirish — yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda
axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni;
|