8.3. Mahsulotning markasi Birinchidan, bu mahsulot markasi. Juda ko„p hollarda muayyan markaning
mahsuloti sotilayotgani uchun ham mahsulot xarid qilinadi.
Xaridor markani xarid qila turib nima uchun to„lashi kerak, undagi qanday
xususiyatlar uni mahsulotning tarkibiy qismlaridan biri sifatida ko„rib chiqish
imkonini beradi?
142
1. Marka xaridor uchun muayyan darajadagi kafolat va u tomonidan xarid
qilinadigan mahsulot yoki xizmatlar iste‟mol xususiyatlarining mazmunini namoyon
etadi. Marka muayyan sifatga kafolat berishi mumkin bo„lib, tovarning iste‟mol
xususiyatlari, uni ekspluatatsiya qilishdagi ishonchlilik, mahsulot funksional
xususiyatlarining uning spetsifikasiga mos kelishi kabilar bundan quyida bo„lmaydi.
2. Muayyan markadagi mahsulotlarni xarid qilish mijoz uchun ulardan
foydalanish jarayonini soddalashtiradi, Chunki bir xil markadagi tovarlarning
ko„pchiligi shunga o„xshasha ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo„lishadi.
3. Muayyan markadagi mahsulotni xarid qilib mijoz xizmat ko„rsatish,
ta‟mirlash va mahsulotning o„rnini almashtirishning tegishli tizimiga kiritiladi.
4. Marka xaridor uchun mahsulotning boshqa mahsulotlar tizimida
pozitsiyalanishini, shuningdek ushbu mahsulotning boshqalar bilan o„zaro
kombinatsiyalanishini osonlashtiradi.
5. Bir qator markalardagi tovarlar yuqori darajadagi mavqega ega bo„lganliklari
uchun ham xarid qilinadi.
6. Mijoz muayyan markadagi tovarni xarid qilib o„zining muayyan ko„rinishdagi
mahsulotlarga bo„lgan ehtiyojlarini qondiradi. Bunday holatda marka mahsulot
ko„rinishining kafolati bo„lib namoyon bo„ladi.
7. Marka xaridorga tanlash va xarid qilish protsedurasini osonlashtiradi, Chunki
me‟yoridan ortiq to„lgan bozor va tovar suffitsiti sharoitlarida marka mahsulotni
izlash va tanlashda o„ziga xos mo„ljal bo„lib xizmat qiladi.
Markaning mahsulot tarkibiy qismi sifatidagi roli va salmog„i har doim o„sib
boradi. SHuning uchun korxonaga mahsulotni yaratishda markani yaratish jarayoni
nihoyat darajada muhim ahamiyat kasb etadi. Ko„plab korxonalar mijozlarni aynan
o„z markalaridagi tovarlarni xarid qilishga jalb qilish maqsadida mahsulotni emas,
balki markani reklama qilishadi. Dastlab korxona marka uchun ishlaydi, so„ngra agar
bunday ish muvaffaqiyatli bo„lsa, marka korxona uchun ishlaydi.
Korxonalar markaga katta hajmdagi pul mablag„larini qo„yish bilan o„zlari
uchun raqobatdagi ustunliklarni yaratishadi. Bunda korxonalar katta e‟tiborni ham
143
o„z markasini noqonuniy foydalanishdan ham unga zarar keltirishi mumkin bo„lgan
harakatlardan himoya qilishga qaratadi.