38
Tayanch sohadagi ustunlikni uzoq muddatli raqobatdoshlikka aylantirish
uchun ushbu masalaga raqobatchilarga nisbatan ko„proq e‟tiborni qaratish lozim.
Xaridorlarning talablari turlicha o„zgarishi mumkin. Ushbu o„zgarishlarni
oldindan aniq ko„rish mumkin emas. Shu sababli o„zgarishlarni oldindan prognoz
qilish bazasi va ko„nikmalari yyetarlicha keng va moslashuvchan bo„lishi lozim.
Ko„nikmalar turli-tuman bo„lishi quyidagilarni nazarda tutadi:
1.
Insoniy resurslarni va bilimlar bazasini boshqarish.
2.
Narxni yaratuvchi zanjirdagi ishchi guruhlar harakatlarini muvofiqlashtirish.
3.
Ushbu muammolarni yetakchi yoki katta menejerlarga topshirish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Minimal moliyaviy xarajatlarni ta‟minlash uchun «Gray» (katta EHMlar),
«Lotos» (programma ta‟minoti), «Honda» (kichik dvigatellar) korxonalari iqtidorli
mutaxassislar guruhini qayta tashkil etib, ularni maxsus loyihalarni bajarishga
yo„naltiradilar. Ichki aqliy potensialni safarbar qilish orqali korxona muvaffaqiyatga
erishadi. Ushbu korxonalar katta operatsiya smetalari hisobiga emas, balki faoliyatni
ustakorlik bilan tanlash, tayyorgarlikka e‟tibor berish, kuchli madaniy ta‟sir qilish,
hamkorlik, motivlash, vakolatlar, tashkiliy moslashuvchanlik, ma‟lumotlar
bazasining sifatliligi hisobiga muvaffaqiyatga erishadi.
Tayanch ko„nikmalar shakllanib, o„z natijasini bera boshlagandan keyin ham
strategiyani amalga oshirish uchun javobgar shaxslarning tinchlanishga haqi yo„q.
Bozordagi vaziyatni o„zgarishini e‟tiborga olib, ko„nikmalarni doimo kengaytirish,
guruhlash va rivojlantirish lozim. Chunki ko„nikmalar korxonani raqobat ustunligini
yaratadi. Korxonani o„ziga xos maxsus ko„nikmalarini raqobatchilar o„zlashtirishi
juda mushkul. Shu sababli maxsus ko„nikmalar uzoq muddatli ustivor
raqobatbardoshlikni ta‟minlaydi.
Dostları ilə paylaş: