Havo transporti.
0 ‘zbekiston jahondagi ko‘p mamlakat-
larning poytaxtlari, yirik shaharlar, sanoat markazlari bilan havo
yo'llari orqali bog‘langan.
Respublika havo transporti — fuqaro aviatsiyasi tarixi 1920-
yillardan boshianadi. 1930-yildan Toshkent — Moskva yoiida
samolyotlar muntazam qatnay boshladi.
Respublika mustaqillikka erishgandan keyin, 1992-yilning
yanvar oyida « 0 ‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi
tashkil etildi.
Respublikaning, ayniqsa, xorijiy
mamlakatlar bilan tashqi
iqtisodiy, sayyohlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda mamlakatning
o‘z havo transporti muhim rol o‘ynamoqda. « 0 ‘zbekiston havo
yo‘llari»ning bir qancha Yevropa va Osiyo, Amerika mamlakat -
larida vakolatxonalari ochildi; yangi xalqaro marshrutlarda
samolyotlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi: 1993-yildan
Toshkentdan
MDHdan tashqari London, Manchester, Frankfurt-Mayn, Tel-
Aviv, Shaija, Jidda, Istambul, Karachi, Dehli,
Kuala-Lumpur,
Bangkok, Pekin, Afina, Amsterdam, Seul va Nyu-York shahar-
lariga muntazam xalqaro aviareyslar, Xalab (Aleppo),
Singapur
hamda Osiyo va Yevropaning ko‘pgina mamlakatlariga charter
yo‘lovchi tashish reyslari bajariladi.
« 0 ‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Ger-
maniya, Fransiya, Rossiya firmalari
bilan turli sohalarda ham-
korlik qilmoqda.
« 0 ‘zbekiston havo yo‘llari» xilma-xil tipdagi havo kemalariga
ega. Havo transporti tarmoqlarida yangilash ishlari davom ettiril-
moqda. 2010-yil «Air bus industy» kompaniyasining 6 ta
A 320 — 200 rusumli samolyoti sotib olindi.
Shu yilda « 0 ‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi
«Korean Air» kompaniyasi bilan hamkorlikda havo qatnovlari
geografiyasini
yanada kengaytirish, aeroport infratuzilmasini
yanada takomillashtirish va yuklarni tashish uchun samolyotlar
sonini ko‘paytirish ishlarini davom ettirmoqda.
2013-yil milliy avia kompaniya (MAK) samolyotlari to-
monidan 24559 ta qatnov bajarildi. 2 mln 677 ming 500
nafar yo‘lovchi
manziliga yetkazilib, 41000 ming tonna yuk
140