2.2. SANOAT TARMOQLARI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI, MAHSULOT TANNARXI VA NARXI Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi.Mahsulot tannarxi to`g’risida tushuncha. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o`ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo`lsa korxona foydasi va rentabelligi shuncha oshadi. Korxona sarf xarajatlari o`z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, 2) davr xarajatlari, 3) moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevralda qabul qilgan 64 qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)ning sotish xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy natijalarning tashkil topishi qoidalari»ga asosan korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan tashkil topadi:
Ishlab chiqarish xarajatlari: – mahsulot tannarxi: Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:
mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me`yorida o`tishini ta`minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar;
tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k);
energiya va yoqilg’ining hamma turlari;
materiallarning tabiiy kamayishi.
Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to`lovlar:
bajarilgan ishlar uchun to`lovlar;
qo`shimcha to`lovlar;
ishlanmagan vaqtlar uchun to`lovlar.
Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar:
ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar;
nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa ixtiyoriy to`lovlar.
Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizatsiyasi:
asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma.
Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar:
ishlab chiqarish jarayoniga ko`rsatilgan xizmatlar;
ishlab chiqarish xom ashyo va materiallar bilan ta`minlash;
asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari;