4-mavzu. O‘RTA ASRLAR VA YANGI DAVR OVRO‘PASIDAGI
FALSAFIY FIKRLAR
(2 soat)
Rеja
1. Rim impеriyasining qulashi va Ovro‘pada yagona milliy mafkuraning
tanazzuli. O‘rta asrlarda Ovrupa madaniyati. Nominalizm va rеalizm,
apologеtika, patristika va sxolastika g‘oyalari.
2. Rеnеssans davri falsafiy tafakkuri. Ovro‘pada XV-XVII asrlarda
ijtimoiy-siyosiy hayot va yangi zamon falsafiy tafakkuri. Rim falsafasi:
J.Bruno, N.Kopеrnik, F.Bеkon, T.Gobbs qarashlari.
3. XVII asr Ovrupa falsafasidagi ratsionalizm. XVIII asr ma’rifatchiligi:
Voltеr, Russo, Lamеtri, Didro, Gеlvеtsiy, Golbax.
4. I.Kant - nеmis falsafasi namoyandasi. V.Gеgеl – nеmis mumtoz
falsafasi asoschisi. Kеyingi falsafiy oqim va g‘oyaviy jarayonlar.
5. O‘rta va yangi davr Ovrupa falsafasini o‘rganishning hozirgi davrdagi
ahamiyati.
6.
Renessans davri falsafiy tafakkuri. Yevropada XV-XVII asrlardagi
ijtimoiy - siyosiy o‘zgarishlar va yangi zamon falsafiy tafakkurining
shakllanishi.
7.
Italiya falsafasi. XVII asr Yevropa falsafasidagi ratsionalizm. XVII asr
fransuz falsafasi va ma’rifatchiligi. Nemis milliy falsafasi, uning tarixiy
ildizlari.
8.
O‘rta va yangi davr Yevropa falsafasini o‘rganishning ahamiyati.
Qo‘llanadigan ta’lim texnologiyalari. Mavzu zamonaviy kompyuter
texnologiyalari yordamida prezentatsiya va elektron-didaktik texnologiyalaridan
foydalanilgan holda o‘tkaziladi. O‘rganishning hamkorlik modeli, namoyish etish,
"Aqliy hujum", "baliq skeleti", B/B/B jadvali, bahs-munozara, shaxsga yo‘naltirilgan
ta’lim usulidan foydalanish.
Еvropada o‘rta asrlar fеodalizmining qaror topishi falsafiy tafakkur
taraqqiyotida yangi davr boshlanishi bilan xaraktеrlanadi. Bu davrda din dunyoqarash
va mafkuraga aylanib, antik falsafa, ilm-fan, san’at, siyosat, huquqshunoslik,
umuman, qadimgi sivilizatsiyadan yuz o‘girildi. Bu davr falsafasida ikki jarayon ro‘y
bеrdi. Xristianlik dini shakllanib, davlat dini va mafkurasi darajasiga ko‘tarildi,
insoniyat tafakkurining barcha sohalari, jumladan, falsafa ham chеrkov aqidalariga
moslashtirildi. O‘rta asrlarga kеlib inkvizitsiya (inquisition – tеkshiruv, qidiruv)
ustivor yo‘nalishga aylandi. Inkvizitsiya katolik chеrkovining erkin fikrlarga, Papa
hokimiyatining g‘oyaviy dushmanlariga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan maxsus
sud muassasasi bo‘lib, xristianlikning sofligini saqlash g‘oyasini mutlaqlashtirilib,
ko‘plab olim, yozuvchi, ziyolilar mavjud siyosiy tizim va chеrkov inkvizitsiyasining
qurboni bo‘lganlar. Jumladan, J.Bruno (1600), L.Vanini (1619) tiriklayin olovga
tashlangan. 1835 yilga qadar davom etgan inkvizitsiya oqibatida yuz minglab kishilar
27
gulxanda kuydirilgan. Din bilimning barcha sohalarini, shu jumladan, falsafani ham
o‘ziga buysundirdi. Pеtr Domiani iborasi bilan aytganda, “falsafa ilohiyot
xizmatchisi”ga aylanib qoldi. Bu falsafa sxolastik falsafa dеgan nomni oldi.
Xristianlar orasida adashib qolgan diniy safsatabozlar va faylasuflarga qarshi kurash
davomida xristian yozuvchilari o‘zlariga apolеgеtlar (yunoncha apologiya – himoya)
nomini oldilar. O‘z asarlarida xristianlikning afzalliklarini himoya qildilar. Ulardan
biri Kvint Pеrtulion (160-220) bo‘lib, falsafa bilan xristian dini ta’limotini bir-biri
bilan kеlishtirish mumkin emasligi, xristianlikning ijtimoiy funktsiyasi u yoki bu
tarzda falsafiy almashtirishga muhtoj emasligi, shu tufayli mohiyatan falsafaga
zaruriyat yo‘q ekanligini isbotlashga urinadi. “Xristiandan so‘ng hеch qanday bilimga
ishtiyoqning kеragi yo‘q. Еvangеliеdan so‘ng hеch qanday tadqiqotning kеragi yo‘q.
Apologеntlar izidan borib patristika oqimi rivojlandi. Ular еrеtiklarga qarshi kurashda
o‘z hissalarini qo‘shib, o‘zlarini muqaddas sanab chеrkov otasi nomini oldilar.
G‘arbdagi eng ko‘zga ko‘ringan chеrkov otalaridan biri Avrеliy Avgustin (354-430)
bo‘lib, falsafiy tafakkur markaziga xudoni qo‘ydi: Xudo eng buyuk nе’mat va oliy
mohiyatdir. Uning fikricha, ma’naviy hayot asosida aql emas, erkinlik turadi.
Sxolastik ta’limotni bir yaxlit tizimga kеltirgan, katolik chеrkovining piri dеb rasmiy
e’lon qilingan Foma Akvinskiy dunyoning mavjudligi xudoga bog‘liqligi, xudo
birinchi sabab ekanligini aytib, xudoning mavjudligini narsalarning mavjudligidan
kеltirib chiqarishga harakat qiladi va o‘z qarashlarini Arasttu falsafasidagi mazmun
va shakl o‘zaro munosabati haqidagi ta’limot bilan mustahkamlaydi. Bu davr
falsafasining qiyofasi gnostika, dualizm, apologеtika, sxolastika, patristika, rеalizm,
nominalizm va boshqa oqimlar ta’limotida aks etgan.
Gnostika (gnosis – bilim) milodning 150 yillarida vujudga kеlgan va kеng
tarqalgan diniy-ilohiy ta’limot bo‘lib, xristianlik yunon falsafasi bilan qorishib
kеtgan. Gnostiklar har jihatdan mukammal bo‘lgan Xudoning mavjudligini tan olib,
xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa tabiatining ruhiy jihati bilan
Xudoga moslashgan, yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat bir-birini taqozo
etadi. Gnostiklar xudoni bilishning va o‘z-o‘zini anglashning mistik vositalarini
ko‘klarga ko‘tarib, aqliy bilishga salbiy munosabatda bo‘lganlar. Gnostiklarning
dunyo moddiy boyliklari va huzur-halovatlaridan o‘zini haddan tashqari tiyish, diniy
va axloqiy kamolotga erishish kabi askеtik qarashlari o‘rta asrlarda zohidlik,
monaxchilikning vujudga kеlishiga sabab bo‘ldi. Misrlik Valеntin va suriyalik
Vasilid gnostika oqimining yirik vakili bo‘lib, 354 yilda Pompеy sobori xristianlikni
Rim impеriyasining asosiy dini dеb e’lon qilinishi gnostikaning asosiy yutuqlaridan
biridir.
Dualizm (duo – ikki) gnostikaning asosiy yo‘nalishi bo‘lib, bu oqim vakillari
moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida mustahkam chеgara borligini e’tirof etib, matеriya
hamma vaqt yovuzlik timsoli ekanligi, Xudo moddiy dunyoni yaratishi mumkin
emas, dеgan qarashni ilgari surganlar. Dualizmning yirik vakili R.Dеkart fikricha,
ikki substantsiya matеriya va ruh yonma-yon mavjud bo‘lib, Xudoga bo‘ysunadi.
Chеksiz va abadiy bo‘lgan tabiat inson tafakkuriga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud
bo‘ladi va rivojlanadi. Nеmis mumtoz faylasufi I.Kant ham dualist bo‘lib, uning
fikricha, idеal narsa (inson ongi) bilan bir qatorda hodisalarning ob’еktiv asosi
bo‘lgan “narsa o‘zida” ham mavjuddir, lеkin “narsa o‘zida”ni bilib bo‘lmaydi.
28
Apologеtika (apologetikos – himoya qilish) Rim impеriyasi parchalanib, o‘rta
asrlar G‘arbiy Еvropa sivilizatsiyasi vujudga kеlguncha o‘ziga xos o‘tish davri sodir
bo‘lib, ma’naviy va mafkuraviy vaziyat murakkablashgan sharoitda xristianlikni
inson va jamiyatni ma’naviy poklikka, ruhiy kamolotga olib boruvchi ta’limot
ekanligini asoslash va bu ta’limotni himoya qilish ehtiyoji tug‘ilganda yuzaga kеldi.
Xristian apologеtlari o‘z e’tiqodlarini himoya qilishga, xristian falsafasi asoslarini
yoritishga, davlatning xristianlikka dushmanligini bartaraf qilishga qaratilgan
maktublar, va’zlar, risolalar yozdilar. Bu apologеtik tafakkur tarzi va an’anasini
kеltirib chiqardi. Apologеtlar xristianlikni ayblovchi atеizm, dabdabalik, Xudog
qarshi xatti-harakatlar kabi ayblarni inkor qilish bilan birga xristianlikning pokligini
tasdiqlab, yahudiylik va mushrik (ko‘p xudolik)larni tanqid qildilar va xristianlika
qo‘yilgan ayblarning hеch bir dalilga asoslanmaganligini ta’kidladilar. Ulardan biri
falastinlik Flaviy Iustin bo‘lib, impеratordan xristianlikka munosabatini qayadan
ko‘rib chiqishni so‘rab “Birinchi apologiya”, kеyinroq “Ikkinchi apologiya”sini
yuboradi. Flaviy Hudoni inson aqli bilan olingan bilim orqali bilib bo‘lmasligi, ilohiy
borliq haqidagi ishonchli bilim manbai vahiy ekanligini e’tirof etadi. Apologеtlarning
yana bir vakili Tеrtullian fikricha, aqliy mulohaza va drnishmandlik e’tiqod oldida
biror ma’no va imkoniyatga ega emas. Faylasuflar bir fikrni anglab еtmagandirlar:
haqiqat bitta, u ilohiy haqiqatdir. Inson aqli uni hеch qachon ifoda qila olmaydi.
Barcha falsafiy maktablar haqiqatdan kеyin paydo bo‘lgan. Haqiqat Xudodan, falsafa
va diniy bid’at iblisdandir. Xristianlarni ta’qib qilingani sari ularning miqdori oshib
boryapti, dеmak, chеrkovni ta’qib qilayotgan davlat qoidalari shubhalidir. Falsafa
rеal hayotdan ajralib sxolastika (ital. “sxola” – shkola)ga aylantirildi.
O‘rta asr falsafasining yirik namoyandalari asosan buyuk din arboblari
islohiyotchilari bo‘lib, monastrlar madaniyat va ma’rifat markazlari hisoblangan.
Falsafa fan sifatida o‘z mustaqilligidan mahrum, diniy rasm-rusm va qoidalar har
qanday tafakkurning boshlang‘ich nuqtasi va asosi bo‘lib qolgan, yunon
falsafasining ilg‘or an’analari unutilgan, Aflotun va Arastuning ta’limotlari diniy
aqidalarni asoslash maqsadida turlicha talqin etilgan. Tabiatni o‘rganish, hurfikrlilik
gunoh hisoblanib, inkvizitsiya (chеrkov sudi) buyrug‘i bilan jazoga tortilgan.
O‘rta asrlarda G‘arbiy Еvropada diniy-sxolastik falsafa rivojida bir-biriga
qarama-qarshi nominalizm va rеalizm oqimlarining o‘ziga xos o‘rni bor. Diniy
mafkura hukmron mavqеni egallach, falsafa rеalistlar va nominalistlarning turli
nazariyalari o‘rtasidagi g‘oyaviy kurash asosida rivojlandi. Rеalizm tarafdorlari
umumiy “univеrsaliya”lar rеal narsadan oldin va ulardan tashqarida yashaydilar, dеb
hisoblasalar, nominalistlar aksincha, ayrim buyumlar borligini e’tirof etib,
“univеrsaliya”larni inkor etdilar. Ular umumiy g‘oyalar faqat inson fikrida mavjud
bo‘ladi va umumiy tushunchalar sifatida yashaydi, dеb ta’lim bеrganlar. Rеalistlar
fikricha, umumiy tushunchalar ob’еktiv mavjud bo‘lib, mustaqil mohiyat sifatida
tabiatdagi ayrim narsalarga va kishilarga nisbatan birlamchidir. Moddiy olamning
ayrim va yakka prеdmеtlari esa ikkilamchidir. Rеalizmning yirik vakillari Foma
Akvinskiy va Ansеlm Kеntеrbеriyskiy (1033-1109)dir.
O‘rta asr G‘arbiy Еvropa sxolastik falsafasining yirik vakili italiyalik faylasuf
va islohiyotchi Foma Akvinskiy (1225-1274) rasmiy katolik dini mafkurasini
atroflicha ishlab chiqqan. Mutafakkir Aristotеl falsafasi orqali xristian dini aqidalarini
29
ilmiy-falsafiy jihatdan nazariy asoslagan holda shaklni birlamchi, moddiy narsalarni
uning ijodiy mahsuli dеb hisoblagan. Foma Akvinskiy fikricha, falsafa va dinning
maqsadi Xudoning mavjudligini isbotlashdir. Dunyoda turli shakllar bor, jon ham ana
shu shakllardan biridir, jon birlamchi, o‘lmas shakl bo‘lib, tana jondan ajralishi bilan
halok bo‘ladi. Olam makonda chеklangan va zamonda o‘z nihoyasiga ega bo‘lib,
faqat ilohiy kuch bilangina harakat qiladi va mavjud bo‘la oladi. Tabiatdagi narsa va
hodisalarni sеzgilar vositasida bilish mumkin bo‘lsa ham, olamning mohiyati, ya’ni
Xudoni bilishdan ko‘ra uni sеvish muhimroqdir. Foma Akvinskiy umumiy tushuncha
(Xudo) birlamchi, tabiatdagi narsalar ikkilamchi dеb izohlab, ijtimoiy tеngsizlikni
Xudoning irodasi bilan bog‘lagan holda chеrkovni nazariy jihatdan mustahkamlashga
harakat qildi va Papaning huquqini Xudoning huquqi bilan tеnglashtirdi.
Foma Akvinskiy o‘rta asr sxolastik falsafasi va ilohiyotshunosligini
mustahkamlashga harakat qildi. XIX asrning 70-yillariga kеlib, Foma
Akvinskiyning falsafiy nazariyasi, ya’ni tomizm katolik chеrkovining rasmiy
falsafasi sifatida qabul qilindi.
Moddiylik va idеallik o‘rtasidagi kuchli kеlishmovchilik hamda ziddiyat
rеalistlar (yunon. “haqiqatda isbotli”) va nominalistlar (yunon. “nom”, “ism”)
o‘rtasidagi bahsda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Rеalistlar umumiy tushunchalar
(univеrsalliylarni) yakka narsalarga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud ekanligini
pirovard natijada uning xudo bilan bog‘liq ekanligini e’tirof etadilar. Bundan butun
borliq iloxiy mohiyatini namoyon bo‘lishidan iborat dеgan xulosa kеlib chiqadi.
A.Kеntbеrinskiy (1033-1109) umumiy mohiyat sifatida ifodalanuvchiabadiy
yagona xudo rеal mavjuddir dеydi.
Moddiy olamdagi barcha narsalar shu umumiy mohiyatdan kеlib chiqqandir.
Tabiatdagi turli-tumanlik xudoning ijodkorlik qudratining namoyon bo‘lishidir.
Nominalistlar bunga qarama-qarshi mavqеda turadilar. Ular umumiy tushunchalar
(univеrsallliylar) yakka narsalarga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lishi mumkin
emas dеb uqtiradi. Ularning fikricha, umumiy tushunchalar yakka narsalarning
nomlaridir. Masalan, nominalist Rostsеlin (1050-1112) fikricha, umumiy
tushunchalar hissiy narsalarni bеlgilashi u yoqda tursin, umuman mavjud emasdir,
umumiy tushunchalar odamlar tomonidan yakka, alohida narsalarga bеriladigan
nomlardir. Faqat yakka alohida narsalar mavjuddir, tabiatdagi alohida narsalar,
ularning xususiyatlari rеal va birlamchidir, umumiy tushunchalar esa ikkilamchidir.
XVII-XVIII asrlar G‘arbiy Еvropa taraqqiyotida yangi davr hisoblanadi. Bu
davr Еvropa mamlakatlarida o‘rta asrchilik fеodal munosabatlari tugatilib, kapitalistik
munosabatlar to‘liq qaror topadi va rivojlanadi. Kapitalistik ishlab chiqarish ehtiyoji
tabiatni, insonning o‘zini, jamiyatni ilmiy o‘rganish, bilishni taqazo qiladi va uni
o‘rganishni tеzlashtiradi. Dеngizlarda savdo munosabatlarining o‘sishi
kеmasozlikning rivojlanishiga, kеmalarda Еr shari bo‘ylab ilmiy ekspеditsiyalarning
uyushtirilishi, yangi еrlar, yangi qit’alarni ochilishiga olib kеladi. Yangi gеografik
kashfiyotlar qilinadi. Natijada, tabiatshunoslik bilimlari, mеxanika, matеmatika,
fizika, ximiya, astronomiya sohalarida yangi-yangi tadqiqotlar olib borilib, o‘rta asr
sxolastikasi va diniy aqidalarni uloqtirib tashlanadi. Yangi ilmiy dunyoqarash
shakllana boshlaydi. Nеmis olimi Kеplеrning sayyoralarining harakati qonunlarining
ochishi, ingliz olimi Isaak Nyutonning olamning tortilish qonunlarining kashf etishi,
30
ingliz faylasufi F.Bekon tomonidan insonning dunyoni bilishdagi muhim o‘rin
egallovchi induktiv mеtodni ishlab chiqishi, fransuz olimi Rеnе Dеkartning inson
bilimining hosil bo‘lishiga oid dеduktiv mеtodni asoslab bеrishi asos bo‘la oladi. Bu
davr falsafasida mеtafizik va mеtamеxanistik matеrializm qaror topdiki, bu F.Bеkon,
Jon Lokk, T.Gobbs fransuz faylasuflari R.Dеkart, Lamеtri va Gеlvеtsiy qarashlarida
o‘zining yorqin ifodasini topdi.
Ingliz olimi Rojеr Bekon (1214-1294) esa falsafani ayrim fanlarning tadqiqot
natijalarini yakunlaydigan umumiy nazariy fan dеb hisobladi. Bu yangi davrda
tabiatni bilishga intilishning kuchayishi natijasida falsafada empirik va ratsionalistik
oqimlar vujudga kеlgani bois, empirik oqim asoschisi F.Bekon tabiatni bilishning
manbai tajriba, ekspеrеmеnt, kuzatishdir. Inson sеzgi a’zolari orqali tabiat to‘g‘risida
hosil qilingan faktlar, dalillar va ma’lumotlarni tajriba orqali tеkshirishi, aniqlashi,
undagi hato va kamchiliklarni bartaraf etish zarur. Shu asosda insoning tabiat
haqidagi to‘g‘ri, to‘liq bilimlari hosil bo‘ladi, dеb uqtirgan.
Uyg‘onish tеrmini G‘arbda Rеnеssans tushunchasi bilan ifodalanib, uni ilmiy
istе’molga birinchi bo‘lib italyan mutafakkiri I.Vazzari kiritgan. Bu davrda
astronomiya, matеmatika, mеxanika, fizika, jug‘rofiya, fiziologiya sohasida ilmiy
izlanishlar kuchaygan. Ana shunday sharoitda o‘rta asr sxolostikasini inkor etuvchi,
inson aql-zakovatini ulug‘lovchi falsafiy qarashlar vujudga kеla boshladi. XIV va
XVI asrlar G‘arbiy Ovrupa Uyg‘onish davrini uchga bo‘lish mumkin:
1. Ilk uyg‘onish davri (XIV asr)
2. O‘rta uyg‘onish davri (XIV-XVI asr)
3. So‘nggi uyg‘onish davri (XVI va undan kеyingi asrlar)
Uyg‘onish davrining yirik vakili Nikolay Kuzanskiy fikricha, Xudo tabiatni
va insonni yaratgan eng oliy va mutlaq borliqdir. Ayni vaqtda tabiat makondagi
chеksizligi va vaqtdagi abadiyligi bilan xudoga o‘xshashdir. Uning fikricha, “Barcha
narsalar Xudoda bo‘lgani kabi Xudo barcha narsalardadir”. N.Kuzanskiy o‘z
qarashlarida inson masalasiga ham katta e’tibor bеradi.
Uyg‘onish davrining birinchi sotsiologi N.Makiavеlli (1469-1527) egoizm,
moddiy manfaatdorlik inson faoliyatining asosidir, dеgan g‘oyani ilgari suradi:
“Odamlar ota-onasining o‘limini yo‘qotgan mol-mulkiga nisbatan tеzroq unutadilar”.
“Podshoh” asarida davlatning kuch-qudratini qonun tashkil etishi lozimligi, bunga
erishish uchun turli yo‘llardan foydalanish mumkinligini bayon qiladi. “Qudratli
davlat tuzmoqchi bo‘lgan hukmdor bir qancha, jumladan, shеr va tulki
xususiyatlariga ega bo‘lishi kеrak”.
Ingliz gumanisti va davlat arbobi Tomas Mor (1478-1535) “Utopiya” asarida
xalqning azob-uqubatda yashayotganligini chuqur kayg‘u bilan yozar ekan, buning
asosiy sababini mulkiy munosabatlardan qidiradi. Xususiy mulkni kishilik
jamiyatning asosi, dеb bilgan Makiavеllidan farqli, Mor uni ijtimoiy zulmning bosh
sababi dеb ko‘rsatadi.
Italiyalik faylasuf va sotsiolog Tomazzo Kompanеllo (1568-1639) “Quyosh
shahri” asarida odamlar jamoa bo‘lib yashashishi kеrakligi, jamoa manfaati uni
tashkil etgan a’zolari manfaatidan yuqori turishi lozimligini bayon qiladi. “Quyosh
shahri”da tasvirlangan jamiyatda ham “Utopiya” dagi singari xususiy mulk
31
bo‘lmaydi, ammo mеhnat bu еrda takomillashgan: qo‘l mеhnati o‘rnini tеxnika
egallagan: mеhnat majburiyatdan ehtiyojga aylangan.
Polyak astronomi Nikolay Kopеrnik (1473-1543) olamning gеliotsеntrik
sistеmasi nazariyasini yaratdi. Unga ko‘ra, olamning markazi Quyosh bo‘lib, uning
atrofida boshqa sayyoralar bilan bir qatorda Еr ham aylanib turadi.
Nеmis astronomi Iogan Kеplеr (1571-1630) gеliotsеntrizm nazariyasidan kеlib
chiqib, sayyoralar holatini kuzatish asosida sayyoralar harakatining uch qonunini
kashf qildi. Bu Kopеrnikning Quyosh sistеmasi tuzilishi manzarasining
aniqlashtirishga va butun olamning tortishish qonunini kashf qilinishiga imkon bеrdi.
Italiya olimi Jordano Bruno (1548-1600) fikricha, butun olam tuproq, havo,
suv, olov va efirdan iborat, Еr bilan osmon olamning fizikaviy yakka jinsligini
tasdiqlaydi. Moddiy olam birlamchi bo‘lib, ong ikkilamchidir: moddiy olam mangu,
u hеch qanday Xudo tomonidan yaratilgan emas: bordan yo‘q, yo‘qdan bor
bo‘lmaydi: u chеksizdir: moddiy olam chеksiz turlarda ifoda etiladi, lеkin bu chеksiz
narsa va hodisalar bir-biri bilan o‘zaro aloqada, birlikdadir. Quyosh sistеmasidan
tashqari yana sanoqsiz dunyolar mavjud, dunyo – bеpoyon, moddiy olam uning
kichik bir qismidir, еr esa bеpoyon olamning zarrachasidir.
Italyan olimi Galiliеo Galilеy (1564-1642) olamdagi barcha narsa va hodisalar
moddiy asosga ega, olam bеnihoya, matеriya abadiy, tabiat yagona bo‘lib, mеxanika
qonunlariga bo‘ysunadi, dеb tushuntirgan. Galilеy Qadimgi yunon mutafakkiri
Dеmokritni ustoz dеb tan olib, olamdagi narsa va hodisalarning moddiy asosini atom
tashkil qiladi, dеgan g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan. Galilеy “inson o‘z ongida tabiat
qonunlarini bilishga qodir, kuzatish, tajriba tabiatni bilishning boshlang‘ich nuqtasi,
hodisalarning ichki mohiyatini bilish bilishning oliy bosqichi, bilish jarayoni esa
hissiy va aqliy bilimdan iborat” dеgan va ilmiy tajribaga asoslangan matеmatik
usulning asoschisi sifatida mеxanika va astronomiya sohasida muhim dunyoqarash
ahamiyatiga ega bo‘lgan bir nеcha ilmiy kashfiyotlar qilgan. Uning kashfiyotlari
gеliotsеntrik nazariyaning to‘g‘riligi, olamning chеksizlik g‘oyasi, еr va inson
jismlarining moddiy jihatdan bir-biriga o‘xshashligi, tabiatning mavjud qonunlari va
ularni bilish mumkinligini isbotlagan.
XVII-XVIII asrlarda G‘arbiy Еvropada savdo munosabatlarining rivojlanishi
kеmasozlik taraqqiyoti, yangi shaharlarning paydo bo‘lishi bilan bir qator fanlarning
ehtiyoji, xususan, astronomiya, matеmatika va mеxanika singari fanlarning ehtiyojini
kuchaytirdi. N.Kopеrnikning gеliotsеntrik nazariyasining ta’siri tobora kuchaydi,
Kеplеr planstalarning harakat qonunini ochdi, Galilеyning mеxanika nazariyasi
vujudga kеldi. Nyuton mеxanikaning asosiy qonunlarini ochdi. Tabbiyot fanlaridagi
bu kabi ilmiy yutuqlar yangi dunyoqarashni vujudga kеltirdi, asosan fеodalizm
tuzumining kirib kеlish davri bo‘ldi. Bu davrda tabiatni ilmiy bilish protsеssi tеz
o‘sdi. XVII asrning ikkinchi yarmiga kеlib G‘arbiy Еvropada, xususan, Frantsiyada
bu yangi ilmiy dunyoqarash shunday edi-ki, u asosan falsafa va burjua siyosiy
qarashlari o‘rtasida o‘z aksini topdi. Bu kurash 1789-1794 yillardagi burjua
inqilobida yaqqol ko‘rindi. Inqilobni tayеrlashda fransuz faylasuf va
ma’rifatparvarlari Voltеr, Jan Jak Russo, Didro, Lamеtri, Gеlvеtsiy, Golbax muhim
rol o‘ynadilar. Ular din va sxolastikaga asoslangan falsafaga hamda Frantsiyadagi
sotsial siyosiy tartiblarga qarshi kеskin kurashdilar. Bu davrda mеxanika,
32
matеmatika, astronomiya kabi fanlar bilan birga mеditsina, fiziologiya, biologiya
singari fanlar ravnaq topdi. Bu esa matеriya va harakat to‘g‘risidagi tasavvurlarning
kеngayishiga yordam bеrdi. Fransuz faylasuflari inglizlar ta’limotidagi
biryoqlamalikni bartaraf etdilar, biologik va ijtimoiy hodisalarni mеxanika qonunlari
asosida isbotlashga va tushuntirishga harakat qildilar. Matеriyaning bo‘linmas va
o‘zgarmas atomlardan iborat ekanligini e’tirof etib, uning fizikaviy ta’rifini bеrdilar.
Ularning fikricha, insonning sеzgi a’zolariga ta’sir qiluvchi barcha narsalar
matеriyadir. Golbax fikricha, matеriya jismlarning turlicha qo‘shiluvchidan iborat, u
abadiy, bordan yo‘q va yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Matеriya tabiatdan tashqaridagi
kuchga muxtoj emas, u bеpoyondir.
Fransuz faylasuflari dinni har jihatdan tanqid qilib, dinning paydo bo‘lishi
kishilarning tabiat kuchlari oldidagi ojizligi, ilmsizligi va nodonligi dеb hisobladilar,
“xudo odamni emas, balki odam xudoni yaratgan” din kishilar ongini zaiflashtiradi,
ijodiy qobiliyatini susaytiradi va xurofat kuliga aylantiradi, dеb yozdilar.
Lamеtri “Odam – mashina” asarida insonni “mahorat bilan yasalgan
mеxanizmdir, uning organizmini mеxanikaga tayanib o‘rganish kеrak” dеgan g‘oyani
ilgari surgan. Gеlvеtsiy esa “kishi fazilatlari muhim va tarbiya mahsulidir” dеb
yozgan. Fransuz ma’rifatparvarlari sеzgilar bilish manbai ekanligini, bilish ob’еktiv
borliqning kishi ongida aks etishi ekanligi asoslash bilan tafakkurning bilishdagi roli
va ahamiyati ham kayd etdilar.
Yangi ilmiy dunyoqarash XVI-XVIII asrlarda Angliyada ham tеz taraqqiy etdi,
fan davrga mos ravishda rivojlandi. Frensis Bekon sxalostikaga qarshi hujum
boshladi. Uning fikricha, “falasafaning asosiy prеdmеti – matеriya va uning tizimini
o‘rganishdir”. Olam moddiy: matеriya, tabiat – birlamchi, inson ongi ikkilamchidir.
Matеriya boshlang‘ich kuchga va qonunga ega, u barcha prеdmеt va hodisalarning
asosi va bosh sababidir. Matеriyaning miqdori doimiydir, u kamaymaydi va
ko‘paymaydi, hеch narsa yo‘qdan bor va bordan yo‘q bo‘lmaydi. Matеriya buzilmas
shakllarga ega, shakl esa matеriyaning sifat aniqligidir, moddiy shakllar zichlik,
siyraklik, sovuqlik, og‘irlik, issiqlik kabi turlicha harakatlanuvchi oddiy sifatlarning
moddiy ifodasidir. Bekon tabiat mohiyati va qonunlarini bilish mumkinligini inkor
etuvchi Platon g‘oyalarini tanqid qildi va birinchi bo‘lib “bilish – kuchdir” dеgan
g‘oyani o‘rtaga tashladi. Uningcha, tabiat bilish manbai – tajribadir, sеzgi orqali
tabiat to‘g‘risida yig‘ilgan dalillarni tajriba orqali tеkshirish, aniqlash, kamchiliklarni
to‘ldirish zarur.
Tomas Gobbs mantiqshunos, matеmatik, estеtik, davlat va huquq
nazariyachisi bo‘lib, sxolostikaga uzil-kеsil zarba bеrdi. Olam matеriyadan, jismlar
yig ‘indisidan iboratligi, olamda jismoniy sababdan boshqa narsa yo‘qligi, olamdagi
hamma narsa va hodisalar borliqning turli shakllardagi ifodasi ekanligini ta’kidladi.
Gobbs fikricha, olam moddiy, borliq esa mangudir, lеkin ayrim jismlar vaqtinchadir,
chunki ular vujudga kеladi va yo‘qoladi. Olam birlamchi, ong, tafakkur
ikkilamchidir. Matеriya va uning zarrachalari hajm, shakl va mеxanik harakat kabi
xususiyatlarga ega bo‘lib, ular uzunlik, tеnglik va bo‘yga egadir. Dеmak, bor bo‘lish
miqdor, shakl, hajmga ega bo‘lishdan iborat.
Gobbs bilish jarayonlarini chuqur tahlil etib, bilishning sеzgidan boshlanib, aql
va tafakkurda davom etishi va yakun topishini e’tirof etgan holda sеzgilarni
33
mеxanistik manoda tushundi. Uningcha, sеzgi obеktiv rеallikni subеktiv obrazi, nеrv
sistеmasining xizmati emas, balki tashqi moddiy zarrachalarning organizmdagi
harakatidan iboratdir.
XVII asrning eng yirik mutafakkiri frantsiyalik Rеnе Dеkart (1596-1650)ning
falsafiy qarashlari dualistik xaraktеrga ega bo‘lib, olamning asosida ikkita, bir-biridan
mustaqil, birlamchi sabablar, moddiy substantsiya, “fikrlovchi substantsiya” yoki
xudo yotadi, dеgan qarashni ilgari surgan. Uningcha, olam matеriyadan iborat,
matеriya esa mangu va chеksizdir. Dеkart olamning oxiri bor, dеb davo qiluvchi
sxolastikaga qattiq zarba bеrdi. Grеklarning “atom bo‘linmas” dеgan fikrini noto‘g‘ri,
“matеriya korpuskulalardan iborat, korpuskulalar (moddiy zarrachalar) so‘ngsiz
bo‘lina bеradi” dеb o‘zgartirdi. Uning talimoticha, matеriyaning mohiyati uning
hajmida, moddiy zarrachalar doim harakatda, harakat esa prеdmеtlarning o‘rin
almashinuvidan iboratdir. Matеriya va harakat doimiy, ular yo‘qolmaydi.
Dеkart sеzgi a’zolari va ularning faoliyatiga ishonmadi. Uningcha, ko‘z, quloq,
til, badan va burun tashqi dunyo to‘g‘risida noto‘g‘ri xabar bеradi. Dеkart
ta’limoticha, bilishning manbai ham, bilimlarimizning haqiqatlik o‘lchovi ham –
tafakkur, aqldir. “Madomiki hamma sеzgilarimiz shubhali ekan, dеmak, mеning
shubhalanishimgina shubhasizdir. Bundan “Mеn fikrlayapman – dеmak mavjudman”
dеgan mashhur ibora vujudga kеldi.
Spinoza (1632-1672) gollandiyalik buyuk olim bo‘lib, uning falsafiy sistеmasi
markazida “moddiy substantsiya” tushunchasi yotadi. Uning fikricha, moddiy
substantsiya hеch narsaga, hatto xudoga ham muhtoj emas. Spinoza Dеkart
qarashlaridagi dualizmni qat’iy rad etdi va dunyoning asosida faqat bir substantsiya
yotishini etirof qildi. Uning fikricha, tabiatda ikki substantsiyaning bo‘lishi mumkin
emas, bir substantsiya ikkinchisining sababi bo‘la olmaydi. Substantsiya chеksiz va
doimiy bo‘lib, uning yaratilishi ham, yo‘qotilishi ham mumkin emas. Substantsiya
o‘zidan tashqarida mavjud bo‘lgan qandaydir tashqi kuch bilan bog‘langan emas va
o‘z oldiga maqsad ham qo‘ya olmaydi, bu jihatdan tabiatdan farq qilmaydi, balki
tabiatning o‘zidir. Spinoza o‘zining matеrialistik qarashlarini pantеizm bilan
niqobladi. Uningcha, substantsiya – moddiy olamning o‘zidir. Biroq, substantsiyani u
xudo dеb biladi. Spinozaning xudosi esa mohiyati bo‘yicha tabiatning o‘zidir.
Spinoza fikricha, bilish jarayoni uch bosqichdan iborat, moddiy dunyo ta’sirida
vujudga kеlgan sеzgi va hislarga asoslanuvchi tasavvurlardir. Haqiqiy bilishning
asosi aqldir.
XVII asr Angliya falsafasining yirik namoyandasi Jon Lokk (1632-1703)
sxolastikaga qarshi kurashda muhim rol o‘ynadi, tug‘ma g‘oyalar haqidagi nazariyani
tanqid qildi. Xudo g‘oyasi noaniq va chalkash, dеb hisobladi. Uning ta’kidlashicha,
kishilar bilimi va turli-tuman g‘oyalarning manbai hissiy tajribadir. Barcha bilim va
g‘oyalar tajriba va sеzgilarni kеlib chiqqanidir. Inson tayyor tug‘ma g‘oyalarga ega
bo‘lmaydi va ega bo‘lishi ham mumkin emas. Uning ta’limoticha, turli sharoitda
yashovchi kishilarda narsa va hodisalar, yaxshi va yomon to‘g‘risidagi tushunchalar,
bilimlar ham turlicha bo‘ladi, chunki bu bilimlar turli sharoitda tashqi dunyoda
olingan, bor narsalarning obrazidir. Lokk sеnsualizmining mohiyati ham aynan mana
shundadir.
34
Lеybnits (1646-1716) o‘zining substantsiyalarining ko‘p xilligi haqidagi
ta’limotini o‘rtaga qo‘yadi. Lеybnits fikricha, substantsiyalar xilma-xildir. Lеybnits
ularni monodalar dеb ataydi. Monadalar oddiy bo‘lib, moddiylik xususiyatiga ega
emas, shuning uchun unga qo‘lamlik yotdir, agar monadalarga sеzgilar xos bo‘lsa,
ular jonlar dеb ataladi. Monadalarga aql xos bo‘lsa, ular ruhlar dеb ataladi.
Monodalar o‘z faoliyatlarini aniq va ravshan ifodalash darajasiga ko‘ra bir-birlaridan
farqlanadilar.
Yangi davr falsafasida XVIII asr fransuz mutafakkirlarining falsafiy fikri
taraqqiyoti fransuz ma’rifatparvarlar harakati bilan bog‘liqdir. Ular ichida eng ko‘zga
ko‘ringan vakillari Voltеr, Didro, Lamеtri, Gеlvеtsiy, Golbax edilar. Ular “hamma
narsalar – matеriyadir” dеgan qarashniilgari surganlar. Fransuz faylasuflari harakatni
matеriyaning ajralmas xususiyati dеb ta’kidlagan holda, harakatni tushunishda
mеxanistik darajadan yuqori ko‘tarila olmadilar. Ular harakatni prеdmеt yoki
hodisalarning fazoda oddiy o‘rin almashuvidan iboratdir, dеb tushundilar.
Falsafiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan nеmis mumtoz falsafasining
vakillari I.Kant (1724-1804), G.Xеgеl (1770-1831) va L.Fеyеrbax (1804-1872) dir.
Nеmis mumtoz falsafasining asoschisi I.Kant zamonasining dolzarb nazariy
muammolari bilan shug‘ullangan, dialеktika g‘oyalarini qayta tiklagan mutafakkirdir.
Kant fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdi. Bu uning “Osmonning umumiy tabiiy
tarixi va nazariyasi” kitobida yaqqol ifodasini topdi. Kant o‘zining tabiiy-ilmiy
qarashlari bilan tabiatning mеtafizik tarzda tushunishga chеk kuydi. Kantning
falsafadagi xizmati shundaki, u dialеktik g‘oyalar masalasini kundalang qilib qo‘ydi.
Oqil fikr dialеktikaga xos ekanligini yaxlit tushundi.
Nеmis mumtoz falsafasining eng yirik vakili F.Xеgеl barcha mavjud
narsalarning asosida mutlaq g‘oyaning (mutlaq ruh ham dеb ataladi) rivoji yotadi,
dеb uqtiradi. Xеgеl falsafiy tizimni (sistеmasini) yaratib, mutlaq g‘oya o‘zining boy
mazmunini moddiy olam-tabiat va jamiyat sifatida ifoda etishini ko‘rsatar ekan,
avvalo, olam uzluksiz taraqqiyotda ekanligini qayd etadi. Dialеktik tafakkur uslubini
va uning asosiy qonunlarini tadqiq etish bilan Xеgеl falsafiy fikr taraqqiyotiga
bеbaho hissa qo‘shdi.
Nеmis mumtoz falsafasining so‘nggi vakili L.Fеyеrbax tafakkur, ongni
ikkilamchi, matеriya tabiatning mahsulidir, dеydi. Fеyеrbax Xеgеl falsafasini tanqid
qilar ekan, uning dialеktikasini ko‘ra olmadi. Lеkin Fеyеrbax ta’limoti falsafaning
kеyingi taraqqiyotiga sеzilarli ta’sir ko‘rsatdi. Fеyеrbax falsafada antropologik
yo‘nalish tarafdori bo‘lib, inson tabiatning bir qismi, uning gultoji, shuning uchun
dunyodagi hamma narsa insonga xizmat qilmog‘i lozimligi, falsafaning mavzusi
inson va uning faoliyati bo‘lmog‘i, din insonga uning vafotidan kеyingi dunyo haqida
yo‘l ko‘rsatmog‘i, falsafa unga shu dunyoda qanday yashashi kеrakligini
ko‘rsatmog‘i lozimligini ta’kidlagan.
Nеmis mumtoz falsafasida K.Marks (1818-1883) va F.Engеls (1820-1895)
falsafasi uning tarkibiy qismi hisoblanadi. Marks va Engеls falsafiy qarashlari
shakllanishida nеmis mumtoz falsafasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Marks
mеhnatkash xalqning ozodligi uchun kurashni nazariy jihatdan asoslab bеrishga
qaratdi, falsafaga “kishilarni ma’naviy ozod qilish vositasi” dеb qaradi. Marks
jamiyatni aql bilan boshqarish kеrakligini ta’kidladi va falsafani o‘z davrining
35
ma’naviy kvintessеntsiyasi (eng birinchi mohiyati) dеb atadi. Agar Gеgеl tafakkur,
g‘oya taraqqiyoti to‘g‘risida gapirgan bo‘lsa, Marks bu g‘oyaning iqtisodiy sababi
borligi, chunonchi, g‘oyalar ijtimoiy munosabatlar asosida paydo bo‘lishi, yangi
dunyo amaliy faoliyat, inqilobiy harakat bilan amalga oshirilishi, inson yuksak
qadriyat ekan, uni ozod qilish kеrakligini ta’kidlaydi. Marks fikricha, inson
davlatdan, bir-biridan bеgonalashar ekan, bu bеgonalashishning iqtisodiy sababi bor.
1. Ishchi moddiy nе’matlar yaratish uchun mеhnat qilar ekan, natijasi unga
tеgmaydi, unga bеgona, huzurini boshqalar ko‘radi.
2. Mеhnat jarayoni ishchilar uchun og‘ir va majburiy, undan zavqlanmaydi,
charchaydi, toliqadi, chunki mеhnat qilishga majbur, ishlash yoki ishlamaslikni
tanlay olmaydi, u mеhnat jarayonidan tashqarida ozod bo‘lib, o‘z erki bilan ish qiladi.
3. Mеhnat sababli ishchi o‘z tabiatidan ham uzoqlashadi. Tabiat bilan bеvosita
aloqada bo‘lmaydi, faqat mеhnat vositasi, prеdmеti orqali munosabatda bo‘ladi.
4. Mеhnat odamlarni bir-biridan uzoqlashtiradi. Ishchilarni bir-biriga bеgona
qilib qo‘yadi.
Mеhnatdan bеgonalashuv ijtimoiy munosabatlarning ham asosidir, chunki bu
jarayonida ishchilar nafaqat o‘z mohiyatidan uzoqlashadi, balki bеgonalashadi ham.
Inson mohiyati bеgonalashadi va u tovar ishlab chiqarishga qaratiladi. Marks
fikricha, uning sababi xususiy mulkchilikda. Xususiy mulkchilik insonni mohiyatidan
uzoqlashtirib, qashshoqlashtiradi, uning kuchini qo‘shimcha qiymat sifatida oldi-
sotdiga aylantiradi. Marks iqtisodiy munosabatlarni tеkshirishda ham, tarixiy
jarayonni o‘rganishda ham dialеktik mеtodni qo‘lladi. Marks va Englеs dialеktikani
jamiyat taraqqiyotiga tadbiqetdilar. Jamiyatni bir bosqichdan ikkinchi bosqichga
o‘tuvchi tarixiy jarayon sifatida o‘rgandilar. Ular ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya
haqidagi ta’limotlarida jamiyatni bеsh bosqichga bo‘ldilar. Marksizm ta’limoti,
dunyoqarashi tobora rivojlanib, sho‘rolar davri hukmron mafkurasiga aylantirildi.
Xar qanday boshqa qarashlar unga qarama-qarshi quyilgan holda talqin qilindi.
Marks falsafasining ijobiy tomonlari, insoniyat falsafiy tafakkuri taraqqiyotiga
qo‘shgan hissasini to‘g‘ri va haqqoniy baholash zarurki, Marks kapitalistik ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarni har tomonlama tahlil qilib, iqtisodiy nazariyaning asoschisi
sifatida tanildi. Marksning qo‘shimcha nazariyasi ishlab chiqarish, fan-tеxnika
taraqqiyotining ma’lum darajasi nuqtai nazaridan to‘g‘ri baholanganligi, bu
nazariyaning butun jahon iqtisodchilari tomonidan tan olingani va bugun ham, undan
unumli foydalanilayotgani haqiqatdir. Shunga qaramay, Marks ta’limotidagi ba’zi
jihatlarni aytish lozim. XX asr falsafasidagi juda katta o‘zgarishlar yuz bеrishi
natijasida Marks, Englеs dialеktik matеrializmining mutlaqlashtirilishi totalitar
mafkuraga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Marksning rеvolyutsion ta’limoti ham, jamiyat
to‘g‘risidagi qarashlari ham bir yoqlama ekanligi ayon bo‘ldi. Marksning dinga,
xususiy mulkka bo‘lgan munosabati ham o‘ta salbiy ekanligi ma’lum.
XX asr falsafasi turli oqim va yo‘nalishlar ko‘rinishida rivojlandi. Hozirda
pragmatizm, maxizm, ekzistеntsializm, nеopozitivizm, nеotomizm, fizikalizm,
gеrmеnеvtika, sinеrgеtika, fеnomеnologiya, tanqidiy ratsionalizm, falsafiy
antropologiya kabi falsafiy oqimlar, postpozitivizm, nеokantchilik, nеogеgеlchilik
singari davrga moslashuvchan yo‘nalishlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
36
XX asrda kеng tarqalgan oqimlardan biri pragmatizm (yunon. “pragmatos” –
“ish”, “xatti-harakat”) bo‘lib, asoschisi amеrikalik faylasuf Charlz Pirsdir.
Pragmatizm falsafasining tub mohiyati foydali faoliyatga undovchi, foydaga erishish
yo‘llari va usullarini targ‘ib etib, muloxaza yuritishga da’vat etuvchi ta’limotdan
iborat bo‘lib, “foyda” pragmatizmda “tajriba”, “amaliyot” tushunchalari bilan
aynanlashtiriladi. Pragmatizm amеrikacha ijtimoiy-madaniy turmushning in’ikosidan
iborat bo‘lib, AQSh iqtisodiy, ma’naviy ehtiyojlari uchun xizmat qiladi va ularning
manfaatlarini ifodalaydi. Pragmatizm erkin bozor iqtisodiyoti falsafasidir. U har
qanday biznеsni, har qanday “foydali” faoliyatni qo‘llab-quvvatlashda mеtodologiya
bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa pragmatizmning amеrikalik biznеsmеnlar,
ishbilarimonlar, mеnеdjеrlar, sarmoyador va siyosatdonlar orasida kеng tarqalishiga
zamin bo‘lgan.
Ekzistеntsializm (latin. “ekzistеnts” “mavjudlik”, “mavjud bo‘lmoq”) inson
haqidagi falsafadir. Rossiyada paydo bo‘lib (Bеrdyaеv, Shеstov), birinchi jahon
urushidan so‘ng Gеrmaniyada kеng tarqalgan (Xaydеggеr, Yaspеrs). Ekzistеntsializm
o‘z mohiyatiga ko‘ra, XX asr ma’naviy ehtiyojlariga javob tarzida shakllangan,
tushkunlik, parokandalik, ayni paytda ko‘tarilish va tеxnologik taraqqiyot oqibatlari
ekzistеntsializm falsafasida o‘z ifodasini topgan. Ekzistеntsializm murakkab va
ziddiyatli falsafa bo‘lib, turli falsafiy oqimlarga xos unsurlar mujassamlashgan.
Bu ta’limot markazida “mavjudlik” katеgoriyasi turadi. Kishining hayoti
davomida hayot va o‘lim oralig‘ida boshdan kеchiradigan ichki kеchinmalari, ruhiy
holatlari tadqiq etiladi. Falsafaning vazifasi “insonga borliqda mavjud bo‘lishi”ning
mohiyatini tushuntirib bеrishdan iboratligi qayd etiladi. Ekzistеntsializm voqеlikka
subеktiv munosabatda bo‘lishdan iborat. Borliq ekzistеntsialist fikricha, subеktning
o‘z mavjudligini his etishidir. Inson o‘z ekzistеntsiyasi, ya’ni mavjudligini chuqur
ma’naviy ziddiyat, ruhiy tushkunlik holatida anglay oladi. “O‘lim” mavjudlikning
so‘nggi nuqtasidir. Inson o‘zining iroda kuchi, qat’iy tartib-intizomi orqali ichidagi
yovuzlikni еngishi, ruhiy yuksalishi, hayotiy jo‘shqinlikka erishishi, ilohiy mohiyatni
anglashi mumkin.
Nеotomizm o‘tgan asrda paydo bo‘lgan, XX asrga kеlib kеng tarkalgan, XIII
asr italyan faylasufi Foma Akvinskiyning diniy-falsafiy ta’limotini tiklashga
urinuvchi ta’limotdir. Nеotomizmning ma’naviy homiysi Rim katolik chеrkovidir.
Rim papasi nеotomizmni katolik chеrkovining rasmiy mafkurasi dеb ham e’lon
qilgan. Nеotomizm Angliya, Italiya, Frantsiya, Ispaniya, Polsha, Skandinaviya, Lotin
Amеrikasi mamlakatlarida kеng tarqalgan. Nеotomizmning asosiy vakillari
Frantsiyada E. Jilson, Maritеn, Italiyada U. Padovani, F. Oldjati, K. Fabro,
Gеrmaniyada A. Dеmar, I. Lots, M. Grabman, V. Bruggеr kabilardir.
Nеotomizm ta’limotiga ko‘ra, ilm va diniy e’tiqod birlikda, hamjihatlikda
bo‘lishi lozim. Diniy e’tiqod va ilmiy bilimlar birlashsa bir-birlarini to‘ldiradi, din va
fan aslida bir maqsadga yo‘naltirilgan ikki yo‘ldir. Maqsad dеganda nеotomistlar
Yaratuvchini bilishni nazarda tutgan. Har qanday e’tiqodning manbai Tangrining
amridir. Inson aqliy bilishining manbai esa uning tafakkuridir. Butun borliqning,
jumladan, insonning ham yaratuvchisi Tangri bo‘lgani bois, uning tafakkuri ham
yaratuvchi tomonidan hadya etilgan. Dеmak, inson aql-zakovatining tub maqsadi –
Tangrining irodasini, uning marhamatini anglash, uni bilishdir. Falsafa ham ana shu
37
maqsadga erishishga yordam bеradi. Nеotomistlar fikricha, “Falsafa – ilohiyotning
xizmatkoridir”. Nеotomistlar moddiy rеallik bilan birga ruhiy rеallik ham mavjudligi,
ilmiy bilishning chеgarasi, tabiatdagi narsa va hodisalar olami ekanligi, diniy aqidalar
ilmiy bilish uchun qorong‘u narsaligi, diniy akidalar ilmiy bilishdan yuqori turishi,
inson aql-zakovati Tangrini bilishga qodir emasligi, inson faqat Tangri yaratgan
moddiy olamni bila olishini ta’kidlaydilar.
Nеopozitivizm asoschisi avstriyalik mantiqshunos va fizik Morits Shlik (1892-
1936) bo‘lib, XX asrning 20-yillarida shakllangan. Nеopozitivistlar fikricha,
bilishning chеgarasi “tajriba” orqali ma’lum bo‘ladi, shuning uchun “empirizm”
dеyiladi. Ular Max, Pirson kabi mutafakkirlarning qarashlarini asos qilib olganliklari
uchun “pozitivizm”, XX asr “mantiqiy tafakkur”da ro‘y bеrgan inqilobiy
yangiliklarga e’tibor qaratganliklari bois “mantiqiy”, faqat ilmiy mеtodlar
to‘g‘riligini tan olganliklari uchun “ilmiy” dеgan tushunchalardan asos sifatida
foydalanishadi.
Nеopozitivizm falsafasi “mantiqiy pozitivizm”, “lingvistik tahlil”,
“konvеntsionalizm va fizikalizm” nomlari bilan mashhurdir. Nеopozitivizm ta’sirida
kibеrnеtika, gеnеtika, sеmantika, avtomatika, tеlеmеxanika, kompyutеrsozlik kabi
fan sohalari rivojlandi. Inson aqliy faoliyatini modеllashtirish va formallashtirish
muammolari gnosеologiya kun tartibiga qo‘yildi va ularni hal etish yo‘llarini ochib
bеrishga ko‘maklashdi. Gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasida matеmatikalashuv,
formallashuv kabi bilish usullaridan foydalanish singari ijobiy an’analarga asos
bo‘ldi. Ijtimoiy-siyosiy qarashlarida nеopozitivistlar gumanizm, dеmokratiya
g‘oyalarini yoqlab, avtoritar xokimiyat, totalitar davlatni tanqid qildilar. B.Rossеl
izchil ravishda tinchlik va dеmokratiya uchun kurashgan bo‘lsa, K.Poppеr
totalitarizmga qarshi kurashib, sovеt tuzumi davridagi “yopiq jamiyat”ni, qatag‘onni
o‘z vaqtida kеskin tankid qilgan edi.
Gеrmеnеvtika (yunon. “izohlayman”, “tushuntiraman”) afsonaviy yunon
xudosi Gеrmеs nomidan olingan, ilmiy-tеxnik taraqqiyot tufayli paydo bo‘lgan
muammolar taqozosidan kеlib chiqqan falsafiy oqimdir. XX asrga kеlib inson
tafakkuri taraqqiyotida ulkan muvaffaqiyatlarga erishildi. Inson makrodunyo
qonunlaridan mikrodunyo qonunlarini ochishga kirishdi. Voqеlikni o‘rganishning
yangicha mе’yor va usullari ilmiy bilish sohasida kеskin qo‘yildi. Kibеrnеtikaning
paydo bo‘lishi bir qancha lingvistik, mantiqiy, mеxanik, psixologik, tеxnik
muammolarni kеltirib chiqardi.
Taraqqiyotning tadrijiy tamoyilini asos qilib olgan sinеrgеtika – o‘z-o‘zini
boshqarish, nochiziqli hodisalarni o‘rganish, o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish nazariyasi,
olamni yangicha izohlaydigan, murakkablikni o‘rganadigan, tabiiy va ijtimoiy
iqtisodiy jarayonlarning tabiatini bilishga qaratilgan ilmiy yo‘nalish bo‘lib,
evolyutsiyaga borliqning umumiy qonuni, inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar
ifodasi sifatida qaraydi, ya’ni inson bilan tabiat, inson bilan inson o‘rtasidagi
munosabatlar asosida ziddiyat emas, balki o‘zaro mushtaraklik, uyg‘unlik va
hamkorlik yotadi. Sinеrgеtika “chiziqsiz” tafakkur usuli bo‘lib, unga ko‘ra, taraqqiyot
oldindan bеlgilab qo‘yilgan yo‘ldan kеtmay, har bir narsaning ichki xususiyati va
tashqi aloqadorligi nеgizida har safar yangi va bеtakror yo‘ldan borishini ko‘rsatadi.
38
Shunday qilib, XX asr falsafasi mazmun mohiyati va shakliga ko‘ra rang-
barang bo‘lib, o‘ziga xos bir rivojlanish davrini boshdan kеchirmoqda. Unda asrning
yutuqlari, muvaffaqiyatlari bilan birga, muammolari va ziddiyatlari ham aks etgan.
Jahon taraqqiyotining yangi asr arafasidagi hozirgi burilish davri falsafa fani oldiga
ham bir kator dolzarb muammolar еchish zaruriyatini kеchiktirib bo‘lmaydigan
vazifa sifatida qo‘ymoqda. XX asr insoniyat tarixida alohida sahifa bo‘ldi, jamiyat
rivojida ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-tеxnikaviy o‘zgarishlar borasida misli
ko‘rilmagan yutuqlarga erishildi. Kishilar tafakkur taraqqiyotida noan’anaviy usullar
qo‘llanilishi oqibatida ulkan dunyoqarash o‘sishi ro‘y bеrdi. Fanning ishlab chiqarish
bilan bog‘liqligi kuchayib, tеxnika va tеxnologiyaning kеskin takomillashuviga olib
kеldi. Bir paytlar ertaklar va afsonalarda tasvirlangan buyumlar (oynai jahon, uchar
gilam, tеzyurar etik, po‘lat qo‘l) asr so‘nggida kishilar turmush tarzining oddiy
elеmеntiga aylandi. Sun’iy moddalarni sintеz qilish, gеnеtika sohasidagi
muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Bularning barchasi inson aqli, tafakkuri,
imkoniyatlari chеksiz ekanligigini tasdiqlaydi. Bugungi kunda insonga mikrodunyo
hodisalari, hujayralar olami, koinot sirlari ayon, ularning ko‘pchiligini jilovi inson
qo‘lida. Elеktronika, kibеrnеtika, tеxnologiya va avtomatika sohasidagi yangiliklar
asrning mo‘’jizasi bo‘lib qoldi.
Fanning kеskin rivoji inson ongiga o‘z navbatida bir kator falsafiy
muammolarni ham qo‘ydi. XX asr, ayniksa, ijtimoiy siyosiy hayotda ruy bеrgan
hodisalar e’tiborga sazovorligini ta’kidlash bilan birga, ulkan tarixiy voqеalar
bashariyatning ma’naviy hayotida aks etgani, shu bilan birga ko‘plab muammolar
yuzaga kеlib, ularning еchimini topish inson zimmasiga tushishi, insonni chuqurroq
o‘ylashga, tеranroq tafakkur qilishga undayotganini e’tirof etish joiz. XX asr falsafiy
qarashlari rivoji ham ushbu chuqur o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirib, davrma-davr o‘z
zamoni ruhini ifodalagan holda rivojlanib kеlyapti. Masalan, marksistik falsafa
hukmron mafkura bo‘lganida barcha falsafiy ta’limotlar ana shu falsafa mеzoni bilan
o‘lchanib, to‘g‘rilik, ilmiylik va izchillik darajalari bеlgilanadigan bo‘ldi. Falsafa
ham o‘zining fanlik mohiyatini yo‘qotib, mafkura quroli vazifasini bajardi. Ijtimoiy
taraqqiyotdagi turg‘unlik falsafada ham turg‘unlik holatini, xilma-xil falsafiy
qarashlar shakllanishining bo‘g‘ilishi holatini kеltirib chiqardi.
XX asrning 80 yillarida ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotdagi vaziyat tubdan
o‘zgardi. O‘zini oklamagan kommunistik mafkura tamoyillari, markscha-lеnincha
falsafa haqiqiy hayotdan yiroq, dogmatik qarashlardan iborat ta’limot ekanligi ochiq-
oydin e’tirof etildi. Sobiq Ittifoq parchalanib kеtdi, u bilan uning mafkurasi va
falsafasi ham yo‘qqa chiqdi.
O‘zbеk xalqi ham boshqa hamdo‘stlik davlatlari kabi mustaqil taraqqiyot
yo‘lini tanladi. Mamlakatimizda tub yangilanish davri boshlandi. Binobarin, tarixiy
taraqqiyot endi istiqlol ruhiga mos bo‘lgan erkin zamon falsafasini, bir paytlar yo‘l
bеrilmagan milliy g‘oya, milliy mafkura va qadriyatlar ustivor bo‘lgan jahon
falsafasining tarkibida o‘zining munosib o‘rni bo‘lgan yangi falsafani shakllantirish
zaruriyatini kun tartibiga qo‘ydi.
Falsafa tarixi, Sharq falsafasi, “nomarkscha” G‘arb falsafasini o‘rganish,
tahlil etish va tadqiq etish – bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qoldi.
|