Закона «О бухгалтерс ком учёте»



Yüklə 394,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix12.10.2023
ölçüsü394,9 Kb.
#154210
növüЗакон
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
 
Key words:
 energy, cost items, cost of production efficiency, wages, prime cost, relative weight, ABC method. 
https://doi.org/10.55439/ECED/vol24_iss1/a29
 
 
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 1-son
196
Kirish.
Energetika sohasi O‘zbekiston Res
-
publikasining hukumati uchun modernizatsiya 
qilini
shi kerak bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlardan biri 
hisoblanadi. Energetika sektorini transformatsiya 
qilishning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: energetika davlat korxonalari faoliyatining 
yuqori ekspluatatsion va moliyaviy ko‘rsatkichlarini 
ta’minlash, infratuzilma muammolarini hal qilish, 
sektorni qayta tuzish va raqobatbardosh bozorga 
o‘tish, toza energiyaga o‘tishda energiya qiymatini 
hosil qiluvchi zanjirlarni karbonsizlantirish, tiklana-
digan energiya manbalaridan (TEM) foydalanish va 
energiya samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, 
shuningdek, xususiy sektorni jalb qilish va sohani 
institutsional va bozor tuzilmasini takomillashti-
rish[1]. 
 
O‘zbekistonning energetika sohasida islohot 
bosqichlari davom etmoqda va ishlab chiqarish 
quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish 
ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Bundan 
ko‘zlangan maqsad sanoatni bozor munosabatlariga 
o‘tkazish, so‘nggi o‘n yilliklarda yetarlicha e'tibor 
berilmagan infratuzilmani yangilash, respublika-
miz
da iste'molchilarning energiya resurslariga o‘sib 
borayotga
n talabini ta’minlashdan iborat.
Mamla-
kat rahbariyati Energetika vazirligi oldiga 2030-
yilgacha elektr energiyasini ishlab chiqarishni ikki 
baravar oshirish vazifasini qo‘ydi. Mutaxassislar
-
ning fikricha, 10-
yildan kam vaqt ichida O‘zbekiston 
aholisi va iqtisodiyot tarmoqlaridan elektr ener-
giyasi
ga bo‘lgan talab ikki baravar ko‘payadi. Ya’ni, 
2030-yilga qadar 120,1 milliard kilovatt soat elektr 
energiyasini ishlab chiqarishga erishish. 
Buni elektr energiyasi iste'molining yillik 
o‘sish ko‘rsatkichlari
ham tasdiqlaydi. Ushbu o‘sish 
bugungi kunda elektr energiyasi iste'molining eng 
yuqori paytida, asosan havo haroratining keskin 
iqlim o‘zgarishi kunlariga to‘g‘ri keladigan qisqa 
vaqt ichida elektr energiyasini o‘chirish holatlari 
mavjudligi uchun juda kat
ta mas’uldir. Tadbirkorlik 
subyektlarining tobora ortib borayotgan ehtiyojlari, 
aholi tomonidan shu kunlarda konditsionerlar, so-
vut
gichlarni o‘z ichiga olgan maishiy elektr jihoz
la-
ri
ning ko‘pligi tizimga, shu jumladan past kuch
la-
nishli elektr uzatish tarmoqlari va transformatorga 
yuklamaning keskin oshishiga, o‘z navbatida ular
-
ning ishlashida nosozliklarga olib keladi. Bunday 
nosozliklarni, hatto iste'molning eng yuqori davrida 
ham faqat so‘nggi 3
-yil ichida modernizatsiya va 
rekonstruksiya qilish orqali jadal ishlar olib boril-
gan tizim holati, shuningdek quvvatlarning ortishi 
tufayli oldini olish mumkin. (ishlab chiqarish). 
Vazirlar mahkamasi tomonidan “2020

2030-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr 
ener
giya bilan ta’minlash konsepsiyasi”
qabul qilin-
di Hujjat xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab 
chiqilgan [2].
Unga ko‘ra, 2030
-yilgacha elektr energiya 
ishlab chiqarishni 5900 MVt dan 29200 MVt gacha 
ko‘paytirish, tabiiy gaz sarfini qisqartirish hamda 
elektr energiyani uzatishda yo‘qoti
shlarni sezilarli 
darajada kamaytirish rejalashtirilgan. 
Hujjatning strategik maqsadi 

O‘zbekiston 
aholisi va iqtisodiyotini raqobatbardosh narxlarda 
elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, eng 
yaxshi global amaliyot va global elektrotexnika 
sanoatining hozirgi tendensiyalarini qamrab olgan 
muvozanatli energetika sektorini rivojlantirishdan 
iborat [3].
Konsepsiyada quyidagi yo‘nalishlar ustuvor 
sifatida belgilangan: 
-
mavjud elektrstansiyalarini modernizatsiya 
va rekonstruksiya qilish, elektr energiya ishlab chi-
qa
rish bo‘yicha energiya samarador texnologiyalar
-
dan foydalangan holda yangi elektr stansiyalarini 
qurish; 
-
elektr energiyasi hisobini yuritish tizimini 
takomillashtirish; 
-
qayta tiklanadigan, ayniqsa, quyosh ener-
giyasi manbalarini rivojlantirish; tarif siyosatini ta-
komillashtirish va 
ulgurji bozorga chiqishni ta’min
-
lash bo‘yicha huquqiy islohotlarni amalga oshirish.
Shuningdek, mazkur strategiyada qayta tikla-
nadigan energiya manbalarini rivojlantirishda ho-
zirgi paytda elektr energ
iyasi taqchil bo‘lgan hudud
-
larni energiya ta’minotini yaxshilashga alohida e’ti
-
bor qaratiladi. Buning uchun, ushbu sohada davlat-
xususiy sherikchiligini keng qo‘llash choralari stra
-
tegiyada belgilanganligi.
Bu yoqilg‘i
-
energetika kompleksining O‘zbe
-
kiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun sharoit 
yara
tishni ta’minlaydigan rag‘batlantiruvchi infra
-
tuzil
ma roliga o‘tishi bilan bog‘liq. Strategiya ener
-
getika kompaniyalarini boshqarishda ularning ener-
giya samaradorligini oshirish imkonini beradigan 
barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish zarur-
ligiga ishora qiladi. 

Yüklə 394,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin