Задачи по физике



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix24.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#193015
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Chernoutsan tarjima

t
U
U
qonun bo’yicha o’zgaradi. t=T/12 vaqt momentida kuchlanishning oniy 
qiymati 9 V ga teng. Kuchlanish amplitudasini aniqlang.
Javob: 18 
1588. O’zgaruvchan tok tarmog’iga ulangan neon lampa yonadigan va o’chadigan kuchlanish 
shu tarmoq kuchlanishining effektiv qiymatiga mos keladi. Lampa har bir yarim davr 
mobaynida 2/3 ms yonib turadi. O’zgaruvchan tok chastotasini toping.
Javob: 375 
1589. Neon lampa elektrodlaridagi kuchlanish ma’lum bir U* qiymatga erishgan paytda u 
yonadi. Agar lampa effektiv qiymati U* bo’lgan kuchlanish tarmog’iga ulangan bo’lsa, har yarim 
davrda lampa yonib turadigan vaqt intervalini (ms da) aniqlang. Tarmoqdagi kuchlanish 50 Hz 
chastota bilan o’zgaradi. Neon lampa yonadigan va o’chadigan kuchlanish bir xil deb hisoblang. 
Javob: 5 
1590. Transformatorning birinchi chulg’amidagi tok kuchi 2 A, uning uchlaridagi kuchlanish 
220 V. Ikkinchi chulg’am uchlaridagi kuchlanish 40 V. Ikkinchi chulg’amdagi tok kuchini 
aniqlang. Transformatordagi yo’qotishlar inobatga olinmasin. 
Javob: 11 
1591. Agar transformatorning 3500 ta o’rami bo’lgan ikkinchi chulg’amidagi kuchlanish 105 V 
bo’lsa, 1000 o’ramga ega bo’lgan birinchi chulg’am qanday kuchlanish ostida bo’ladi? 
Javob: 30
1592. Transformatorning birinchi chulg’amidagi tok kuchi 0,5 A, uning uchlaridagi 
kuchlanish 220 V. Ikkinchi chulg’amdagi tok kuchi 11 A, uchlaridagi kuchlanish 9,5 V. 
Transformatorning FIK ni (foizda) aniqlang. 
Javob: 95 
1593. Transformatorning birinchi chulg’ami o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulanganida ikkinchi 
chulg’amda 30 V kuchlanish yuzaga keladi. Xuddi shu tarmoqqa ikkinchi chulg’am ulanganida 
birinchi chulg’amning qisqichlarida 120 V kuchlanish yuzaga keladi. Transformatorning birinchi 
chulg’amidagi o’ramlari soni ikkinchi chulg’amidagi o’ramlar sonidan necha marta ko’p? 
Javob: 2
1594. Radiolampani cho’g’lantirishga mo’ljallangan transformatorning birinchi chulg’ami 
2200 o’ramga ega va 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan. Agar ikkinchi chulg’amning aktiv 
qarshiligi 0,5 

, lampa cho’g’lanishining kuchlanishi esa 1 A tok kuchida 3,5 V bo’lsa, ikkinchi 
chulg’amda qancha o’ram bo’lishi kerak? 
Javob: 40 
1595. O’zgaruvchan tok generatoriga qarshiligi 200 Ω bo’lgan elektropech ulangan. Pechning
5 minut ishlashida unda 270 kJ issiqlik ajraladi. Bunda pech orqali o’tadigan tok kuchining 
amplitudasi qanday? 
Javob: 3 
1596. Qarshiligi 22 Ω bo’lgan elektropech o’zgaruvchan tok generatoridan energiya oladi. Agar 
tok kuchining amplitudasi 10 A bo’lsa, pechda bir minutda ajraladigan issiqlik miqdorini (kJ da) 
aniqlang. 
Javob: 66 
1597. Agar g’altak 10 kHz chastota o’rniga 50 Hz chastotali o’zgaruvchan tok zanjiriga ulansa, 
g’altakning induktiv qarshiligi necha marta kamayadi?
Javob: 200 
1598. 200 Ω qarshilik hamda kondensator siklik chastotasi 2500 rad/s bo’lgan o’zgaruvchan 
tok manbaiga parallel ravishda ulangan. Agar qarshilikdan o’tuvchi tok kuchining amplitudaviy 


133 
qiymati 1 A ga, kondensator orqali esa 2 A ga teng bo’lsa, kondensatorning sig’imini (mkF da) 
toping. 
Javob: 4 
1599. O’zgaruvchan tokning qanday siklik chastotasida 0,5 H induktivligi bo’lgan g’altakdan 
va sig’imi 200 mkF bo’lgan kondensatordan tarkib topgan berk zanjirda kuchlanish rezonansi 
ro’y beradi? 
Javob: 100 
13. OPTIKA. ATOM FIZIKASI 
Elektromagnit to’lqinlar. Sindirish ko’rsatkichi. Difraksiya
1600. Ultrabinafsha nurlanishining vakuumdagi to’lqin uzunligi 1,5
.
10
-5
cm ni tashkil etadi. 
To’lqinning tarqalish tezligi 1,5
.
10
8
m/s bo’lgan modda ichida shu nurlanishning to’lqin uzunligi 
(nm da) qanchaga teng? 
Javob: 75 
1601. Chastotasi 1,5
.
10
15
Hz bo’lgan monoxramatik yorug’lik sindirish ko’rsatkichi 1,6 bo’lgan 
shaffof plastinkada tarqalmoqda. Shu yorug’likning plastinkadagi to’lqin uzunligi (nm da) 
qanchaga teng? 
Javob: 125 
1602. Qizil yorug’lik to’lqini sindirish ko’rsatkichi 1,8 bo’lgan yupqa shaffof plyonka orqali 
o’tadi. Plyonkaning qalinligi 3.8
.
10
-5
m. Agar yorug’likning vakuumdagi to’lqin uzunligi 720 nm 
bo’lsa, plyonka ichida nechta yorug’lik to’lqini joylashadi? To’lqin plyonka tekisligiga 
perpendikulyar ravishda tushadi. 
Javob: 95 
1603. Difraksion panjara tekisligiga tik ravishda to’lqin uzunligi 500 nm bo’lgan yorug’lik 
tushadi. Difraksion manzaradagi beshinchi bosh maksimum tushayotgan yorug’likka nisbatan 
90
0
burchak ostida ko’rinishi uchun panjaraning 1 mm da nechta tirqish bo’lishi kerak? 
Javob: 400 
1604. Agar difraksion panjaraga yorug’lik normal tushganda lampa spektrining yashil chizig’i 
(to’lqin uzunligi 550 nm) beshinchi tartibda 30
0
burchak ostida ko’rinsa, panjara davrini (nm da) 
aniqlang.
Javob: 5500 
1605. Agar davri 4,4 mkm bo’lgan difraksion panjaraga yorug’lik normal tushganda to’rtinchi 
tartibli maksimum 30
0
burchak ostida ko’rinsa, shu yorug’likning to’lqin uzunligini (nm da) 
toping. 
Javob: 550 
Yorug’likning qaytishi va sinishi. To’la ichki qaytish
1606. Parallel yorug’lik dastasi gorizontal ravishda tarqalmoqda. Yassi ko’zgudan qaytgan 
dasta vertikal ravishda tarqalishi uchun ko’zguni gorizontga nisbatan qanday burchak ostida 
(gradusda) joylashtirish kerak?
Javob: 45 
1607. Gorizontga 30
0
burchak ostida tushib, ko’zgudan qaytgan quyosh nurlari yordamida 
vertikal quduqning tubini yoritish uchun ko’zgu gorizontga qanday burchak ostida (gradusda)
joylashtirilishi kerak? 
Javob: 60 
1608. Yassi ko’zgu tushuvchi va qaytuvchi nurlar yotgan tekislikka perpendikulyar bo’lib, 
nurning tushish nuqtasi orqali o’tuvchi o’q atrofida qandaydir burchakka burilganda, 
tushayotgan va qaytayotgan nurlar orasidagi burchak 40
0
ga ortdi. Ko’zgu qanday burchakka 
(gradusda) burilgan? 
Javob: 20 
1609. Odam vertikal devorda o’rnatilgan yassi ko’zgu oldida turibdi. U o’z tasvirini to’liq ko’ra 
olishi uchun ko’zguning minimal balandligi (cm da) qanday bo’lishi kerak? Odamning bo’yi 180 
cm. 
Javob: 90 
1610. Yassi ko’zgu buyumning ko’zgudagi tasviri turgan joyga ko’chirilganda, buyum va uning 
tasviri orasidagi masofa necha marta ortadi? Buyum qo’zg’almas holda turibdi.


134 
Javob: 2 
1611. Yassi ko’zgu nuqtaviy yorug’lik manbai tomonga 10 cm/s tezlik bilan harakatlanmoqda. 
Tasvir qanday tezlik bilan (cm/s da) harakatlanadi? Tezlik yo’nalishi ko’zgu tekisligiga 
perpendikulyar.
Javob: 20 
1612. Ikkita yassi ko’zgu bir-biriga nisbatan burchak ostida o’rnatildi va ular orasiga 
nuqtaviy yorug’lik manbai joylashtirildi. Bu manbadan birinchi ko’zgugacha bo’lgan masofa 3 
cm, ikkinchisigacha 4 cm. Birinchi tasvirlar orasidagi masofa 10 cm. Ko’zgular orasidagi 
burchakni (gradusda) toping.
Javob: 90 
1613. O’zaro 60
0
burchak ostida o’rnatilgan ikkita yassi ko’zguda buyumning nechta tasviri 
hosil bo’ladi (ko’rinadi)? 
Javob: 5 
1614. Ikkita yassi ko’zgu bir-biriga nisbatan burchak ostida o’rnatildi va ular orasiga 
nuqtaviy yorug’lik manbai joylashtirildi. Bu manbadan birinchi ko’zgugacha bo’lgan masofa 3 
cm, ikkinchisigacha 8 cm. Ko’zgulardagi birinchi tasvirlar orasidagi masofa 14 cm. Ko’zgular 
orasidagi burchakni (gradusda) toping. 
Javob: 120 
1615. Yassi-parallel shisha plastinkaga orasidagi masofa 3 cm bo’lgan ikkita yorug’lik nuri 
60
0
burchak ostida tushadi. Shu nurlar plastinkadan chiqib ketadigan nuqtalar orasidagi 
masofani (cm da) toping. 
Javob: 6
1616. Sindirish ko’rsatkichi √3 ga teng bo’lgan shisha plastinkaga yorug’lik nuri qanday 
burchak (gradusda) ostida tushganda, singan nur qaytgan nurga perpendikulyar bo’ladi? 
Javob: 60
1617. Quyosh gorizont bilan sinusi 0,6 bo’lgan burchak hosil qiladi. Balandligi 170 cm bo’lgan 
tayoq 80 cm chuqurlikdagi hovuzning tubiga qoqib qo’yilgan. Bu tayoqning hovuz tubidagi 
soyasining uzunligini (cm da) toping. Suvning sindirish ko’rsatkichi 4/3. 
Javob: 180 
1618. Yorug’lik nuri qalinligi 2 cm bo’lgan shaffof plastinkaga sinusi 0,8 bo’lgan burchak 
ostida tushadi. Nur plastinkadan o’tishda necha millimetrga siljiydi? Plastinka moddasining 
sindirish ko’rsatkichi 4/3. 
Javob: 7 
1619. Yorug’lik nuri yassi ko’zguga sinusi 0,75 bo’lgan burchak ostida tushmoqda. Agar ko’zgu 
ustiga sindirish ko’rsatkichi 4/3 bo’lgan 2 cm qalinlikdagi shaffof plastinka qo’yilsa, qaytgan nur 
necha millimetrga siljiydi?
Javob: 12 
1620. Yorug’lik qandaydir shaffof modda ichida vakuumdagi yorug’lik tezligidan ikki marta 
kichik tezlik bilan tarqaladi. Shu moddaning vakuum bilan hosil qilgan chegara tekisligi uchun 
to’la qaytishning chegaraviy burchagi (gradusda) qanchaga teng bo’ladi? 
Javob: 30
1621. Sindirish ko’rsatkichi 5/3 bo’lgan suyuqlik solingan idish tubida nuqtaviy yorug’lik 
manbai turibdi. Yuqoridan qaraganda manba ko’rinmasligi uchun suyuqlik yuzida suzib yurgan 
noshaffof disk qanday minimal radiusga (cm da) ega bo’lishi kerak? Suyuqlik qatlamining 
balandligi 12 cm. 
Javob: 9 
1622. Noshaffof keng idish sindirish ko’rsatkichi 1,25 bo’lgan suyuqlik bilan limmo-lim 
to’ldirilgan. Suyuqlikning usti 2 cm radiusli teshigi bo’lgan noshaffof plastina bilan yopildi. Agar 
idish bulutli osmonning har tarafdan tushadigan tarqoq nurlari bilan yoritilayotgan bo’lsa, 
uning tubidagi yorug’ dog’ning diametrini (cm da) aniqlang. Suyuqlik qatlamining qalinligi 6 cm. 
Javob: 
20 
1623. Sindirish ko’rsatkichi 1,5 bo’lgan shisha ichida sindirish ko’rsatkichi 4/3 bo’lgan suv 
bilan to’ldirilgan 9 cm radiusli sferik kovak bor. Kovakka parallel yorug’lik nurlari tushmoqda. 
Kovak ichiga kiradigan yorug’lik dastasining radiusini (cm da) aniqlang.


135 
Javob: 8 
1624. Yorug’lik nurining birinchi muhitdan ikkinchisiga o’tishida sinish burchagi 45
0
ga, 
birinchi muhitdan uchinchisiga o’tishida esa sinish burchagi 30
0
ga teng (tushish burchagi bir 
xil). Uchinchi muhitdan ikkinchisiga o’tayotgan nur uchun to’la ichki qaytishning chegaraviy 
burchagini (gradusda) toping. 
Javob: 45 
1625. Yorug’lik nurining havodan 40 cm qalinlikdagi suv qatlamiga tushish burchagi suv 
uchun to’la ichki qaytish burchagiga teng. Shu suv qatlamidan o’tish natijasida nurning 
siljishini (cm da) hisoblang. Suvning sindirish ko’rsatkichi 4/3. 
Javob: 12 
1626. Hovuzning chuqurligi 2 m ga teng. Agar uning tubiga suvning tepasida egilib, vertikal 
pastga qaragan holda nazar solinsa, hovuzning tuyulma chuqurligini (cm da) aniqlang. Suvning 
sindirish ko’rsatkichi 4/3. Burchaklarni kichkina deb hisoblang, ya’ni tgα=sinα. 
Javob: 150 
1627. Nuqtaviy yorug’lik manbai bilan kuzatuvchi orasiga 24 mm qalinlikdagi shisha plastina 
o’rnatildi. Manbaning ko’rinma vaziyati necha millimetrga siljiydi? Shishaning sindirish 
ko’rsatkichi 1,5. Plastina kuzatish yo’nalishiga tik holatda, burchaklarni kichkina deb hisoblang, 
ya’ni tgα=sinα. 
Javob: 8 
1628. Ko’zlari ochiq holda suvga sho’ng’igan suzuvchi o’zining boshi tepasida suv sirtidan 75 
cm balandlikda bo’lgan nur sochib turgan predmetga suv ostidan qaraydi. Predmetning ko’zga 
ko’rinadigan balandligi (suv sirtidan, cm da) qanday bo’ladi? Suvning sindirish ko’rsatkichi 4/3. 
Burchaklarni kichkina deb hisoblang, ya’ni tgα=sinα. 
Javob: 100 
1629. Suvli idish tubida yassi ko’zgu yotibdi. Suv qatlamining qalinligi 16 cm. Suv sirtidan 20 
cm masofada nuqtaviy yorug’lik manbai joylashgan. Manbaning suvdan qaytib chiqqan 
nurlardan hosil bo’lgan tasviri ko’zgudan qanday masofada (cm da) bo’ladi? Suvning sindirish 
ko’rsatkichi 4/3. Burchaklarni kichkina deb hisoblang, ya’ni tgα=sinα. 
Javob: 28 
1630. Radiusi 5 cm bo’lgan shisha sharning sirtiga kichkina qora dog’ chizib qo’yildi. Dog’ga 
sharning diametri bo’yicha qarama-qarshi tomonidan qaraladi. Uning ko’zga ko’rinadigan 
vaziyati shishaning (kuzatuvchiga) eng yaqin sirtidan qanday masofada bo’ladi? Shishaning 
sindirish ko’rsatkichi 1,5. 
Javob: 20 
1631. Yupqa shishadan yasalgan akvarium 3 m radiusli shar shakliga ega. Akvarium suv 
bilan to’ldirildi va uning ichiga kichkina baliqcha qo’yib yuborildi. Baliqcha qandaydir vaqt 
momentida kuzatuvchining ko’zlari va shar markazi orasida, markazdan 1 m masofada joylashib 
qoldi. Baliqchaning ko’zga ko’rinadigan vaziyati real vaziyatidan necha santimetrga yaqin 
bo’ladi? Suvning sindirish ko’rsatkichi 4/3. 
Javob: 20 
Linzalar 
a) nurlarning yo’li 
1632. Fokus masofasi 17 cm bo’lgan yig’uvchi linzaga uning bosh optik o’qiga parallel bo’lgan 
yorug’lik dastasi tushmoqda. Bu linzadan fokus masofasi 0,09 m bo’lgan sochuvchi linza qanday 
masofada (cm da) o’rnatilganda, yorug’lik dastasi ikki linzadan o’tgach paralleligicha qoladi? 
Javob: 8 
1633. Fokus masofasi 10 cm bo’lgan sochuvchi linzaga bosh optik o’qqa parallel bo’lgan 
silindrik nurlar dastasi tushmoqda. Linza ortida undan 20 cm masofada ekran o’rnatilgan bo’lib, 
unda 15 cm diametrli dumaloq yorug’ dog’ hosil bo’lmoqda. Nurlar dastasining diametrini (cm 
da) aniqlang. 
Javob: 5 
1634. Yig’uvchi linzaga bosh optik o’qqa parallel bo’lgan 15 mm diametrli silindrik nurlar 
dastasi tushmoqda. Dastaning simmetriya o’qi linzaning optik markazi orqali o’tadi. Linzaning 
ortida birinchi marta linzadan 8 cm masofada, ikkinchi marta esa 12 sm masofada ekran 


136 
o’rnatilganda, ekranda hosil bo’luvchi yorug’ dog’ning diametri bir xil bo’ladi. Shu diametr (mm 
da) qanchaga teng? 
Javob: 3
1635. Ekrandagi teshik ichiga fokus masofasi 10 cm bo’lgan sochuvchi linza o’rnatilgan. 
Linzaga parallel nurlar dastasi tushmoqda. Linzadan 30 cm masofada uning tekisligiga parallel 
ravishda ekran joylashgan. Sochuvchi linza xuddi shunday diametrli yig’uvchi linzaga 
almashtirilganda ekrandagi yorug’ dog’ning radiusi o’zgarmay qoldi. Yig’uvchi linzaning fokus 
masofasi (cm da) qanchaga teng? 
Javob: 6 
1636. Nuqtaviy yorug’lik manbai fokus masofasi 6 cm bo’lgan yig’uvchi linzaning fokusida 
o’rnatilgan. Linza ortida undan 12 cm masofada yorug’ dog’ ko’rinib turgan yassi ekran 
joylashtirilgan. Ekrandagi yorug’ dog’ning radiusi 2 marta ortishi uchun yorug’lik manbaini 
optik o’q bo’ylab linza fokusidan qanday masofaga (cm da) ko’chirish kerak? 
Javob: 2 
b) linza formulasi 
1637. Buyum fokus masofasi 15 cm bo’lgan yig’uvchi linzadan 20 cm masofada joylashgan. 
Tasvirdan linzagacha bo’lgan masofani (cm da) toping. 
Javob: 60 
1638. Yig’uvchi linzaning fokus masofasi 20 cm. Agar buyumning aniq tasviri hosil 
bo’layotgan ekran linzaning orqa (ikkinchi) fokusidan 40 cm masofada joylashgan bo’lsa, 
buyumdan linzaning old (birinchi) fokusigacha bo’lgan masofani (cm da) toping. 
Javob: 10
1639. Buyumdan yig’uvchi linzagacha bo’lgan masofa fokus masofadan 1,5 marta katta. 
Tasvirdan linzagacha bo’lgan masofa fokus masofadan necha marta katta? 
Javob: 3 
1640. Buyum optik kuchi 10 D bo’lgan yig’uvchi linzadan 8 cm masofada turibdi. Buyumning 
tasviri linzadan qanday masofada (cm da) joylashadi? 
Javob: 40 
1641. Buyum optik kuchi 4 D bo’lgan yig’uvchi linzadan 20 cm masofada turibdi. Tasvirdan 
buyumgacha bo’lgan masofani (cm da) toping. 
Javob: 80
1642. Fokus masofasi 10 cm bo’lgan yig’uvchi linza o’zidan 15 cm masofada mavhum tasvir 
hosil qilmoqda. Buyum bu tasvirdan qanday masofada (cm da) joylashgan? 
Javob: 9
1643. Tasvirdan sochuvchi linzagacha bo’lgan masofa 0,75 fokus masofani tashkil etadi. 
Buyumdan linzagacha bo’lgan masofa fokus masofadan necha marta katta? 
Javob: 3
1644. Buyumdan fokus masofasi 4 cm bo’lgan sochuvchi linzagacha bo’lgan masofa 12 cm ga 
teng. Tasvirdan buyumgacha bo’lgan masofani (cm da) toping.
Javob: 9 
1645. Buyumning sochuvchi linzadagi mavhum tasviri linzadan buyumdan linzagacha bo’lgan 
masofaga qaraganda 2 marta kichik masofada joylashgan. Agar linzaning fokus masofasi 50 cm 
bo’lsa, linzadan tasvirgacha bo’lgan masofani (cm da) toping. 
Javob: 25 
1646. Sochuvchi linzaga (bir nuqtaga) yig’iluvchi nurlar dastasi tushmoqda. Nurlar linza 
orqali o’tgach, linzadan 15 cm masofadagi nuqtada kesishadi. Agar linza olib qo’yilsa, nurlarning 
kesishish nuqtasi linza tomonga qarab 5 cm ga siljiydi. Linzaning fokus masofasini (absolyut 
qiymat bo’yicha, cm da) aniqlang. 
Javob: 30
1647. Ikkita nuqtaviy yorug’lik manbai bir-biridan 24 cm masofada joylashgan. Manbalar 
orasiga ularning biridan 6 cm masofada yig’uvchi linza joylashtirilgan. Bunda har ikki 
manbaning tasviri bitta nuqtada hosil bo’ldi. Linzaning fokus masofasini (cm da) toping. 
Javob: 9 


137 
1648. Yig’uvchi linza yordamida olingan buyumning haqiqiy tasviri linzadan 8 cm masofada 
joylashgan. Agar yig’uvchi linza fokus masofasi xuddi shu kattalikda bo’lgan sochuvchi linzaga 
almashtirilsa, bu buyumning mavhum tasviri linzadan 2 cm uzoqlikda bo’ladi. Linzalar fokus 
masofasining absolyut qiymatini (cm da) toping. 
Javob: 32
1649. Nuqtaviy yorug’lik manbai bilan ekran orasidagi masofa 3,75 m. Ekranda manbaning 
aniq tasviri yig’uvсhi linzaning ikki vaziyatida hosil bo’ladi. Bu vaziyatlar orasidagi masofa 0,75 
m. Linzaning fokus masofasini (cm da) toping. 
Javob: 90 
1650. Nuqtaviy yorug’lik manbai fokus masofasi 6 cm bo’lgan yig’uvchi linzadan 9 cm 
masofada joylashgan. Bu linzaning ortida undan 6 cm masofada xuddi shunday boshqa bir linza 
turibdi. Manbaning linzalar sistemasi hosil qilgan tasviri ikkinchi linzadan qanday masofada 
(cm da) joylashadi? 
Javob: 4 
1651. Nuqtaviy yorug’lik manbai fokus masofasi 10 cm bo’lgan yig’uvchi linzadan 12 cm 
masofada joylashgan. Linzaning ortida 10 cm masofada linzaning bosh optik o’qiga 
perpendikulyar holda yassi ko’zgu o’rnatilgan. Ko’zgudan qaytgach, linza orqali o’tgan nurlardan 
hosil bo’lgan tasvir linzadan qanday masofada (cm da) joylashgan. 
Javob: 8 
1652. Nuqtaviy yorug’lik manbai fokus masofasi 6 cm bo’lgan yig’uvchi linzadan 8 cm 
masofada joylashgan. Linzaning ortida 15 cm masofada fokus masofasi 12 cm bo’lgan sochuvchi 
linza joylashgan. Manbaning linzalar sistemasi hosil qilgan tasviri sochuvchi linzadan qanday 
masofada (cm da) joylashadi? 
Javob: 36 
1653. Nuqtaviy yorug’lik manbai fokus masofasi 5 cm bo’lgan yig’uvchi linzadan 6 cm 
masofada joylashgan. Agar manba bilan linza orasiga yassi-parallel shisha plastina qo’yilsa, 
nuqtaning tasviri qanday masofaga (cm da) siljiydi? Plastina linzaning bosh optik o’qiga 
perpendikulyar ravishda o’rnatilgan, plastinaning qalinligi 4,5 cm, shishaning sindirish 
ko’rsatkichi 1,5. 
Javob: 75 
c) linzaning kattalashtirishi 
1654. Proyeksion fonar obyektivining fokus masofasi 25 cm. Agar ekran obyektivdan 200 cm 
masofa uzoqlikda bo’lsa, fonar diapozitivning qanday kattalashtirishini beradi?
Javob: 7 
1655. Daraxt 10 m masofadan suratga olingan. Fotoapparat obyektivining optik kuchi 12,6 D. 
Daraxt tanasining fotoplyonkadagi tasvirining kengligi 2 mm. Daraxt tanasining diametrini (cm 
da) toping.
Javob: 25 
1656. Bo’yi 160 cm bo’lgan odamning fotoplyonkadagi tasvirining balandligi 2 cm. Agar odam 
9 m masofadan suratga olingan bo’lsa, fotoapparat obyektivining optik kuchini (D da) toping.
Javob: 9 
1657. 3 marta kattalashgan haqiqiy tasvir hosil qilish uchun buyumni fokus masofasi 30 cm 
bo’lgan yig’uvchi linzadan qanday masofada (cm da) joylashtirish kerak? 
Javob: 40 
1658. Predmetdan yig’uvchi linzagacha bo’lgan masofa fokus masofaning 1,25 qismini tashkil 
etadi. Linzaning kattalashtirishini toping. 
Javob: 4
1659. Yig’uvchi linzadan 60 cm masofada joylashtirilgan predmetning tasviri linzaning ort 
tomonida o’z kattaligida hosil bo’lgan. Agar predmet linza tomonga 20 cm ga surilsa, tasvir 
o’lchami necha marta kattalashadi?
Javob: 3 
1660. Predmet yig’uvchi linzaning old tomonida 0,2 m masofada joylashgan. Linza yordamida 
predmetning 5 marta kattalashgan mavhum tasviri hosil qilingan. Linzaning optik kuchini (D 
da) aniqlang.


138 
Javob: 4 
1661. Yig’uvchi linza yordamida hosil qilingan predmetning mavhum tasviri linzadan uning 
fokusiga nisbatan 4 marta uzoqda joylashgan. Linza kattalashtirishini toping.
Javob: 5 
1662. Predmet va uning 3 marta kattalashgan haqiqiy tasviri orasidagi masofa 80 cm. 
Linzaning fokus masofasini (cm da) toping. 
Javob: 15
1663. Predmet va uning 5 marta kattalashgan mavhum tasviri orasidagi masofa 80 cm. 
Predmetdan linzagacha bo’lgan masofani (cm da) toping. 
Javob: 20 
1664. Fokus masofasi 8 cm bo’lgan sochuvchi linza predmetni ikki marta kichraytiradi. 
Predmetdan linzagzcha bo’lgan masofani (cm da) toping.
Javob: 8 
1665. Fokus masofasi 4 cm bo’lgan sochuvchi linza predmetning 4 marta kichraygan tasvirini 
beradi. Predmetdan tasvirgacha bo’lgan masofani (cm da) toping. 
Javob: 9 
1666. Fokus masofasi 12 cm bo’lgan linza predmetning 3 marta kichraygan haqiqiy tasvirini 
shakllantiradi. Birinchisi o’rniga joylashtirilgan boshqa linza predmetning 3 marta kattalashgan 
haqiqiy tasvirini hosil qiladi. Ikkinchi linzaning fokus masofasini (cm da) toping. 
Javob: 36 
1667. Fokus masofasi 8 cm bo’lgan linza predmetning 5 marta kattalashtirilgan haqiqiy 
tasvirini hosil qiladi. Birinchi linzaning o’rniga boshqasini joylashtirib, 5 marta kattalashgan 
mavhum tasvirga ega bo’lishimiz uchun uning fokus masofasi (cm da) qanday bo’lishi kerak?
Javob: 12 
1668. Yig’uvchi linza ekranda qandaydir predmetning tasvirini beradi. Tasvirning balandligi 
9 cm. Ekran va predmetni qo’zg’almas qilib qo’yib, linza ekranga yaqinroq surildi va 4 cm 
balandlikdagi aniq tasvir hosil bo’ldi. Predmetning balandligini (cm da) toping. 
Javob: 6
1669. Fokus masofasi 5 cm bo’lgan yig’uvchi linzaning optik o’qi bo’ylab sterjen shunday 
joylashtirilganki, bunda uning o’rtasi linzadan 8 cm masofada turibdi. Agar sterjenning 
bo’ylama kattalashishi 5 ga teng bo’lsa, uning uzunligi (cm da) qanchaga teng? 
Javob: 4 
1670. Yupqa sterjen yig’uvchi linzaning bosh optik o’qi bo’ylab joylashtirilgan. Agar 
sterjenning bir uchida joylashgan obyekt 4 kattalashtirish bilan, boshqa uchidagisi esa 2,75 
kattalashtirish bilan aks etsa, sterjenning bo’ylama kattalashishi qanday bo’ladi? 
Javob: 11 
1671. Yig’uvchi linzaning bosh optik o’qida undan fokus masofasidan bir yarim marta katta 
uzoqlikda joylashgan nuqtaviy manba 4 mm/s tezlik bilan o’qqa perpendikulyar ravishda siljiy 
boshlaydi. Manbaning tasviri qanday tezlik (mm/s da) bilan harakatlanadi? 
Javob: 8
1672. Nuqtaviy manba fokus masofasi 6 cm bo’lgan yig’uvchi linzaning bosh optik o’qida 
linzadan 8 cm masofada joylashgan. Linza optik o’qqa perpendikulyar yo’nalishda 3 mm/s tezlik 
bilan siljiy boshlaydi. Manbaning tasviri qanday tezlik (mm/s da) bilan harakatlanadi? 
Javob: 12
1673. Nuqtaviy manba fokus masofasi 8 cm bo’lgan yig’uvchi linzaning bosh optik o’qi bo’ylab 
2 mm/s tezlik bilan harakatlanadi. Manba linzadan 10 cm masofada bo’lgan paytda manbaning 
tasviri qanday tezlik (mm/s da) bilan harakatlanadi? 
Javob: 32 
1674. Fokus masofasi 10 cm bo’lgan yig’uvchi linzaning bosh optik o’qida nuqtaviy yorug’lik 
manbai turibdi. Linza manbaga tomon 3 mm/s tezlik bilan ko’chiriladi. Linza bilan manba 
orasidagi masofa 12 cm bo’lgan paytda tasvir qanday tezlik (mm/s da) bilan harakatlanadi? 
Javob: 72 


139 
Yorug’lik kvantlari
1675. Jismga 90 MJ ga teng bo’lgan qo’shimcha energiya berilganda uning massasi necha 
mikrogrammga ortadi? 
Javob: 1
1676. Atom elektron bilan to’qnashganda 13.24
.
10
-19
J energiya olib, yorug’lik kvantini 
nurlantiradi. Nurlanish chastotasini (petagersda) aniqlang. Plank doimiysi 6.62
.
10
-34 
J
.
s. (1 PHz 
= 10
15 
Hz). 
Javob: 2 
1677. Fotonining energiyasi 2.2
.
10
-19 
J
.
s J bo’lgan yorug’likning sindirish ko’rsatkichi 1,5 
bo’lgan muhitdagi to’lqin uzunligini (nm da) aniqlang. Plank doimiysi 6.62
.
10
-34 
J
.

Javob: 600 
1678. 3
.
10
20 
J
.
s Hz chastotali gamma-nurlanishga mos keladigan fotonning energiyasi 2
.
10
-10 
m to’lqin uzulikdagi rentgen nurlanishining foton energiyasidan necha marta katta? 
Javob: 200
1679. Agar yorug’lik fotonining impulsi 1.1
.
10
-27 
kg
.
m/s, shu yorug’likning to’lqin uzunligi (nm 
da) qanday? Plank doimiysi 6.62
.
10
-34 
J
.

Javob: 600 
1680. 8
.
10
-27 
kg
.
m/s impulsga ega bo’lgan fotonning energiyasi 5 V potensiallar farqini o’tishda 
elektron olgan kinetik energiyadan necha marta katta? Elektronning zaryadi 
19
10
6
,
1


1.6
.
10
-19
C. 
Javob: 3 
1681. Agar insonning ko’zi yorug’lik oqimining 1.8
.
10
-16 
W quvvatida to’lqin uzunligi 0,55 mkm 
bo’lgan yorug’likni qabul qilsa,1 s da ko’zga qancha foton tushadi? Plank doimiysi 6.62
.
10
-34 
J
.

Javob: 500 
1682. 15 mA tok kuchi va 66 kV kuchlanish ostida ishlayotgan rentgen trubkasi sekundiga 
10
16 
foton nurlantiradi. Nurlanishning to’lqin uzunligini 10
-10 
m ga teng deb hisoblab, 
qurilmaning FIK ni (foizlarda) aniqlang. Plank doimiysi 6.62
.
10
-34 
J
.

Javob: 2 
1683. Lazer har impulsda to’lqin uzunligi 6.6
.
10
-5 
cm bo’lgan 2
.
10
19 
ta yorug’lik kvantini 
nurlantiradi. Agar lazer chaqnashining davomiyligi 2 ms bo’lsa, chaqnash quvvati qanchaga 
teng? Plank doimiysi 6.62
.
10
-34 
J
.

Javob: 3000
1684. 132 W quvvat iste’mol qiladigan cho’g’lanma lampochkaning yorug’lik uzatishi (FIK) 6 
% ga teng, lampa nurlanishining o’rtacha chastotasi esa 6
.
10
14
Hz. Lampadan 100 m uzoqlikda 
turgan kishi ko’zining qorachig’iga shu lampadan sekundiga necha milliard foton tushadi? 
Qorachiqni 2 mm radiusli yassi doira deb hisoblang. Plank doimiysi 6.62
.
10
-34 
J
.

Javob: 2 
1685. Razryad trubkasida qandaydir metall bug’lari elektrodlar orasidagi kuchlanish 9,9 V 
bo’lganda yorug’lik chiqara boshlaydi. Yuzaga kelgan nurlanishning to’lqin uzunligi bir 
mikrometrdan necha marta kichik? Plank doimiysi 6.62
.
10
-34 
J
.
s, elektronning zaryadi 
19
10
6
,
1


1.6
.
10
-19
C. 
Javob: 8 
1686. Kosmik stansiyaning 50 m
2
yuzali quyosh batareyasi quyosh tomonga perpendikulyar 
ravishda joylashtirilgan. Batareya o’ziga tushadigan quyosh nurlanishining yarmini qaytaradi. 
Agar 1 m
2
yuzaga tushadigan nurlanish quvvati 1,4 kW ga teng bo’lsa, nurlanishning 
batareyaga beradigan bosim kuchi (mkN da) qanchaga teng? 
Javob: 350 
1687. Lazerning 600 W quvvatli nurlanishi 20 ms davom etdi. Nurlangan yo’rug’lik 2 mg 
massali ideal qaytaruvchi folga bo’lagiga tushganda, folga bo’lagi qanday tezlik (cm/s da) oladi? 
Folga nurning tarqalish yo’nalishiga perpendikulyar holda joylashgan. 
Javob: 4 


140 
Fotoeffekt
1688. Kvantining energiyasi 3,5 eV bo’lgan yorug’lik metall plastinkadan elektronlarni urib 
chiqaradi. Agar bu elektronlarning maksimal kinetik energiyasi 1,5 eV bo’lsa, shu metalldan 
elektronlarning chiqish ishini (eV da) toping. 
Javob: 2
1689. Metallga to’lqin uzunligi 0,33 mkm bo’lgan ultrabinafsha nurlanish ta’sir etganida 
undan uzilib chiqadigan elektronlar qanday maksimal kinetik energiyaga (eV da) ega bo’ladi? 
Elektronlarning chiqish ishi 2.8
.
10
-19
J. Plank doimiysi 6.62
.
10
-34 
J
.
s. (1 eV =1.6
.
10
-19
J) 
Javob: 2 
1690. Fotonlarining energiyasi 7.8
.
10
-19
J bo’lgan yorug’lik yordamida metall sirtidan urib 
chiqarilgan fotoelektronlarni to’xtatuvchi kuchlanish qanchaga teng? Bu metalldan chiqish ishi
3
.
10
-19
J. Elektronning zaryadi 1.6
.
10
-19
C. 
Javob: 3
1691. Fotoeffektning qizil chegarasi qandaydir metall uchun 6.6
.
10
-7
m to’lqin uzunligiga mos 
keladi. To’lqin uzunligi 1.8
.
10
-5
cm bo’lgan nurlanish yordamida shu metalldan urib chiqarilgan 
fotoelektronlarni to’liq to’xtatuvchi kuchlanish qanchaga teng? Plank doimiysi 6.62
.
10
-34 
J
.
s, 
elektronning zaryadi 1.6
.
10
-19
C. 
Javob: 5 
1692. Metallga tushayotgan yorug’lik chastotasi ikki marta ortganda fotoelektronlarni 
to’xtatuvchi kuchlanish uch marta ortadi. Dastlab tushayotgan yorug’likning chastotasi 
15
10
2
,
1

Hz. Shu metall uchun “qizil chegara” ga mos keladigan yorug’likning to’lqin uzunligini (nm da) 
toping. 
Javob: 500 
1693. Agar elektronlarning metall sirtidan chiqish ishi 6
.
10
-19 
J, urib chiqarilgan 
fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasi 6
.
10
-20
bo’lsa, metall sirtiga tushayotgan 
yorug’likning to’lqin uzunligini (nm da) aniqlang. Plank doimiysi 6.6
.
10
-34 
J
.
s. 
Javob: 300 
1694. Qandaydir metall sirtidan elektronlarning chiqish ishi 3,375 eV. Metallni to’lqin 
uzunligi 
7
10
2


bo’lgan yorug’lik bilan yoritganda uning sirtidan uchib chiqadigan 
elektronlarning tezligini (km/s da) toping. Elektronning massasi 9
.
10
-31
kg. Plank doimiysi 
6.62
.
10
-34 
J
.
s.(1 eV = 1.6
.
10
-19
J.) 
Javob: 1000 
1695. Qandaydir metall sirtidan elektronlarning chiqish ishi 5.2
.
10
-19
J. Metall sirtiga impulsi 
2.4
.
10
-27 
kg
.
m/s bo’lgan fotonlar tushadi. Fotoeffekt paytida metall sirtidan uchib chiqadigan 
elektronlarning maksimal impulsi tushayotgan fotonlarning impulsidan necha marta katta? 
Elektron massasi 9
.
10
-31
kg. 
Javob: 250 
Vodorod atomi
1696. Agar vodorod atomi bir holatdan boshqa bir holatga o’tganda orbita radiusi 16 marta 
kamaysa, elektronning chiziqli tezligi necha marta ortadi? 
Javob: 4 
1697. Agar vodorod atomining bir statsionar holatdan boshqa holatga o’tishida elektronning 
kinetik energiyasi 16 marta oshsa, elektronning orbita radiusi necha marta kamayadi? 
Javob: 16 
1698. Agar vodorod atomi bir statsionar holatdan boshqa bir holatga o’tganda undagi 
elektronning orbita bo’ylab aylanishining burchak tezligi 8 marta ortgan bo’lsa, bunda 
elektronning kinetik energiyasi necha marta ortgan? 
Javob: 4 
1699. Agar vodorod atomi bir statsionar holatdan boshqa bir holatga o’tganda undagi 
elektronning orbita radiusi 4 marta kamaysa, bu elektronning aylanish burchak tezligi necha 
marta ortadi? 
Javob: 8 


141 
1700. Vodorod atomlarining 2-tartibli holatdan normal holatga o’tishi qandaydir to’lqin 
uzunlikdagi ultrabinafsha nurlanish orqali yuz beradi. To’lqin uzunligi 4 marta katta bo’lgan 
kvantlarni yutganda vodorod atomlari 2-tartibli holatdan qanday tartibli (nomerli) qo’zg’algan 
holatga o’tadi? 
Javob: 4 
1701. Vodorod atomlarining 6-tartibli holatdan 2-tartibli holatga o’tishida ko’zga ko’rinadigan 
yorug’lik nurlanadi. Shu yorug’likning to’lqin uzunligi ultrabinafsha nurlanishning to’lqin 
uzunligidan necha marta katta? Vodorod atomlari ultrabinafsha nurlarni yutganda normal 
holatdan 3-tartibli holatga o’tadi. 
Javob: 4 
1702. Energiyasi vodorod atomining ionlashish energiyasining 8/9 qismini tashkil etadigan 
fotonni yutganda, vodorod atomi normal holatdan qanday tartibli (nomerli) qo’zg’atilgan holatga 
o’tadi? 
Javob: 3 
Yadroviy reaksiyalar
1703. Massa va zaryad sonlari 14 va 7 bo’lgan azot atomining yadrosi massa va zaryad sonlari 
65 va 30 bo’lgan rux yadrosiga qaraganda necha marta kam neytronlarga ega? 
Javob: 5
1704. Massa soni 239 va zaryad soni 92 bo’lgan radioaktiv holatdagi uran yadrosi elektron 
chiqarganidan so’ng qandaydir elementning yadrosiga aylanadi. Mendeleyevning elementlar 
davriy sistemasida shu elementning tartib raqami qanday? 
Javob: 93 
1705. 
7
N
14
azot atomi yadrosiga alfa-zarracha kelib uriladi va uning ichida qoladi. Bunda 
qandaydir elementning yadrosi hosil bo’ladi va proton chiqariladi. Mendeleyevning elementlar 
davriy sistemasida shu elementning tartib raqami qanday? 
Javob: 8
1706. Qandaydir yadrolarni protonlar bilan borbardimon qilganda alfa-zarracha hosil bo’ladi 
hamda pozitron chiqariladi. Dastlabki yadrodagi neytronlar sonini aniqlang. 
Javob: 1
1707. 
13
Al
27
izotop bilan 
6
C
12
uglerodning reaksiyasida alfa-zarracha, neytron hamda 
qandaydir izotopning yadrosi hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan yadrodagi neytronlar sonini aniqlang. 
Javob: 17 
1708. 
3
Li

litiyni neytronlar bilan bombardimon qilganda geliy-4 yadrosi va qandaydir 
elementning izotopi hosil bo’ladi. Bu izotopning yadrosidagi neytronlar sonini aniqlang. 
Javob: 2 
1709. 
13
Al
27
alyuminiy atomining yadrosi neytronlar bilan bombardimon qilinganda alfa-
zarracha chiqadi va qandaydir izotopning yadrosi hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan izotopning 
yadrosidagi neytronlar sonini aniqlang. 
Javob: 13
1710. 
4
Be

berilliy izotopining yadrosi deytronni (massa soni 2 bo’lgan vodorod izotopi) yutib, 
qandaydir elementning yadrosiga aylanadi. Bunda bitta neytron chiqadi. Hosil bo’lgan 
elementning Mendeleyevning elementlar davriy sistemasidagi tartib raqami qanday? 
Javob: 5 
1711. Alyuminiy atomining yadrosi alfa-zarrachani tortib olganida neytron va qandaydir 
elementning radioaktiv izotopi hosil bo’ladi. Bu izotop yemirilganida pozitron uchib chiqadi. Bu 
parchalanish natijasida hosil bo’ladigan elementning tartib raqami qanday? Alyuminiyning 
tartib raqami 13. 
Javob: 14 
1712. 
92
U
238 
uran izotopining yadrosi neytronni yutganidan keyin radioaktiv uran izotopiga 
aylanadi va u ikki ketma-ket beta-yemirilishdan so’ng plutoniyga aylanadi. Plutoniy atomining 
yadrosi nechta neytronga ega? 
Javob: 145 


142 
1713. Ketma-ket 5 beta-yemirilish va bir nechta alfa-yemirilishdan so’ng og’ir elementning 
yadrosi turg’un atom yadrosiga aylanadi. Bu atomning tartib raqami dastlabkisidan 13 taga 
kichik. Turg’un yadroning massa soni dastlabkidan qanchaga kichik bo’ladi? 
Javob: 36 
1714. 
92
U
235
ning 
82
Pb
207 
ga radioaktiv aylanish (o’zgarish) zanjirida bir nechta alfa- va beta-
yemirilishlar bor. Bu zanjirdagi umumiy yemirilishlar soni qancha? 
Javob: 11 
1715. Radioaktiv aylanishlar (o’zgarishlar) zanjirida bir nechta alfa- va beta-yemirilishdan 
keyin qandaydir og’ir atomning yadrosi turg’un atom yadrosiga aylanadi, va bu yadrodagi 
neytronlarning soni dastlabki yadrodagiga qaraganda 27 ta ga kam. Alfa-yemirilishlar soni beta-
yemirilishlar soniga tengligi ma’lum. Umumiy yemirilishlar soni qanchaga teng? 
Javob: 18 
1716. Qandaydir X elementning yadrosi alfa-zarrachani yutadi. Bunda bitta neytron chiqadi 
va Y elementning yadrosi hosil bo’ladi. Bu yadro o’z navbatida bitta pozitron chiqarib, Z 
elementning yadrosini hosil qilgan holda parchalanadi. Z element yadrosidagi neytronlar soni X 
elementdagiga qaraganda qanchaga ko’p ekanligini aniqlang. 
Javob: 2 
1717. 150 s vaqt ichida radioaktiv yadrolar dastlabki sonining 7/8 qismi yemirildi. Bu 
yadroning yarim yemirilish davri qanchaga teng? 
Javob: 50 
1718. 100 s vaqt ichida radioaktiv modda yadrosining yarmi yemirildi. Bundan qancha vaqt 
o’tgach qolgan yadrolarning 3/4 qismi yemiriladi? 
Javob: 200 


143 


144 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin