bilag‘on qilib ko‘rsatmasligi, eng muhimi bir-birini raqib deb
hisoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki, o‘qituvchilar
psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis
sifatida qabul qilsinlar.
Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog m a’muriyatga
ularning faoliyat doirasiga nimalar kirmasligini, m o‘jizalar
ko‘rsatish uning qo‘lidan kelmasligini tushuntirishi lozim.
0 ‘qituvchi bilan bo‘lgan suhbatda u yoki bu bolaning
muammosi psixologik muammo bo‘lmagani uchun u bo'yicha
hech narsa qila olmasligini tan olishdan qo‘rqmaslik kerak.
Dastlabki qadam larni q o ‘yishda o ta-o n alar bilan aloqa
o‘matish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda
bo‘lishi va o ‘zi murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga
oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlami
ajratishi lozim.
Demak, umumiy o ‘rta ta ’lim maktabida ishni bosh-
lashdan awal psixolog:
— o ‘zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati
bilan bo‘lgan munosabatlami to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi;
— o ‘z ishining asosiy maqsadi — bu bolaning optimal
rivojlanishini ta’minlash ekanini doim yodda saqlashi;
— o czining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita
bog‘liq bo‘lgan diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida
e’tibor bilan qarashi lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: