3.1. Infraqizil, ultrabinafsha, yorug’lik va lazer nurlari bilan
davolovchi tibbiyot apparatlari va ularning odam organizmiga ta’siri
Tibbiyot amaliyotida elektromagnit nurlanish, infraqizil, ultrabinafsha
va yorag’lik nurlari bilan davolash usullari lazer nurlari bilan davolashdan
ancha oldinroq boshlangan. Infraqizil nur bilan davolanganda to’qimalarda
modda almashinuvi tezlashadi, shamollash markazlarining so’rilib ketishiga
erishiladi va og’riq qoldiruvchi ta’sir ko’rsatiladi. Turli kasalliklar:
shamollash, kuyish va so-vqotishda muskul to’qimalari jarohatlanganda
uning og’riqni qoldiruvchi ta’siridan foydalaniladi. Yorug’lik nuri odam
organizmiga isituvchi ta’sir ko’rsatib 1sm chuqurlikkacha boradi.
Ko’rinadigan nurning turli ranglari markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilib
bemorning rahiy holatini yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek
shamollash, radikulit va boshqa kasalliklarni davolashda qollaniladi.
Ultrabinafsha nurlarining to’lqin uzunliklariga ko’ra uzun to’lqin uzunligi
400—315 nm, o’rtacha to’lqin uzunligi 315—280 nm va qisqa to’lqin
uzunligi 280 nm dan kichik bo’lgan nurlarga bo’linadi. Oftobda yurgan
odamning badani qorayishidan xabaringiz bor. Qorayish natijasida teri
orqali ultrabinafsha nurning yutilishi 13 dan 8 foizgacha kamayar ekan.
Qisqa to’lqin uzunlidagi nurlarni atmosferaning azon qavati kuchli yutib
erdagi o’simlik va hayvonot dunyosini uning zararli oqibatlaridan
himoyalaydi. Ultrabinafsha nurlari odam organizmiga kimyoviy ta’sir
ko’rsatib moddalar almashinuvida ishtirok etadi va stimullovchi natija
beradi. Bugungi kunda tibbiyotda lazer nurlaridan ham samarali
foydalanilmoqda. Bunda tor to’lqin uzunligi oralig’idagi infraqizil va
ko’rinadigan nurlardan foydalaniladi. Lazerning kichik energiyali turlari
davolashda, katta energiyali turlari xirurgik operatsiyalarda qo’llaniladi.
68
Past energiyali lazerlar biostimulyatsiya effektini beradi ya’ni to’qima, qon
aylanish sistemalaridagi qonni, hujayralar harakatini faollashtiradi. Bu
nurlarning klinik ta’siri, ularni o’tkazish dozalari va boshqa davolash
tadbirlari amaliy mashg’ulotlarda va «Fizioterapiya» fanlarida chuqurroq
o’rganiladi.
Infraqizil va ko’rinadigan yorug’lik nuri bilan davolovchi tibbiyot
texnikalariga davolash muassasalarida ishlatiladigan «Sollyuks» (3.1-rasm),
«Infrarush» (3.2-rasm), «Minin lampasi», kichik va katta yorug’lik
vannalari kiradi. Ular BK — 44 va VT— 13 markalarga ega. Bu
apparatlarning hammasi 220 V kuchlanishda ishlaydi. Ularda
3.1-rasm
«Sollyuks»
yorug’lik
vannasi
3.2-rasm«Infrarush»
yorug’lik
vannasi
yoritgich lampalari va spirallardan foydalanilgan. Bu apparatlarning
hammasida, yorug’lik va issiqlik energiyalaridan to’liqroq foydalanish
uchun reflektorlar (yorug’lik qaytargichlar) dan foydalanilgan.
Ultrabinafsha nur bilan davolovchi tibbiyot apparatl ari uch xil bo’ladi.
1. tomoq-burunni davolovchi ON—7, OKUF—5, BOP-4;
2. tananing ma’lum bir qismini davolovchi OKN—II, ORK—21 (hozirda
ular UGD seriyasi bilan chiqariladi) hamda
3. ko’pchilikni bir vaqtni o’zida davolovchi «Mayak» tipidagi OKB —30
apparatlari shular jumlasidandir. Ushbu apparatlarda DRT —230,
DRT—400,
DRT—1000
markali
simob
kvars
lampalaridan
69
foydalanilgan. Ulardan chiqadigan nur ko’zga ta’sir qilgani sababli
davolanuvchilardan qora ko’zoynak taqish talab qilinadi. Bu
apparatlarning hammasi 220 V kuchlanishda ishlaydi.
Ultrabinafsha nur chiqaruvchi bakterisid lampalarning DB — 15, DB—30,
DB-60, Medikor firmasining BLF-12, BLM-12 markali turlari mavjud
bo’lib, ushbu lampalar asosan havoni zararsizlantirish uchun ishlatiladi.
Ular asosan operatsiya va prosedura xonalarida o’rnatilgan bo’ladi. Ular
oddiy kunduzgi yoritish lampalari kabi tuzilishga ega bo’lib, ularda ham
kichikroq quwatli simob kvars lampalari ishlatiladi.
Lazer nuri bilan davolanish maqsadida geliy va neon gazi asosida
ishlaydigan AGN—106 «Yagoda» apparati (3.3-rasm) va AMLT— 01
magnitolazer apparatlaridan (6-rasm) foydalaniladi. «Yagoda» apparati
chiqaradigan lazer nuri 0,63 mkm to’lqin uzunligiga va 12 Vt quvvatga ega.
Uning shtativ qurilmasi davolash uchun nurni qulay holatga keltirish
imkoniniberadi. Shuningdek uning lazer nuri tushish yuzasini 5 —300 m
gacha o’zgartirib davolash vaqtini 1—6 minutgacha belgilash mumkin.
Og’iz bo’shlig’ikasalligini davolashda «Rascos» apparatidan foydalaniladi.
Undan chiqadigan lazer nuri 0,633 mkm to’lqin uzunligi va 15 mVt chiqish
quvvatiga ega. AGM—2 «Razbor» nomli universal
3.3-rasm AGN—106 «Yagoda» apparati
lazer qurilmasi koagulyatsiya (kesish) va davolashda qo’llaniladi. Bu
70
apparat yordamida lazeropunktura, ya’ni biologik aktiv nuqtalarga ta’sir
etish ham mumkin. Bu apparatda davolangan vaqtda kasallangan sath
maydonchalarga bo’linib ketma-ket ta’sirlantirilishi mumkin, har bir
maydonni davolashni 1—5 minut davomida amalga oshiriladi. Davolash
usuli va o’tkazish tartiblari fizioterapiya darsida o’rgatiladi. Ayrim holda
kombinatsiyalangan ya’ni ham ultrabinafsha ham infraqizil nur bilan
davolovchi apparatlardan ham foydalaniladi. Bolgariyada ishlab chiqarilgan
TU 1—400—1 markali ultrabinafsha nurlatgich 220 V kuchlanishda
ishlaydi. Sarf qilish quvvati 770 VA.
3.2.Tibbiy diagnostika va davolashda qo’llaniladigan lazerli qurilmalar
Xirurg pichog’i – kеsadi va payvandlab tikib qo’yadi, badanni kеsmasdan
opеratsiya qilish. Ko’z xirurgiyasida, onkologiyasida, tishni davolashda
(bormashina).
Tеrapiyada – lazеrli biorag’batlantirish.
Diagnostika – lazеr nuri quvvati va to’lqin uzunligini boshqarish orqali
organizmdagi to’planib qolgan hamma elеmеntlar, chеtlanishlar, qon aylanishi
ritmlarini aniqlash.
Sanoat lazеrlari paydo bo’lishi bilan jarroxlikda yangi davr boshlandi. Bu
borada mеtallarni lazеrda qayta ishlash sohasi mutaxassislarining tajribalari qo’l
kеldi.
Lazеr nuri xirurgiyada to’qimalarni qonsiz kеsishlarni bajarishda
ishlatiladi, chunki uning ta'sirida kеsilayotgan to’qimaning chеtlari payvandlanib
qolishi natijasida kapillyar qon kеtishni oldi olinadi. Onkologiyada rak
hujayralarini еmirishda ishlatiladi (chunki lazеr nuri ularda kuchli yutiladi).
71
3.4-rasm. Lazеr nurini xirurgiyada qo’llanilishi.
Oftalbmalogiyada lazеr nuri o’rnidan ko’chgan ko’z to’r pardasini
«payvandlashda» va glaukomani davolash uchun ko’z ichidagi suyuqlikni oqizib
chiqarish uchun, sklеrada mikroskopik tеshiklar hosil qilishda ishlatiladi.
3.5-rasm. Oftalbmalogiyada lazеr nurini qo’llanilishi
Dеrmotologiyada gaz lazеrining nurlanishidan tеrapеvtik maqsadda
qo’llaniladi. Lazеr nurlanishining biologik to’qimalarga ta'sirining xususiyatlarini
hisobga olib, u bilan ishlash jarayonida tajriba o’tkazuvchiga nurning tushishini
bartaraf qilish lozim, (hattoki, biror buyumdan qaytganini ham).
Lazеr skalpеl avtogеn kеskich hisoblanadi. Suyaklarni payvandlash –
alangalantirish orqali zich payvandlashdir. Muskul to’qimalarini birlashtirish ham
payvandlash vositasida amalga oshiriladi. Lazеr nurlanishi qandaydir ta'sir
ko’rsatishi uchun to’qima uni yutishi lozim. Tibbiyotda eng ko’p qo’llaniladigan
lazеr karbonat angidridli lazеrdir. Boshqa lazеrlar monoxromatikdir. Ular isitadi,
72
parchalaydi yoki ba'zi bir alohida xususiyarga ega bo’lgan to’qimalarni
payvandlaydi. Misol uchun argon lazеrining nuri shaffof dag’al jismdan erkin
tarzda o’tib o’zining enеrgiyasini hujayraga bеradi va qizil rangga yaqin rang bilan
bo’yaydi. Karbonat angidridli lazеr ko’p hollarda qo’l kеladi. Masalan, turli
rangdagi to’qimalarni bir-biriga payvandlash yoki bir-biridan ajratishda. Ammo
bunda boshqa muammo yuzaga kеladi. Qon va limfa bilan to’la to’qimalar ko’p
suvni o’zida tutib turadi, lazеr nurlanishi enеrgiyasi esa suvli sharoitda o’z kuchini
yo’qotadi. Lazеr enеrgiyasini oshirish mumkin. Lеkin bu to’qimalarning kuyishiga
olib kеlishi mumkin. Jarroxlik lazеrlari yaratuvchilari bunday noqulayliklardan
qochishlari lozim bu esa uskuna narxini kеskin oshirib yuboradi.
Mеtall payvandlash mutaxassislariga azaldan ma'lumki, ingichka mеtall
qatlamlarini kеsishda ular bir- biriga zich turishi kеrak, nuqtaviy tutashtiruvchi
payvandda esa payvandlanayotgan mеtallarning mustahkam bo’lishi uchun
qo’shimcha bosim zarur. Jarrohlikda bu uslub profеssor Skobеlkin tomonidan
qo’llangan. Skobеlkin va uning hamkasblari to’qimalarni payvandlashda ularni
ma'lum bosim ostida ushlash taklifini bildirdilar. Bu qonni siqish imkonini bеrardi.
Yangi uslubni qo’llash uchun anchagina yangi uskunalar yaratishga to’gri kеldi.
Ulardan bugungi kunda oshqozon ichak jarrohligida, o’pka, jigar ustida
bajariladigan jarroxlik amaliyotlarida kеng foydalanilmoqda.
3.6-rasm. Lazеr skalpеl avtogеn kеskich.
73
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunimizni tеxnikasiz
tasavvur qila olmaymiz. So’ngi yillarda kundalik turmushimizda ham
nanotеxnologiya, nanoelеktronika, nanotibbiyot, nanosеnsorika atamalariga tеz-tеz
murojaat qilib turamiz. Bu bеjiz emas albatta. Bugungi kunda biz mikrodunyo
imkoniyatlaridan kеchib, nanodunyo olamiga qadam qo’ymoqdamiz. Ayniqsa,
nanotеxnologiya yutuqlaridan tibbiyotda foydalanish dolzarb masala hisoblanadi.
Ayni vaqtda tibbiyotda jumboq bo’lib turgan masalalarni nanorobotlar orqali
bartaraf etish mumkin. Oddiygina bir misol, agar tanamizning biron a'zosi og’risa,
albatta og’riq qoldiruvchi tablеtka istе'mol qilamiz, turgan gapki, u shikastlangan
organdan tashqari, shikastlanmagan sog’lom a'zolarimizga ham o’z ta'sirini
ko’rsatmay qolmaydi. Nanorobotlarning afzallik tomoni shundaki, ular faqat
zararlangan hujayralar bilan ishlaydi va ularni qayta tiklaydi. Tablеtka
ko’rinishidagi nanorobotlar ichilganda yoki oddiy shprist yordamida in'еksiya
qilinganda, ular qonga tushib, tarqaladi va shikastlangan hujayraga yo’naladi. O’z
ishini bajarib bo’lgan nanorobot insondagi biologik yo’l bilan tanadan chiqib
kеtadi yoki bir qismi organizmda doimiy “navbatchilikda” qolishi mumkin.
Nanorobotlarning nazoratdan chiqib kеtishi, to’xtovsiz o’z-o’zini rеplikatsiya
qilishi muammolariga kеlsak, robotlar organizmdan tashqarida yasalib, ularni
tanaga kiritish va chiqarib yuborish zarurat tufayligina amalga oshiriladi. Agar
qandaydir nanorobot organizmda qolib kеtsa ham, uning o’z-o’zini ko’paytirish
funktsiyasini o’chirib qo’yish qiyin emas.
1996-yil Kris Fеniks forumda “Inson qoni 500 trln. robotlar bilan
almashtirilsa, nima bo’ladi?” dеgan xabar qoldirdi. Bu “aqlga sig’mas” masala
R.Fraytas bilan uzoq davrli hamkorlikka olib kеldi va natijada “Roboblood”
(Robototеxnik qon) nomli asar 2002-yilda nashr qilindi.
“Roboblood” - juda aniqlikda hisoblab chiqilgan tibbiyot nanorobotlarining
majmuasini loyihasi bo’lib, ular inson tanasida yashash va faoliyat ko’rsatish
imkoniyatiga ega bo’lgan, qonning har xil vazifalarini, jumladan, nafas gazlar
sirkulatsiyasi, glukozalar, gormonlar, chiqindilar, hujayralar tarkiblovchilari,
sitoplazmaning bo’linishi kabi vazifalarni bajaradi.
74
Inson faoliyat turiga qarab, 500 trln. mikroskopik nanorobotlar tarkibiga
kirgan, og’irligi 2 kg bo’lgan “Roboqon” 30-200 Vatt enеrgiya talab etadi.Tizim
qon tashuvchi tomirlar tuzilishiga to’la mos kеladi va tabiiy qon tomirlarni to’la
almashtirishi mumkin. Ular almazoiddan yoki shunga o’xshash biomos kеluvchi
moddadan olinadi va enеrgiyani glukoza xamda kisloroddan olishadi. Mana shu
robotlashgan qon oddiy odamga qanday afzalliklar bеradi? Imkoniyatlari bisyor:
bu kasal tarqatuvchi mikroblar bilan kurashish, tomirlarni doimiy “tozalash” va
mustahkamlash, vеnaning varikoz kеngayishi va boshqalar. Shikastlangan
hujayralarni avtomatik usulda davolash, hattoki kasal gеnlarni yangisi bilan
almashtirish kabilar.
3.3 Dermotolodik kasallik --- Psoriazni davolashda Lazer nurini ta’sir
mexanizmlarini o’rganish.
Hozirgi zamon tibbiyotida lazerli uskunalar keng qo’llanilmoqda.Shuning
uchun lazer nurlanishini bioto’qimalar bilan ta’sir mexanizmlarini o’ragnish ko’p
kassaliklarni davolashda muhim ro’l o’ynaydi.
Masalan: Xirurgik lazerlar ta’sirida tirik to’qimaning jarohatlanishi yoki
o’lishiga olib keladi, yutilish energiyasining yuqori zichligida to’qimalarni
“Ablyatsiya”si kuzatiladi. Ablyatsiya bu --- biror bir sirtdan moddani olib tashlash
manosini beradi.
Bugungi kunda lazer nurlanishini bioto’qimalar bilan o’z aro ta’siri
shuningdek undagi ablyatsiya jarayoni kam o’rganilgan soha hisoblanadi.Asosan
lazer nurlanishini bioto’qimalar bilan ta’sir mexanizmi 4 guruhga bo’linadi.
1. Issiqlik mexanizmi. Bunda ,uncha kata bo’lmagan nurlanishning yutilishlari
asosan yumshoq to’qimalarda --- suvda sodir bo’ladi.Yutilgan energiyaning
hammasi issiqlikka aylanadi.
2. Portlash ta’sir mexanizmi. Bunday mexanizmni suv bilan boy bo’lgan
yumshoq to’qimalarga Infraqizil (IQ) lazerlar lazerlar ta’sirida namoyon
bo’ladi(uzluksiz ta’sirga ega CO
2
lazer) CO
2
lazer nurlanishini to’qimada
mavjud suv molekulalari tomonidan jadal yutilishi kuzatiladi.Bunday
holatlarda sirtning yupqa qatlamida suvning tezlik bilan qiziganligi
kuzatiladi.Natijada ablyatsiya yuz beradi.Ablyatsiya jarayonida ablyatsiya
kraterlarini shakllanishi sodir bo’ladi.Shunda toqimadan qizdirilgan modda
75
bilan birgalikda energiyaning kata qismi yo’qotiladi.Krater atrofidagi yupqa
qatlamli qizdirilgan soha paydo bo’ladi.
3. Lazer nurlanishlarining qattiq to’qimalarga ta’siri. Mazkur mexanizm IQ
lazerlarni qattiq to’qimalarga (suyak,emal,tishning dentini va h,k) ta’sirida
ro;y beradi.Bu mexanim oldingi mexanizmlarga o’xshash, lekin o’ziga xos
xususiyatlarga ega:
1) Emalning termik buzilish chuqurligi uncha kata emas.(75 mkm dan kam).
2) Ablyatsion kraterlarni sirtida ablirlangan moddaning cho’kmasi hosil
bo’lishligi va turli kristalik sohalarni paydo bo’lishi.
4. Ultrabinafsha (UB) diapazondagi lazer nurlanishini biologik to’qimalarga
ta’siri.
Bunda ko’proq eksimer lazerlari A
r
F (nurlanishning to’lqin
uzunligi)
𝜆 = 193𝑛𝑚 XeCl (𝜆 = 308𝑛𝑚) kamroq CrF (𝜆 = 248𝑛𝑚)
lar qo’llaniladi. Shuningdek 211-355 nm diapazondagi to’lqin uzunliklarda
ishlovchi Eksimer lazerlar ham qo’llaniladi. IQ lazerlardan farqli ravishjda
UB nurlanishli lazerlar suvda deyarli yutilmaydi.XeCl lazerining nurlanishi
yumshoq va qattiq to’qimalarning ko’zga tashlanmas komponentalari
tomonidan tomonidan intensiv yutiladi. ArF lazerining nurlanishi oqsillar va
DNK hujayralari tomonidan kuchli yutiladi.Shuningdek bunday yutilish ko’z
olmasining shox pardasi shaffof to’qimasi tomonidan ham ya’ni
biriktiruvchi to’qima bo’lgan kollogen tomonidan ham yutiladi.
Psoriaz kasalligi bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
Psoriaz kasalligi
3.7
rasm
Psoriaz so‘zi yunoncha bo‘lib, qichima degan ma’noni anglatadi. Oddiy
xalqorasida bu kasallik qo‘tirli temiratki, qichima deb ham ataladi. Teri
kasalliklari ichida to‘p-to‘p yoki sochma ko‘rinishda uchraydigan temiratkilar
guruhiga kiruvchi bu kasallik og‘ir va o‘jar dard hisoblanadi.
76
Psoriaz xastaligi nafaqat teri kasalligi, balki organizmning umumiy kasalligi
bo‘lib, ichki a’zolarning ham shikastlanishi kuzatiladi. Kasallikda asab tizimi,
endokrin tizim va jigarda o‘zgarishlar kuzatiladi.
Kasallik ob-havoga ham bog‘liq. Yoz oylari ayrim bemorlarda psoriaz
o‘choqlari butunlay so‘rilib ketadi. Ba’zilarida esa quyosh nurlari ta’sirida
kasallikning qo‘zg‘alishi kuzatiladi. Uchinchi guruh bemorlarda bahor va kuz
oylarida kasallik qo‘zg‘aladi.
Kasallik qo‘zg‘alishiga sabab bo‘luvchi omillar:
1.Yuqumli kasalliklar (gripp, o‘tkir respirator virusli kasalliklar, suvchechak,
yuqumli parotit kasalligi, gepatit kasalligi);
2.Pnevmoniya, piyelonefrit va boshqalar;
yiringli otit, surunkali tonzillit, gaymorit, frontit, tishlar kariyesi va boshqalar;
kuchli qo‘rquv va hayajonlanish;
3.stresslar;
4.ruhiy siqilishlar;
5.ayrim dori vositalari;
6.parhezning buzilishi va b.
Kasallik belgilari
Bunda terida pushti rangdagi, chetlari tekis, yallig‘langan dog‘lar kuzatiladi.
Toshmalar boshning sochli qismida ham kuzatilishi mumkin. Dog‘lar atrofidagi
teri biroz qizaradi. So‘ngra dog‘ asta-sekin kattalashib boradi. DoQlar bir — biriga
qo‘shilishga moyil bo‘ladi. Dog‘lar ko‘pincha simmetrik tarzda joylashib, qo‘l-
oyoqlarning tashqi sathida uchraydi. Davriy ravishda qatqaloqlar hosil qiladi. Bu
dog‘lar ko‘pincha terining ko‘p ishqalanadigan sohalarida kelib chiqadi. Masalan:
yuz terisi, jinsiy a’zolar sohasida, tabiiy burmalar atrofida, dumbalar sohasida.
Bu kasallikni keltiruvchi omillar:Qovurilgan, yog‘li ovqatlar, qazi, kabob,
tuxum, sut, qandolatchilik mahsulotlari, do‘kon shirinliklari, qahva, kakao;Hatto
mahsulotlar meyorida iste’mol qilingan taqdirda ham, ularning kuch-quvvati sarf
qilinmay yoki juda kam miqdorda sarf qilinib boradi. Yillar o‘tishi bilan badanda
bunday kuchli ovqatlarning quvvatlari ko‘payib, qatlamlashib boradi. Bu hol asta-
sekin qonni qizdira borib, kasallikni keltirib chiqaradi.
77
nasliy moyillik;
ichki a’zolar kasalliklari;
iqlimiy sharoitlar;
moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklari va b.
Kasallik turlari
1. Inson badanining hamma yeriga sochma holda toshib ketuvchi xili.
2. Badanning ayrim joylarida to‘p-to‘p holda bo‘rtib chiqqan shakldagi xili.
Qo‘tirli qichima nasliy bo‘lishi ham mumkin. Lekin ko‘pincha noto‘g‘ri
ovqatlanish tufayli kasallik orttirib olinadi. Kasallik ko‘pincha surunkali kechadi
va tez-tez qaytalanib turadi. Bolalarda kasallik ko‘pincha qish oylarida qaytalanadi.
Qo‘tirli qichima turli yoshdagi odamlarda uchrashi mumkin. Lekin u
ko‘proq 50 yoshdan o‘tgandan keyin boshlanadi.
Oxirgi yillarda psoriaz kasalligini davolashda lazerterapiya usuli ham
qo‘llanilmoqda.
Kasallik qanday davolanadi?
Organizm sezuvchanligini pasaytiradigan dorilar buyuriladi (suprastin, kalsiy
glyukonat);
Kasallikning og‘ir turlarida gormonal vositalar beriladi (prednizalon);
Teriga malham dorilarni surtish tavsiya etiladi (bolalar kremi, oltingugurtdan
tayyorlangan malhamlar, salitsilat malhami, ixtiolli malhamlar va b);
Vitaminlar. Masalan: tarkibida A, E, PP vitaminlarini saqlovchi kompleks
vitaminlar.
Tinchlantiruvchi vositalar — novopassit, sedonik va b.
Kasallikning ayrim turlarida tarkibida gormonlarni saqlovchi malhamlar
buyuriladi. Oromgohlarda davolanish, dengiz va ko‘llarda cho‘milish,
serovodorodli hovuzlarda davolanish buyuriladi.
Yuqorida qayd etilganidek psoriaz kasalligini davolashga turli dorivor
moddalar,garmonal vositalar, teriga malham dorilarni surtish,tinchlantiruvchi dori
78
vositalarini qo’llanilishi qayt etilgan. Mazkur dorivor moddalar ayniqsa garmonal
preparadlar organizmda uchraydigan jarayonlarga salbiy ta’sir ko’rsatishlari
mumkin.Shuning uchun tashqi fizikaviy omillar yordamida psoriaz kasalligini
davolash bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.
Shu munosabat bilan biz tomonimizdan psoriaz kasalligini davolashda
lazer nurlanish, ta’sirini o’rganish maqsad qilib olindi.Buning uchun 5, 10, 50, 80,
150, 600 Hz chastotaa diapazonda lazer nurlanishini xosil qiluvchi
“МИЛТА Ф 8 – 01” rusumli davolovchi lazer uskunasi tanlab olindi.
Aparat keng miqyosdagi kaslliklarni davolash uchun yaratilgan bo’lib bu
aparat yordamida bemorga doimiy magnit maydoni, impulsli lazer va uzluksiz
yorug’lik nurlanishlari bilan, yaqin infraqizil nurlanishlar bilan ta’sir qilishga
mo’ljallangan bo’lib, shuning bilan bir vaqtda teri qatlamlaridan qaytgan IQ
nurlanishlarni qayta ishlash yo’li bilan tashxis qilishga mo’ljallangan.aparatning
texnik xarakteristikalari quydagicha:
1.Aparat 220 V li va 50 Hz o’zgaruvchan to’k manbasi bilan ta’minladi.
2.Tarmoqdan olinadigan quvvat 35 W ni tashkil etadi.
3.Magnit induksiyani magnit o’qidagi qiymati 20 – 80 mTl diapazonida.
4.Yorug’lik diodlarini nurlanishning maksimal yig’indi quvvati 100 mW
dank am bo’lmaydi, quvvat zichligining maksimal qiymati, 30 mW/sm
2
dan kam
emas.
5.Lazerning terminaldan chiqayotgan o’rtacha nurlanish quvvati 5 kHz
chastoda 2 mW dank am emas, o’rtacha quvvat zichligining maksimal qiymati 0.5
W/sm
2
6.Lazer nurlanishining impulsli qiymati 5W dan kam emas.
7.Impulsli lazer nurlanishing takrorlanish chastotalari. 5, 10, 50, 80, 150,
600, 1500, 5000 Hz.
8.Aparatning nurlanish rejimidagi bir karralik ekspozitsiyasida davomiyligi
diskret bo’lib, uning davomiyligi 0.25 – 15 minutgacha.
9.Lazer va yorug’lik diodlarining nurlarining to’lqin uzunliklari 0.85 dan
0.89 mkm gacha.
79
Terining psoriaz soxasiga 50,80,150 Hz li va 1mW/sm
2
quvvatga ega
bo’lgan, lazer nurlanishi bilan ta’sir ko’rsatildi.Ta’sir impulsli rejimda amalga
oshirilganligi uchun, har bir impulsning davomiyligi 0.5 daqiqani tashkil
etdi.Umumiy tasir etish vaqti esa kasallik darajasiga ko’ra 8 – 12 daqiqani tashkil
etdi.
Qayd etilgan chastotalarda va quvvatda teriga ta’sir ko’rsatilganda psoriaz
dog’larini kamayishi kuzatildi. Bunday natijaga 7 tadan 12,13 tagacha bo’lgan
seanslar natijasida erishildi. Bizning taxminimiz bo’yicha teri to’qimasida
psoriazni keltirib chiqaruvchi omillarga lazer nurining yuqorida aytib o’tilgan
issiqlik ta’sir mexanizmi asosida shu soxadagi moddalar almashinuvi jarayonlari
yaxshilanishi deb deb faraz qildik. (3.8 - 3.12- rasmlar)
(3.8- rasm)
O’tkazilgan terapiya, turli darajada psoriaz bilan hastalangan bemorlarning
12 nafarida o’tkazildi.
80
(3.9-rasm)
(3.10-rasm)
(3.11-rasm)
81
(3.12-rasm)
Lazer nurlanishining bunday kasallikka ijobiy ta’sir etish sabablari va
mexanizmlarini yanada chuqurroq o’rganish va taxlil etish kelgusidagi tadqiqodlar
rejasida nazarda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |