‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I


l- § . „Dunyoqarash44 tushunchasi, uning mohiyati



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/295
tarix02.12.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#171704
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   295
Falsafa (1)

l- § . „Dunyoqarash44 tushunchasi, uning mohiyati
Dunyoqarash—inson o ‘zini va dunyoni zaruriy ravishda
anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan
xulosalari, bilimlari asosida shakllangan turli mazmun va
darajadagi umumlashmalar tizimidir. 
Dunyoqarashni murakkab 
ijtimoiy hodisa sifatida, bir-biridan nisbatan mustaqil tarzda, 
quyidagicha izohlash m um kin: 1) dunyoqarash — dunyoning 
inson ongidagi o ‘ziga xos in ’ikosi b o ‘lib, insonning o ‘z -o ‘zini va 
dunyoni anglashi shaklidir; 2) dunyoqarash — insonning o ‘ziga
11


va uni qurshab turgan borliqqa bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydigan 
muayyan ko‘nikm alari, m alakalari, bilim lari ham da dunyoni 
amaliy va nazariy o ‘zlashtirishidir; 3) dunyoqarash — insonning 
o ‘ziga, tabiat va jamiyatga munosabati asosida yotgan e ’tiqodidir;
4) dunyoqarash — o 'tg an avlodlar qoldirgan ilmiy, m adaniy, 
nazariy merosni hozirgi davrdagi amaliy tajriba yakunlari bilan 
bog‘lab umumlashtirishdir; 5) dunyoqarash — inson o ‘z hayoti, 
faoliyatida tayanishi lozim bo ‘lgan yo‘llanmadir.
Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Bu jihatdan: har 
bir davrning, har bir avlodning, har bir ijtim oiy guruhning 
o ‘ziga xos dunyoqarashi mavjud. Shu asoslarda aytish mumkinki, 
dunyoqarash odamlarga kun tartibida turgan yangi muammolarga 
m a’lum e ’tiqodga tayanib ijodiy yondashish, fan va jam iyat 
istiqbollarini oldindan ko‘rish imkonini beradi.
Dunyoqarashning tarkibiga borliqning hissiy va aqliy in’ikosi 
sifatida hosil b o ‘lgan sezgi, idrok va tasaw urlardan tortib, nazariy 
tafakkurda mantiqiy jihatdan qayta ishlanib hosil bo‘lgan: mifologik, 
diniy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, badiiy va ilmiy 
bilimlar, nuqtayi nazarlar, ishonch va e ’tiqodlar kiradi. D unyo­
qarash, shu bilan birga, kishilaming kundalik turmushidagi oddiy 
hayotiy-am aliy m alaka va ko‘nikm alarini, ularning bilish va 
baholashga oid yo‘l-yo‘riqlari, ishonch va e ’tiqodlari, niyat va 
maqsadlarini, eng yuksak orzu va umidlarini, xullas, amaliy va 
ilmiy bilim larining jam in i, shuningdek, kishilardagi xurofiy, 
afsonaviy, g ‘ayri ilm iy nuqtayi n azarlarn i, salbiy, reaksion 
qarashlarni ham o ‘z ichiga oladi. Dunyoqarash — yuqoridagi sanab 
o ‘tilganlarning oddiy yig‘indisi bo ‘lmay, balki ularning mantiqiy 
birligidir. Dunyoqarash tarkibiga kirgan bu unsurlarning har biri 
o'ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birga, uning yaxlit tizimida 
bir butunlikni hosil qiladi va um umiy m azm unni ifodalaydi.
Har bir kishi hayotiy faoliyati jarayonida ulg‘ayib borishi 
bilan muayyan dunyoqarashi ham shakllanib, tarkib topa boshlaydi. 
Uning m a’lum bir barqaror shaklga kelishi bilan inson shaxs 
sifatida shakllana boshlaydi.
Dunyoqarash o'ziga xos vorislik va davomiylikka ega. Tarixning 
har bir davrida yashagan avlodlar dunyoqarashini o ‘rganib, 
ularning ijobiy tom onlarini o ‘zlashtirib olish juda muhimdir. Zero, 
o ‘tgan avlodlar tom onidan yaratilgan dunyoqarashlar merosi yangi 
avlod dunyoqarashining shakllanishida m a’naviy zamin vazifasini 
bajaradi.
12


Jamiyat rivojlanib borishi bilan insonning amaliy va nazariy 
bilish faoliyati, xullas, dunyoqarashi ham takomillashib boradi. 
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning dunyoqarashi, 
ya’ni dunyoni yuzaki, sodda, cheklangan tushunishdan boshlab, 
o ‘zining mifologik, diniy va falsafiy bosqichlariga tom on rivojlanib 
borganligining guvohi bo ‘lamiz.
Jamiyat taraqqiyoti bilan insonning amaliy va nazariy bilish 
faoliyati rivojlanib borib, dunyoqarashning yangi-yangi tarixiy 
shakllari paydo bo‘ladi. Bunda dunyoqarash oddiy, kundalik ongdan 
tortib, mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashlarga tom on 
rivojlanib boradi. Bu dunyoqarashning quyidagi shakllari tadrijida 
o ‘z ifodasini topadi.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin