kelgan podstansiya xizmati ustasi, muhandisi jihozlarni t a ’mir-
lashdan tashqari, ularni ishdan to'xtatadi, ish o ‘rinlarini tayyor-
laydi va ta ’mirlovchilarni ishlashiga ruxsat beradi. T a ’m ir yakun-
langach, qurilma, odatda, o ‘sha shaxs tom onidan ishga tushiriladi.
Doimiy navbatchiliksiz podstansiyalarni ishlatishning samara-
dorligi avtomatika va telemexanika qurilmalarini (A Q U , ZAK)
ishlatish hisobiga ortadi. Podstansiyaning rejimi normaldan og‘sa,
telemexanika qurilmalarining signallari elektr tarmoqning dispet
cherlik punktiga yoki navbatchi mavjud b o ‘lgan bazis podstansiyaga
keladi. Kelib tushgan signal yordamida rejimning buzilish xarakteri
aniqlanib, H TBning podstansiyaga j o ‘nash tezligi aniqlanadi.
Iste’molchilarni manbasizlashtirishda uzgichlami o'chirish avtoma
tik yoki q o ‘lda telemexanika kanallari yordamida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: