Himoya surtmasi - sin. profilaktik surtma – ish jarayonida qo‘l va yuz terisiga ziyon-zahmat etkazadigan moddalar yoki ommaviy qirg’in qurollari ta’siridan saqlanish yoxud ular ta’sirini kamaytirish maqsadida teriga surtishga mo‘ljallangan surtmalar.
Husnbuzar (sin. ugri) — seboreya va teri yog’i kimyoviy tarkibining buzilishi natijasida kelib chikadigan soch follikullarining va yog‘ ishlab chiqaruvchi bezlarining yallig‘lanishidan terida yiringli pufakchalar hosil bo‘lishi.
Ingalyasiya– maxsus apparat – ingalyator yordamida purkalgan dori moddalarni hidlash yo‘li bilan davolash usuli.
Insektitsid qalamchalar — hasharotga qarshi qo’llaniladi; qon to’htatuvchi qalamchalar — qon to’htatuvchi vosita sifatida qo’llaniladi; to’tiyo qalamchalari tarkibida mis sulfat va jelatin saqlaydi. Traxomada kuydirish uchun ishlatiladi; qalamcha dorilar, oddiy yoki murakkab dorilardan silindr shaklida tayyorlangan dori qalamcha; kumush nitrat qalamchasi — yaralar (sugal)ni kuydirish uchun ishlatiladi; mentolli qalamcha — migrenda teriga surtiladigan mentol saqlovchi qalamcha.
Izotonik eritmalar— osmotik bosimi qon bosimining osmotik bosimi bilan teng bo’lgan eritmalar (mas. natriy xloridning 0,9% li, glyukozaning 5% li suvli eritmalari).
Instillyasiya — suyuq dori vositalarini tomchilab yuborish; mas. siydik chiqarish kanali yoki qovuqqa biror modda eritmasini instilyator yordamida tomizish.
Karamellar (ledensы) – og‘izda so‘riladigan, og‘iz bo‘shlig‘i tomoq va oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan, tarkibida dori modda (asosan antiseptik, mikrob va zamburug‘larga qarshi ta’sirga ega dori moddalar) va ko‘p miqdorda invertlangan qand saqlovchi yoki saqlamaydigan, (qand o‘rnini bosuchi moddalar bilan tayyorlangan), xushbo‘ylashtiruvchi essensiyalar va efir moylari qo‘shilgan dozalarga bo‘lingan qattiq qandolat dori turiga aytiladi.
Keratolitik vositalar– epidermisning gipertdori gipertrofiyaga uchragan muguz qatlamini yumshatish va ko‘chini chaqiradigan dori moddalar.