Yuridik atamalar lug‘ati advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro. Affekt


KOMANDIRLAR, BOSHLIQLAR VA ULARNING SHAXSIY TARKIBNI TARBIYALASHDAGI O‘RNI



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə24/32
tarix03.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#106581
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Guruh qo\'llanman

KOMANDIRLAR, BOSHLIQLAR VA ULARNING SHAXSIY TARKIBNI TARBIYALASHDAGI O‘RNI
Komandir nafaqat harbiy rahbar, balki o‘z qo‘l ostidagilarning tarbiyachisi hamdir. Boshliqning bu xususiyati Qurolli Kuchlar nizomlarida, avvalo, Ichki Nizomida mujassamlashgan. Komandirlar va boshliqlar harbiy-siyosiy jihatdan har tomonlama tayyorlangan, zamonaviy jang sir-asrorlarini, yangi qurol va jangovar texnikani chuqur biladigan, o‘zida ma’naviy-axloqiy sifatlarini mujassamlashtirgan, harbiy ilmning, pedagogik va psixologiyaning zamonaviy yutuqlariga tayanadigan murabbiy va tarbiyachilardir. Komandirlar va boshliqlar tarbiyachi sifatida, yuksak huquqiy qo‘l ostidagilar o‘rtasida faol tarbiyaviy ishlarni Shaxsiy tarkibga bor bilimlari, omilkorligi, kishilami ishontira olish, yuqori axloqiy sifatlar, namunali xulqini va shaxsiy ibratlarini singdirish, xalqimizning mentaliteti, urf-odatlari va an’analari, diniy e’tiqodi, ajdodlar an’analariga sodiqlik, ishlarini tashkil etishdir
Hozirda jangovar tayyorgarlikni yuqori darajaga ko‘tarish zamon talabiga aylanmoqda. Jangovar tayyorgarlikni tashkil etish barcha komandirlar, shtab qo‘mondonlik tarkibi va tarbiyaviy ishlar bo‘limlarining birinchi darajali vazifasi hisoblanadi va u O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘- mondoni ko‘rsatmalari va Mudofaa vaziri buyrug‘i bilan belgi- langan reja asosida amalga oshiriladi.
Qo‘shilma, qism va bo‘linmalardagi jangovar tayyorgarlik bevosita komandir rahbarligi ostida tashkil etiladi, u har qanday mashg‘ulotni yuksak darajada o‘tkazishni tashkil qila bilishi lozim. Har qanday toifadagi komandir mahorati faqat o‘z qurolini qan- day mohirona ishlata olish bilan emas, uni qo‘l ostidagilarga o‘rgata olishi bilan ham o‘lchanadi. Jangovar tayyorgarlik armiya hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan. Ular bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Jangovar shaylikm ta’minlashgajangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikning barcha yo‘nalishlari, xizmatni tashkil etish, ichki va garnizon qorovul xizmati,jangovar navbatchilikka yo‘naltirilgan. Jangovar tayyorgarlikning asosiy elementlaridan biri sergaklikdir. Sergaklik doim dushman tajovuzini qaytarishda bosh rolni o‘ynagan. Mana shundan kelib chiqqan holda har bir yosh askar Qurolli Kuchlar safiga kirayotganida, avvalo, sergak jangchi bo‘lishga tantanali ravishda qasamyod qiladi. Mintaqamizda harbiy-siyosiy vaziyatning murakkablashuvi harbiy xizmatchilar tayyorgarligida komandirlar oldiga alohida mas’uliyat qo‘yadi. Ulaming g‘oyaviyjihatdan chiniqqan, milliy mustaqillik g‘oyalariga, xalq va Prezidentiga sodiq, sergak askarlar bo‘lib yetishishlariga alohida e’tibor beriladi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin