Yurak va qon tomir haqida tushuncha Endokardit


Davolash. Hozirgi davrda revmatizmni davolash uch bosqichda olib boriladi



Yüklə 30,01 Kb.
səhifə2/2
tarix02.05.2023
ölçüsü30,01 Kb.
#106382
1   2
1538819460 72642

Davolash. Hozirgi davrda revmatizmni davolash uch bosqichda olib boriladi.

  1. Kasallikni faol davrida kasalxonada davolash.

  2. Kasalxonadan chiqqandan keyin davolashni poliklinikanikardiorevmatologik xonasida davom ettirish.

  3. Bemorni ko’p yillar davomida poliklinikada kasallikqaytalanishining oldini olish maqsadida davolash va nazorat qilib borish.

Davolash muolajalari quyidagilardan iborat:

  1. streptokokk infeksiyasiga qarshi kurashish;

  2. faol revmatik jarayonni davolash;

d) immunologik o’zgarishlarni bartaraf qilish.
Revmatizmning faol davrida streptokokk infeksiyasini yo’qotish uchun antibiotiklar, asosan, penitsillin va yarim sun’iy penitsillinlar qo’llaniladi. Davolash ikki hafta davomida olib boriladi. Sulfanilamidlar va tetratsiklin guruhidagi antibiotiklarni qo’llash maqsadga muvofiq emas, chunki bu dorilar bakteriostatik ta’sir ko’rsatib, streptokokklarning chidamli turlari paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Faol revmatizmni davolashda yallig’lanishga qarshi har xil nosteroid dorilar ham qo’llaniladi. Bulardan asetilsalitsilat kislota 1 g dan 3—4 marta (bir kunda 3—4 g) beriladi. Bu dori bemorga foyda bermasa yoki yoqmasa, 0,4 g dan bir kunda 3 marta brufen yoki 0,15 g dan butadion buyuriladi. Qo’shimcha salbiy ta’siri kamroq bo’lgan voltoren yoki indometatsin (0,05 g dan bir kunda 3 marta) ham berilishi mumkin.
Bu dorilarni ovqat yoki sut bilan bir vaqtda ichish kerak.
Bemor shifoxonadan chiqqandan keyin asetilsalitsilat kislotani bir kunda 1,5—2 g, brufenni 0,6 g, indometatsin va voltorenni 0,02—0,05 g ichish buyuriladi, bu dorilarni poliklinika shifokori nazorati ostida qabul qilish kerak. Ambulatoriya sharoitida davolanish muddati revmatik jarayonning kechish xususiyatlariga: o’tkir, o’rtacha o’tkir kechganda, 1—2 oyga cho’zilib va uzluksiz qaytalab kechganda, 2—4 oy bo’lib, laboratoriya ko’rsatkichlarining asli holiga qaytishiga bog’liq.
Kasallik qaytalashining oldini olish tadbirlari bemorlarga yil bo’yi har oyda 1500000 TB dan bitsillin-5 qo’llab, streptokokk infeksiyasiga qarshi kurashish, infeksiya o’choqlarini davolashni o’z ichiga oladi. Revmatizm bilan kasallanganlar, albatta, dispanser hisobiga olinadi va kasallik qaytalanganligini o’z vaqtida aniqlash, uni davolash, yurak illatlari og’irlashib borganda jarrohlik usuli bilan davolash zarurligi masalalari hal qilib boriladi.
Profilaktikasi. Kasallikning birlamchi oldini olish surunkali infeksiya o’choqlarini, streptokokka sabab bo’lgan kasalliklarni qunt bilan davolashni, tanani jismoniy tarbiya yordamida chiniqtirishni, uy-joy, o’qish sharoitlarini yaxshilashni, sog’lom hayot tarzini, radio, televideniye, matbuot orqali targ’ib qilishni o’z ichiga oladi.
Profilaktikaning asosi organizmning tabiiy immuniteti va turli infeksiyalarga nisbatan qarshiligini mustahkamlashdir. Bizda shunday chora-tadbirlar amalga oshiriladiki, bu birinchidan, sog’lomlashtiruvchi chora-tadbirlarni ko’rish, ikkinchidan, revmatizm xususida mushkul irsiyatga ega bo’lgan surunkali tonzillit va boshqalar bilan og’rib yurgan kishilarda profilaktik davoni o’tkazib turishdir. Buning uchun 5—6 kunda bir marta 600000 TB da bitsillin inyeksiyasi tavsiya etiladi (hammasi bo’lib 5 inyeksiya) kuniga 2—3 g asetilsalitsilat kislota yoki 0,3 g butadion ichib turiladi.
Parvarishi. Bemorni parvarish qilish katta ahamiyatga ega. Aksariyat bemorlar juda ko’p terlaydi, shuning uchun ichki kiyimlari, oqliklari tez-tez alishtirib turilishi, badan terisi bichilib ketmasligi uchun uni suv qo’shilgan atir bilan artib turish, kasal bo’g’imlarni issiq tutish kerak.
Yurak-tomirlar sistemasi kasalliklarida qilinadigan barcha parvarish yurak ishini imkoni boricha yengillashtirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Tabiiyki, bemorga ruhan orom beradigan sharoit yaratib berish: xafa qiladigan, ba’zan esa to’satdan quvontirib yuboradigan har qanday his-hayajonlardan uni mumkin qadar ehtiyot qilmoq kerak.
Revmatizm bilan og’rigan bemorlar kasalxonadan chiqib ketganlaridan keyin sovqotishdan ehtiyot bo’lishlari lozim, zax binolarda bo’lish bilan aloqador ish ularga to’g’ri kelmaydi. Bu haqida albatta hamshira bemorga suhbat vaqtida aytib o’tishi kerak.

O’tkir qon tomir yetishmovchiligi


O’tkir qon tomir yetishmovchiligiga og’ir jismoniy shikastlanish, ruhiy iztirob, zaharlanish, organizmga yuqori harorat ta’siri (qattiq qizib ketish), qon va suyuqlikni ko’p yo’qotish (masalan, vaboda ko’p ich ketishi va tinimsiz qusish) sabab bo’ladi. Rivojlanish mexanizmiga ko’ra o’tkir tomir yetishmovchiligidan farq qiladi. Tomir yetishmovchiligida tomirlar, asosan, vena tomirlari funksiyasi keskin buziladi. Venalarning asosiy roli yurakka qonni muayyan bosim ostida olib kelishdan iborat, venalar funksiyasi buzilganda, ularning tonusi pasayadi, venoz o’zani kengayadi, undagi bosim pasayadi. Shunga ko’ra yurakka va arterial tarmoqqa venoz qon kam tushadi, yurak o’z qisqarishi bilan arterial o’zanga qonni yetarlicha „itara olmaydi“, natijada miya va yurakning o’zida qonsizlanish simptomlari paydo bo’ladi. O’tkir tomirlar yetishmovchiligi hushdan ketish, kollaps, shok bilan yuzaga chiqadi.

Hushdan ketish


Hushdan ketish deganda miyaning o’tkir qonsizlanishi (ishemiyasi) natijasida qisqa vaqtga hushni yo’qotish tushuniladi. Hushdan ketish — o’tkir tomir yetishmovchiligining eng yengil turi bo’lib, nerv sistemasi kuchsiz shaxslarda shamollatilmagan xonada, jaziramada uzoq vaqt bo’lish, emotsional va ruhiy zo’riqish kabi tashqi yoqimsiz ta’sirlar natijasida sodir bo’ladi.
Simptomlari: bemor hushidan ketadi, rangi oqaradi, terisini sovuq ter bosadi, qorachiqlari torayadi, ko’ngli aynishi mumkin, puls kuchsiz, tezlashmagan, nafasi siyrak bo’ladi. Kollaps
Simptomlari: es-hush yo’qotilmagani holda tinka-mador quriydi. Bemor qattiq tashnalikdan shikoyat qiladi. Nafasi yuzaki, tezlashgan, terisi keskin oqarib ketadi, sovuq ter bosadi, tana harorati pasayib ketgan, og’iz quriydi, arterial bosim keskin pasaygan, puls tezlashgan, ipsimon bo’ladi.

Shok


O’tkir tomir yetishmovchiligining keng ifodalangan turidan iborat, shok aksariyat og’ir shikastlanishda, kuyishda,
o’tkir miokard infarktida, allergik reaksiya (anafilaktik shok)da yuz beradi. Shokning rivojlanish mexanizmi organizmning ro’y-rost yuzaga chiqqan nerv-reflektor reaksiyasiga asoslangan (patologik buzilishlar zaminidagi qattiq og’riqda, og’ir ruhiy iztiroblarda). Shok gumoral omillar ta’sirida, masalan, kuyish, shikastlanish oqibatida to’qima parchalanganda, majaqlanganda to’qimalardan plazma bilan birga, yemirilgan tomirlardan chiqadigan to’qima suyuqligi yo’qotilganda kuzatiladi. Buning natijasida qonga gistaminsimon moddalar nomini olgan moddalar tushadi. Bu tomirlarni kengaytiradi, ular tonusini pasaytiradi, shuningdek, arterial bosimni keskin tushirib yuboradi.
Travmatik shokning ikki bosqichi farq qilinadi: erektil bosqich— qisqa muddatli qo’zg’alish, so’ngra torpid — pasayish bosqichi. Bemor es-hushini yo’qotmagan bo’lib, havo yetishmayotganidan noliydi, teri qoplamlari oqarib ketgan, sovuq ter bosgan, pulsi va nafasi tezlashgan, arterial bosimi pasaygan bo’ladi. Shokning klinik manzarasi ko’p jihatdan uni keltirib chiqargan kasallik simptomlari bilan bog’liq.
Shokda davolash. Davolash tadbirlari kompleksida imkon boricha MNS faoliyatini yaxshilash ko’zda tutiladi. Shu bilan birga organizmda suyuqlik miqdorini ko’paytirish, tomirlar tonusini oshirish choralari ko’riladi. Kuchli og’riqda narkotiklar (morfin, pantopon) yuboriladi yoki novokainli blokada qilinadi.
Shok holatidagi bemorni isitish, achchiq qilib damlangan bir stakan issiq shirin choy, 50—100 ml alkogol ichirish yoki venaga (yutish qiyinlashganda) etil spirtining 50% li eritmasidan 20— 25 ml ni 50—75 ml 40 %li glukoza eritmasi bilan yuborish zarur. Brom preparatlari, uxlatadigan vositalar yaxshi naf beradi.
Arteriyaga qon yoki qon o’rnini bosadigan suyuqliklar quyish, ko’p suyuqlik ichirish, izotonik natriy xlorid eritmasi, glukoza eritmalarini (venaga yoki teri ostiga) yuborish lozim.
Bemor doimiy kuzatuvga muhtoj bo’ladi. Shokka qarshi tadbirlar bilan birga, asosiy kasallikka davo qilinadi.
Hushdan ketganda davolash. Bemor oyoqlarini boshidan balandroq vaziyatda qilib yotqiziladi, bu miyaning qon bilan ta’minlanishini yaxshilashga imkon beradi.
Bemor sof havodan bahramand bo’lishi kerak. Uning siqib turgan kiyimlarini yechib qo’yiladi. Hushdan ketganda badanga sovuq suv purkash, so’ngra ishqalash va isitish, 1—2 marta novshadil spirti bug’larini hidlatish shoshilinch tibbiy yordam choralaridan hisoblanadi. Bu choralar qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi. Agar bu choralar natija bermasa, bemor terisi ostiga 1 ml kordiamin yuboriladi.
Kollapsda davolash. Dastlab kollapsni keltirib chiqargan sabablar imkoni boricha bartaraf qilinadi (qon oqishini to’xtatish, intoksikatsiyaga qarshi choralar ko’rish). Bemorga jismoniy va ruhiy jihatdan to’la osoyishtalik yaratiladi. Venaga 0,5 ml kordiamin va 0,3— 0,5 ml 1% li mezaton eritmasi (yoki 0,3— 0,5 ml 1% li noradrenalin eritmasi) 20 ml 40% li glukoza eritmasida yuboriladi. Teri ostiga 1 ml 20% li kofein yoki kamfora eritmasi yuboriladi, hidlatishga kislorod beriladi.
Keyinchalik venaga tomchilab (minutiga 20—40 tomchi) taxminan 5ml 1% li mezaton eritmasi yoki 5ml 1% li noradrenalin eritmasi 500 ml izotonik natriy xlorid eritmasida yoki shuncha miqdor 5% li glukoza eritmasida kiritiladi. Agar quyish boshlangandan keyin 5min o’tgach arterial bosim ko’tarilmasa, dori yuborish tezligini minutiga 50—70 tomchigacha oshirish zarur.
Arterial bosim normal raqamlargacha oshganda va kollapsning klinik belgilari yo’qolganda ko’rsatib o’tilgan preparatlarni berish tezligi asta-sekin kamaytiriladi. So’ngra dori quyush to’xtatiladi. Noradrenalinning pressor xususiyatini kuchaytirish uchun 1ml 0,1%li atropin sulfat eritmasini yuborish maqsadga muvofiq. Kollaps yuz berganda venaga yuboriladigan mezatonli yoki noradrenalinli suyuqlik aralashmasiga prednizolon yoki kortizon qo’shiladi. Kollapsni davo qilishda noradrenalinga nisbatan qariyb 10 marta kuchliroq gipertenzinni qo’llash maqsadga muvofiq. Ayrim hollarda arteriyaga 250 ml qon yoki qon o’rnini bosuvchi suyuqlik (poliglukin va b.) quyiladi.
Qon quyishda mos kelmaslikka individual sinama, shuningdek, biologik sinama (3 marta) o’tkazish tavsiya etiladi. Bemor yaxshi shamollatilgan xonada bo’lishi kerak, tashqi ta’sirotlar (yorug’ chiroq, shovqin) bartaraf qilinadi.
Parvarishi. O’tkir tomirlar yetishmovchiligi vujudga kelganda bemor parvarishi har bir holatda (hushdan ketish, kollaps, shok) o’z xususiyatlariga ega. Lekin har bir holatda ham hamshira tezkor harakat qilib bemor parvarishini rejalashtiradi. Bemorga osoyishtalik yaratish, uni isitish, toza havoni ta’minlash, issiq ovqat va ichimliklar berish kerak. Qon tomir yetishmovchiligining turlarini nazarga olgan holda, shoshilinch yordam rejasi yuqorida aytib o’tilgandek o’tkaziladi.

Adabiyotlar:



  1. O’. B. Sharapov. Ichki kasalliklar. Abu Ali ibn Sino. T., 1994.

  2. K. Bahodirov. Ichki kasalliklarda tashxis va diagnostika. T., 1993.

  3. L.S. Zalikina. Bemorlarning umumiy parvarishi. T., 1995.

  4. N.M. Kamolov. Ichki kasalliklar. T., 1996.

  5. V.A. Galkin. Ichki kasalliklar. T., 1989.

  6. E.Y. Qosimov. Ichki kasalliklar propedevtikasi. T., 1998.

Yüklə 30,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin