86
O‘quvchilarda yozma nutq malakalarini tarkib toptirish, mustaqil
ijodiy fikrlash hamda o‘zbek tilining boy ifoda vositalaridan o‘rinli va
unumli foydalana olish ko‘nikmalarini hosil qilish; ularning lisoniy
savodxonligini oshirish, tanlangan matnni adabiy-badiiy jihatdan aniq
va puxta, mantiqiy izchil, ijtimoiy hayot va voqelik bilan bog‘liq
holda yoritishga o‘rgatish maqsadida tez-tez bayon o‘tkazib turish
maqsadga muvofiqdir.
Bayon – yozma ishlarning asosiy turlaridan biri bo‘lib,
o‘quvchining matn mazmunini o‘z so‘zi bilan yozma ravishda qayta
bayon etishdan iborat ijodiy ishidir. Berilgan matndagi asosiy
omillarga diqqat qilish, matnni qisqartirish yo‘llarini bilish bayonning
muhim xususiyatlaridan biridir. Ba’zi o‘rinlarni kengaytirib yozish
vaqtida qisqa gaplar tuzish, zarur sitatalar keltirish malakasi paydo
bo‘ladi. Bunday ish turi o‘quvchilarni insho yozishga tayyorlaydi,
matnlarga ijodiy munosabatni rivojlantiradi.
Bayon yozish jarayonida o‘quvchilar asarning mavzusi,
mazmuni hamda asosiy g‘oyasini chuqur tushunib oladilar. Bu esa
nutq malakasini takomillashtirishga ham yordam beradi. O‘quvchilar
grammatika va imlo yuzasidan olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq
etadilar, materialni mustaqil va izchil bayon etish qobiliyatiga ega
bo‘ladilar, ularning nutqida yangi-yangi so‘z va iboralar paydo
bo‘ladi. Shu jihatdan bayon o‘quvchilarda yozma nutq malakasini
hosil qilishda muhim o‘rin tutadi.
Yuqorida qayd etilganidek, amaldagi Davlat ta’lim standartining
bosh maqsadiga ko‘ra o‘quvchilarni ijodiylikka, mustaqil fikrlashga
o‘rgatishda bayonning o‘rni beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: