ANDIJON VILOYATDA YANGI ISH JOYLARINI TASHKIL ETISHGA BO`LGAN EHTIYOJNING TAHLILI
Ma`lumki, ish bilan bandlik va ishsizlik bir-biriga o`zaro bog`liq ravishda o`zgarib turadi. Chunki ish bilan bandlikdagi har qanday o`zgarish ishsizlikka ham ta`sir ko`rsatadi. Aholining ish bilan bandlik darajasining oshishi ishsizlikning kamayishiga olib keladi yoki aksincha. Shu sababli aholining ish bilan bandlik holatini atroflicha o`rganishda ishsizlik holatiga ham baho berish kerak bo`ladi.(6-jadval)
Viloyatda ro`yhatga olingan ishsizlar quyida keltirilgan 5-jadvalga kora 2019 yilda 2015 yilga nisbatan 17.1%ga oshgan, tumanlardagi bandlikka ko`maklashuvchi markazlar hodimlarining o`tkazib brogan so`rovlari natijalariga ko`ra mustaqil tarzda ish izlab yurganlar soni 111.4% ga ortgan, shu bilan birga mehnat organlarida ro`yhatga olingan rasmiy ishsizlar soni 17.1%ga ortgan.
6-jadval Andijon viloyatida ishsizlar holati, kishi
Ko`rsatkichlar
2015yil
2016yil
2017yil
2018yil
2019yil
2019yil 2015yilga nisbatan %
Jami mehnatga muxtij ishsiz aholi soni
66 342
68 465
73 663
75 643
77 485
117,1
Shundan
Mustaqil tarzda ish izlayotgan ishsizlar
66 239
68 366
73 568
75 536
77 376
117,1
Mehnat organlarida ro`yxatga olingan rasmiy ishsizlar
103
99
95
107
109
111,4
Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan.
Bugungi kunning dolzarb bo`lgan vazifasi mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasida intensive ravishda qaytadan taqsimlash, aholining mehnatda band bo`lsh tarkibini, tuzilishini aholiga xizmatko`rsatuvchi sohalar va yakka tadbirkorlik hisobiga o`zgartirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
Ish o`rinlariga bo`lgan ehtiyoj ishga joylashishga muhtoj band bo`lmagan aholi bilan birga mehnat bozorida ilk bor ishchi kuchini taklif qiladigan shaxslar (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o`quv yurtlari va boshqa ta`lim muassasalari bitiruvchilari bo`lmish mehnatga layoqatli yoshdagilar) hisobiga shakllantiriladi. Shunday ekan viloyatda kasb-hunar ko`llejlari bituruvchilari monitoringini olib borish natijalari orqali jami bitiruvchilar sonini aniqlash orqali qancha yangi ish o`rinlarini tashkil etish zarurligi aniqlanadi. (7-jadval)