Yosh fiziologiyasi va gigiyena


-Mavzu. O`quvchilarning ovqatlanish tartibini gigiyenik baholash



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə41/62
tarix16.12.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#181461
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
Yosh fiziologiyasi va gigiyena

7-Mavzu. O`quvchilarning ovqatlanish tartibini gigiyenik baholash

O`quvchilar uchun quyidagi jadvallardan foydalaniladi:


1) Ovqat moddalarining kimyoviy tarkibi va beradigan kalloriyasi.
2) Bir sutkada istemol qilinadigan mineral tuzlarning fiziologik normasi.
3) Osmirlar uchun bir sutkada beriladigan oqsil, yog, va uglevodlarning fiziologik normasi.

Umumiy tushuncha.


Ovqat odam organizmida ikkita muhim vazifani bajaradi:


- birinchidan ular energiya manbai bo’lib hisoblanadi va barcha aqliy hamda jismoniy mehnat, ovqat moddalarining organizmda kimyoviy yo’l bilan parchalanishidan hosil bo’ladigan energiya hisobiga bajariladi;
- ikkinchidan ovqatli moddalar qurilish (plastik) material bo’lib, ular hujayralarning eskirgan tarkibiy qismlarini o’zluksiz ravishda yangilanib turishi hamda yosh hujayralarni yangidan hosil bo’lishi (ko’payishi) uchun sarflanadi.
SHunday qilib, bolalar va o’smirlar organizmini o’sishi va rivojlanishi miqdor va sifat jihatdan gigiyenik talabga muvofiq tashkil qilinmog’i lozim.
Asosiy ovqat moddalari bo’lib, oqsillar, yog’lar, uglevodlar (karbonsuvlar) hisoblansdi. Bulardan tashqari ovqat tarkibida yetarli miqdorda vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo’lishi kerak.
Gigiena fani talabiga binoan bolalar va o’smirlarning ovqatlanishi ratsional va balansli tashkil qilinmog’i zarur. Ovqatlanishni ratsional bo’lishi deganda kun davomida ovqat ma’lum vaqtlarda istemol qilinishi kerak, ya’ni rejim bilan. Ovqat balansli bo’lishi deganda uning tarkibidagi oqsillar, yog’lar, uglevodlar miqdori organizmning fiziologik ehtiyojiga asoslangan holda belgilanishi kerak, ya’ni kishini jinsi, yoshi bajaradigan mehnati, sog’lig’i hisobga olinmog’i lozim.

Mavzuning maqsadi:


1. Ovqatli moddalarni energetik hususiyatini aniqlash usuli bilan tanishish.


2. Maktab o’quvchilarining sutkalik ovqatini balanslash usuli bilan tanishish.
3. Maktab o’quvchilarining ovqatlanish rejimini tashkil qilish tartibi bilan tanishish.

Mashg’ulotni bajarish tartibi:


1. Talabalar kichik guruhlarga bo’linishadi, har qaysi guruh quyidagi vazifalarni bajaradi:


a) ma’lum yoshdagi (sinf) o’quvchilari uchun bir sutkada zarur bo’lgan ovqat kaloriyasini aniqlash;
b) shu kaloriyani olish uchun kerak bo’lgan ovqat moddalarining miqdorini aniqlash (oqsil, yog’, uglevodlar);
v) ovqat rejimini tuzish, ya’ni sutkalik ovqat kaloriyasini nonushta, tushlik, kechki ovqat vaqtlariga taqsimlash.

Mashg’ulotni bajarish tartibi:



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin