Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə60/84
tarix12.05.2022
ölçüsü190,35 Kb.
#57750
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
fiziologiya

Hiqildoq – bir-biriga birikkan harakatchang tog`aylardan iborat bo`ladi. Bolalarda hiqildoq tana uzunligiga nisbatan kattalarga qaraganda uzunroq bo`ladi. hiqildoq bolaning besh yoshida va jinsiy balog`at davrida intensiv rivojlanadi. Qizlarning 3 yoshida hiqildoq, shu yoshdagi o`g`il bolalarga nisbatan kichiqroq, va torroq bo`la boshlaydi. Ayollar hiqildog`i, erkaklarnikiga nisbatan 1/4 qismga kichiqroqdir. Hiqildoqning o`sishi odamning 20-30 yoshigacha davom etadi. Yosh bolalarda ovoz yorig`i tor, hiqildoq va ovoz boylamlari mo`staqil ovoz mushaqlari intensiv ravishda rivojlana boshlaydi. o`g`il bolalarning 12 yoshidan boshlab qizlarga nisbatan ovoz boylamlar tori uzunroq, bo`la boshlaydi. Shuning uchun o`g`il bolalarda ovoz pastroq bo`ladi.

Traxeya-bo`yinning oldingi qismida joylashgan bo`lib, hiqildoqning pastga qarab yunalgan davomi hisoblanadi. Uning pastki uchi 5-6 ko`krak umurqasi damiga kelib, ikkita bronxga bo`linadi.

Traxeya tutashmagan tog`ay halqalardan tashkil topgan, ularning uchlari orasiga biriktiruvchi to`qima pardasi tortilgan. Kichiq yoshdagi o`quvchilarda bu parda, kattalardagiga qaraganda kengrok bo`ladi, chunki halqalarning tog`ayi to`la rivojlanmagan bo`ladi.

Traxeyaning ichki tomonidan nozik shillik parda bilan qoplangan. Uning yo`li shu qadar torki, shilliq pardasi yallig`langanda yoki traxeya ichiga yot jismlar to`shib qolganda nafasning qiyinlashib qolishiga sabab bo`ladi.

Traxeyaning uzunligi yangi to`g`ilgan bolalarda 3-4 sm, 5 yoshda 5-6 sm, 10 yoshda 6,3sm, 15 yoshda 7,5 sm, kattalarda esa 9-12 sm ga to`g`ri keladi. Bolalarda traxeyaning shilliq qavati nozik, qon va limfa tomirlari bilan juda yaxshi ta`minlangan. Shuning uchun ba`zida kattalarga nisbatan chang zarralari mikroblar bola traxeyasining shilliq qavatiga tez o`rnashib qoladi.




Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin