Yopiq urug'li o'simliklarning changdon devori tuzilish tiplari Reja



Yüklə 35,81 Kb.
səhifə4/7
tarix16.12.2023
ölçüsü35,81 Kb.
#181410
1   2   3   4   5   6   7
SITOMEMBROLOGIYA Yopiq urug

Megasporogenez. Megasporalar deb ataladigan maxsus yirik hujayralarning hosil bo’lishidan iborat murakkab jarayon. Urug’kurtak taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, nusellus va integumentlar hosil bo’lishidan avval, bitta hujayra o’zining yirikligi va quyuq sitoplazma hamda yirik yadroga ega bo’lishi bilan ajralib turadi. U arxesporial yoki megasporalar hosil qiluvchi ona hujayra hisobalnadi. Uruhkurtakda meyoz bo’linish kuzatilib, bunda ona hujayra tez o’sadi va keyin ikki marta bo’linishidan so’ng to’rtta gaploid hujayra – megasporalar tetradasi hosil bo’ladi. Bu hujayralar dastlab bir tik qatorda joylashib, deyarli bir xil o’lchamga ega bo’ladi. Keyinchalik ularda notekis o’sish kuzatiladi. Eng pastda joylashgan hujayra tez o’sishni davom ettirib, qolgan uchta hujayrani siqib qo’yadi. Natijada qolgan hujayralar o’sishdan to’xtab erib ketadiY. Yaxshi o’sayotgan hujayra, ya’ni megaspora o’sishni davom ettirib katta o’zgarishlarga uchraydi. Natijada murtak qopchasi shakllanadi. Murtak qopchasi hosil bo’lishida megasporaning mag’zi ketma-ket uch marta bo’linadi. Rosmana shakllangan murtak qopchasining bir qutbida 4 ta, ikkinchi qutbida ham 4 ta yadrodan iborat 8 ta qutbiy hujayralarga ega bo’ladi. Urug’lanish jarayotidan avval qutblardan bittadan yadrolar murtak qopchasining o’rtasiga kelib o’zaro qo’shiladi va bitta yadro, ya’ni murtak qopchasining ikkilamchi yoki markaziy mag’zini hosil qiladi. Keyinchalik murtak qopchisidagi 7 ta yadroni sitoplazma hrab oladi. Shunday qilib, murtak qopchasida 7 ta qobiqsiz hujayralar kelib chiqadi. Miropilga yaqin joylashgan hujayralardan biri yirik bo’lib, uni tuxum hujayra, qolgan ikkitasi esa (uning ikki yonida joylashgan) sinergidlar deb ataladi. Murtak qopchasining xalaza tomonidagi hujayralar antipodlar deyiladi. Markazda esa markaziy yoki ikkilamchi yadro joylashadi. Ana shu holatdagi murtak qopchasi gulli o’simliklarning urg’ochi jinsiy nasli gametofitdir.
Gullashning mohiyati changdonning yorilib changni qabul qilishga tayyor turgan og’izchaga tushishi bilan belgilanadi. O’simlik gullashdan oldin g’uncha hosil qiladi. G’unchaning gulkosabarglari bilan tojbarglari-ning pastki qismlari yuqoriga tez o’sadi va ochiladi. Ayni paytda changchilar va urug’chilar ham ochiladi. Shu hodisa gullash deb ataladi. Gullashning tugashi gultoji-ning, ba’zan gulqo’rg’onning so’lishi bilan belgilanadi. Lekin ayrim o’simliklar, masalan soxta kashtanda gultoji gullashdan keyin ham ancha kun saqlanib turadi. Alohida gullarning gullash muddati turlicha: bir necha soatdan – bir necha haftagacha (masalan, arxideyalarda). Gulning ochilishi ma’lum harorat va namlikni talab etadi. Shu sababli ayrim gullar ertalab ochilsa, boshqalari peshinda yoki kechqurun ochiladi.
Changlanish va urug’lanish bir – birlari bilan chambars bog’langan murakkab biologik jarayondir. Changlanish changdonda yetilgan chang donachasini urug’chi tumshuqchasiga (yopiq urug’larda) yoki urug’kurtakka (ochiq urug’lilarda) kelib tushishidan iborat. Changlanish asosan ikki xili ajratiladi: o’zidan changlanish va chetdan changlanish.
O’zidan changlanish ikki jinsli gulning changchilarida yetilgan changni ayni shu guldagi urug’chi tumshuqchasiga tushushidir. Agarda bir o’simlik gulidagi changlar ikkinchi o’simlik gulidagi urug’chi tumshuqchasiga tushsa, bunda chetdan changlanish sodir bo’ladi. Chetdan changlanish gulli o’simliklarning asosiy changlanish usuli hisoblanib, u ko’pchilik turlar uchun hosdir.
Ochilmaydigan mayda gulli o’simliklarning o’zidan changlanib urug’lanishi kleystogamiya deb ataladi. Kleystogamiya avtogamiyaning bir ko’rinishi bo’lib tashqi muhitning noqulay sharoitlari natijasida kelib chiqqan.
Chetdan changlanish. Chetdan changlanish ko’pchilik o’simliklar uchun qulaydir. Chunki bunday changlanish usulida har xil irsiy belgilarda ega bo’lgan gametalar qo’shiladi. Shuning uchun ham chetdan changlanish avtogamiyaga nisbatan ancha ustun turadi.
Shunday qilib, chetdan changlanish o’simliklar uchun foydali hisoblanib, uning birdan – bir kamchiligi har doim amalga oshavermasligi va ko’pgina omillarga bog’liqligidadir. Ksenogamiyada changlarni bir guldan ikkinchi gulning urug’chisi tumshukchasiga kelib tushishi turli vositalar (usullar) bilan amalga oshadi: Etnomofiliya – hashorotlar yordamida: Orintofiliya – qushlar yordamida; Xiropterofitliya – ko’rshapalaklar yordamida ular o’lik tabiatning omillari bo’lgan anemofiliya – shamol yordamida; gidrofiliya – suv yordamidadir.
Hasharotlar yordamida changlanuvchi o’simliklarda ularni jalb qiluvchi xilma – xil moslanishlar mavjud:
1. Gulqo’rg’on, changchilar, gulyobarglar va uchki barglarning rangdor bo’lishi.
2. Ko’pchilik etnomofi o’simliklar gullarida hasharotlarni jalb qiluvchi maxsus bezlar, ya’ni nektardonlardan ajralib chiquvchi nektar katta rol o’ynaydi.
3. Gul changlarni o’zi ham hasharotlar uchun muhim ozuqa manbai bo’lib xizmat qiladi.
4. Etnomofil o’simliklarning gullarini ko’pchiligi efir moylariga boy.
Shubhasiz gullarning xilma – xil ranglari changlatuvchi hasharotlarni jalb qilishga moslanishishda katta ahamiyatga ega.
Shamol yordamida changlanish. Urug’li o’simliklarning 10-15%i anemofil o’simliklardir (oq qayin, terak, hamma ninabarglilar, qandag’och, qayrag’och, eman, o’rmon yong’og’i, nasha tut deyarlibarcha qo’ng’irboshdoshlar, hilollar, gazanda, zubturum va boshqalar). Bu o’simliklarning gulari odatda mayda, kzrimsiz, gulqo’rg’onsiz yoki yaxshi rivojlanmagan gulqo’rg’onli, nektar yoki hidlarga ega emas. Changdonlar uzun, oson tebranuvchi chang iplariga ega. Changlar juda yengil, shuning uchun ham uzoq masofalarga tarqala oladi. (30-70 km). Ular juda ko’p sonda hosil bo’ladi.
Gulning tuzilishini formula shaklida ifodalash mumkin. Buning uchun uning qismlari quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: gulkosa-Sa (Calyx); gultoji-So (Corolla); gulqo’rg’on-R (Perigonium); androtsey-A (Androe-ceum); ginetsey-S (Gynoeceum).
Gullarning tipi ham shartli belgilar bilan ifodalanadi:
- bir jinsli urg’ochi gul; - bir jinsli erkak gul; - zigomorf gul; - aktinomorf gul; ( )- birikib o’sganligini bildiradi. Gul qismlarining soni esa raqamlar bilan ifodalangan: Ca5, Co6. Mabodo ularning soni 10 tadan oshsa- belgisi quyiladi.
Misol uchun, sabzining gul formulasi quyida-gicha ifodalanadi: Sa5 Co5 A5 G (2)

Yüklə 35,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin