Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun


-Mavzu: Milliy g`oya targ`ibotinining texnologik asoslari (1-soat)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə17/36
tarix12.10.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#154489
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni

6-Mavzu: Milliy g`oya targ`ibotinining texnologik asoslari (1-soat)


Reja:
1. Milliy g`oya targ`ibotida zamonaviy uslublar.
2. OAV plyuralizim.

Targ`ibot ishlarida har bir inson, avvalo, o`z manfaatlaridan kelib chiqib yashashini inobatga olish kerak. Milliy istiqlol g`oyasi qandaydir mavhum, quruq, hayotdan uzoq narsa emas, aksincha kishilarning kundalik turmushi, dardu tashvishlari bilan bog`liq holda talqin qilishi kerak. Inson qaerda ishlashidan qat`iy nazar, o`z vazifasiga mas`uliyat bilan qarasa, u milliy g`oya targ`ibotiga o`z hissasini qo`shmoqda, deb aytish mumkin bo`ladi. Demak, milliy istiqlol g`oyasi targ`iboti fikrlar xilma-xilligi tamoyiliga ziyon etkazmagan holda uch maqsadga: Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta`minlashdek oliy maqsadga xizmat qiladi. «Tabiiyki, milliy g`oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning oliyjanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etidigan yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o`z ichiga oladi».


Eng asosiy targ`ibot quroli-ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan bog`liq. Berilayotgan axborotda faqat yutuqlarni ko`rsatish, maqtovlardan iborat bo`lishi targ`ibotga qanchalik foydali yoki zararli ekanini o`ylab ko`rish lozim. Hayot bor ekan, muammolarning mavjudligiga fojea sifatida emas, odatdagi narsa deb qarashga o`rganish kerak. Ularning borligini ko`rib, o`zini ko`rmaganlikka solish bilan faqat o`zimizga zarar qilamiz. Demak muammolarni o`z vaqtida tan olish, ularni hal qilishga yordam beradi. Ochig`i, faqat maqtash targ`ibotining yagona usuli va xattoki eng to`g`ri usuli ham emas. Demak, mafkurada hayotni faqat maqtash, uni benuqson tasvirlash orqali targ`ib qilish mumkin emas.
Bunga misol. Bir vaqtlar AQSh fuqarolarida demokratik tamoyillarining bir oz qadrsizlanishi kuzatilgan. Mutaxassislar tomonidan bu muammoning turli echimlari taklif qilingan, lekin targ`ibotning bir oz noan`anaviy usuli tanlab olinadi: demokratiyaning kamchiliklari oshkora aytildi, uning ba`zan «ishlamayotgani» ochiq tanqid qilindi hamda unga muqobil sifatida kommunizm va monarxiya targ`ib etildi. Targ`ibotning bu usuli kutilgandek samara berdi; odamlar «yomon bo`lsa ham, demakratiyadan qo`ymasin», degan fikrga keldi va uning ashaddiy himoyachilariga aylandi.
Talaba-yoshlarning siyosiy-ijtimoiy vaziyatga munosabatini shakllantirishda ichki va tashqi axborot muhiti asosiy rol o`ynaydi.
Ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlarni individual tarzda o`zlashtirishni shaxsning tajribasi bilan bog`lash kerak, yoshlarniig ma`naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishi tavsiflovchi bilim, ko`nikma, malaka va muayyan intellektual sifatlar ko`rsatkich (mezon) sifatida ishtirok etishi mumkin.
Hozirgi paytda talaba yoshlarning ruhiyatiga kuchli ta`sir ko`rsatuvchi intellektual vosita vazifasini bajaruvchi mutlaqo yangi tipdagi yangi avlod o`quv adabiyotlari kerak. Buning uchun yoshlarning fizologik-psixologik rivojlanishlarini va dunyo siyosatining yangicha shakllanayotganligini e`tiborga olib, yaratilayotgan adabiyotlarning kontekstini tubdan o`zgartirish kerak.
Ta`kidlash joizki, so`z va matbuot erkinligi demokratik islohotlar sur`atini jadallashtirishga xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalari esa doimo demokratiya va so`z erkinligining o`ziga xos o`lchovi, ko`rsatkichi bo`lib kelgan. erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag`batlantiradi va mustahkamlaydi.
Totalitar tuzumda ommaviy axborot vositalari axborot uzatish vositasi va yakka mafkurani singdirish quroli bo`lib xizmat qilganligini yaxshi bilamiz. «Majburiy, yakka fikrlash davri» deb atash mumkin bo`lgan bu davrda ommaviy axborot vositalaridan hayot faqat yorqin bo`yoqlarda tasvirlanib, muammolar haqida gapirilmagan edi. Chunki, o`sha paytda muammolar va illatlar haqida gapirish mumkin bo`lmagan. Shuningdek, bu davrda muammolar va illatlar haqida gapirish-kommunizm singari «benuqson» va «mukammal» tuzimga xalqning ishonchini pasaytirib yuborishi mumkin edi. Yakkayu-yagona partiya, yakkayu-yagona mafkura va yakka fikrlash siyosati plyuralizmni, fikrlar, ayniqsa, g`oyalar xilma-xilligini mutlaqo inkor qilar edi. Barcha jurnalistlar Moskvadagi «mutasaddi rahbarlar» ning og`zini poylab, buyrug`ini kutib, ularning ko`rsatmasiga qat`iy amal qilgan holda faoliyat yuritar edi. Shu davrni boshdan kechirganmiz, lekin ming afsuski, ayrim kishilar ishga ana shunday yondashishdan hali-hanuz voz kechib, o`sha zamonlardan qolgan ayrim eski qolip va andazalardan qutila olmayaptilar.
Yoshlarga qaratilgan informatsion-psixologik ta`sirdan kutilgan maqsad:

  • yoshlar onggidan siyosiy va mafkuraviy beparvolikni hosil qilish;

  • ularning ma`naviy-axloqiy onggini izdan chiqarish;

  • «olomon» yoki «to`da» onggini shakllantirish;

  • davlatga nisbatan norozilik kayfiyatini shakllantirish;

  • mavjud konstitutsion tizimga ishonchsizlikni keltirib chiqarish;

  • tartibsizlikni vujudga keltirish;

  • asosiy maqsad yoshlarni «zombi»ga aylantirishga qaratiladi.

Axborot xurujiga qarshi kurashda samaraga erishish uchun nishoniga aylangan ob`ektni aniq bilish shart;
Birinchidan, informatsion-psixologik xuruj ko`proq mo`ljalga olgan ob`ekt jamiyatning qaysi qatlamida? Qaysi ijtimoiy guruhdan iborat? Ularning muammosi nima? Qiziqishi nima? Hozirda va kelajakda nimani hohlashadi?-kabi savollarga javob aniq bo`lishi kerak;
Ikkinchidan, mamlakat miqyosida yangilik niqobida kutilayotgan informatsion-psixologik tahdid va xavf-xatarlarning yo`nalishlarini, qaysi tomonga yo`naltirilganligini aniqlash kerak:
Uchinchidan, jamiyat hayotida, ayniqsa yoshlar oldida o`z echimini kutayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish lozim. Demak, informatsion-psixologik xurujning ko`lamiga ega bo`lishini oldini olish hamda psixologik ta`sirini qirqish maqsadida:

  1. Echimini kutayotgan dolzarb muammolar haqida ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqidagi tahliliy axborotlarni intensiv ravishda xalqaro axborot makoniga chiqarishni kuchaytirish kerak;

  2. Mavjud muammolarning echimi haqida, ularning bartaraf etilishi yuzasidan davlatning olib borayotgan ishlari haqida xalqaro jamoatchilik qanchalik ko`proq ma`lumotga ega bo`lishsa, informatsion-psixologik xurujning ta`siri shunchalik kam bo`ladi, ya`ni xuruj bartaraf etiladi:

  3. Yoshlar onggida mushohada va tahlil jarayonlarini yana rivojlantirish chora-tadbirlarini jadallashtirish lozim;

  4. Davlat olib borayotgan har bir islohot, har bir jarayon haqida, siyosiy va ijtimoiy yangiliklarning har taraflama tahlilini ommaviy-axborot vositalari orqali yaqin va uzoq xorijga tarqatish kerak.

  5. Bugungi texnik imkoniyatlar natijasida buning qiyinligi yo`q, aksincha murakkabligi esa axborot tahlili va uning tezkorlikda tarqatilishidadir.

  6. Nafaqat yoshlarda, katta yoshdagi alohida ham axborot immunitetini hamda hushyorlik va ogohlik refleksatsiyasini shakllantirish kerak.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarini «To`rtinchi hokimiyat»ga aylantirish muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Ularni mustaqil ijtimoiy kuchga, siyosiy tizimning to`laqonli bo`g`iniga va jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi ta`sirchan vositaga aylantirish ustuvor vazifa bo`lib qolmoqda. Ommaviy axborot vositalarining «to`rtinchi hokimiyat» maqomini olishga nimalar halal bermoqda? Ularning erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun mustahkam huquqiy asos yaratilgan bo`lsa jurnalistlarni tayorlash masalasiga davlat darajasida e`tibor berilsa, ularning xorijda ta`lim olishlaridan mablag` ayalmayotgan bo`lsa, yana nima qilish kerak? Ko`rinib turibdiki, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi uchun qulay muhim yaratilgan, Demak, hamma gap ularning o`zida qolgan.
G`arbda ommaviy axborot vositalariga qo`pol bo`lsa ham ijtimoiy manfaatlarini «qo`riqlovchi ko`ppak», deb nisbat beriladi. Etuk demokratik davlatlarda ular jamiyatning «ko`z»lari, «quloq»lari vazifasini bajaradi. Yaxlit ogohlantiruvchi tizim sifatida ommaviy axborot vositalari jamiyatdagi illatlardan xabar beruvchi, muammolarni dadil ko`tarib chiqib, ularning turli echimlarini taklif qiluvchi qudratli kuchga aylangan.
Xo`sh, bizdagi ommaviy axborot vositalarining ana shunday rivojlanishi uchun nima etishmaydi? Avvalo, ommaviy axborot vositalari erkin va mustaqil bo`lishi kerak. Gap mustaqillikning eng yuksak darajasi-ichki mustaqillik haqida bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining bunday mustaqilligi jurnalistlar ijodining erkinligi, mavzu tanlash va fikr berishidagi mustaqilligida namoyon bo`ladi. Shundagina jurnalistning ijodiy salohiyati to`la ro`yobga chiqishi uchun sharoit yaratiladi, u professional mustaqillikka ega bo`ladi.
Ta`kidlash joizki, ommaviy axborot vositalari faoliyatining plyuralizm tamoyili asosiga qurilishi ham demokratiyaning taraqqiyotiga xizmat qiladi. Buning uchun qarama-qarshi nuqtai nazarlaridan iborat bo`lgan dasturlarni yaratish, turli chiqishlarda muqobil fikrlarga erishish lozim. Shundagina ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirish va rag`batlantirishga qodir bo`ladi. Ko`pgina mamlakatlardan ommaviy axborot vositalarining islohoti «g`oyalar bozori»da hali aytilmagan yangi fikrlarni uzatishga qaratiladi. Jamiyatimiz ravnaqiga xizmat qiluvchi, bunyodkorlik tabiatiga ega, hayotimizni farovon qilishga yo`naltirilgan yangi g`oyalar taklif va tavsiyalar bu «bozor»da bemalol raqobat qila oladi.
Informatsion-psixologik immunitetni shakllantirishni yo`naltirish va rivojlantirish, uning tarkibiy qismlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va yo`naltirish imkonini beradi. Natijada avvaldan loyihalashtirish, ta`sir ko`rsatuvchi «salbiy» va «ijobiy» omillarni aniqlash hamda harakat dasturini har tomonlama ishlab chiqish imkoniyati kafolatlanadi. •
Informatsion-psixologik immunitetni shakllantirish ishlarining monitoringini olib borish, yo`l qo`yilgan xato-kamchiliklarni o`z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish uchun jarayonga tegishli o`zgartirishlarni kiritish imkonini beradi.
Yoshlarning immunitetlarini shakllantirish uchun muayyan takomillashgan texnologiyani qidirib topib, uni mantiqiy-nazariy jihatdan to`liq anglab olish va amaliyotga qo`llashgacha bo`lgan davriylik murakkab jarayondir.
Informatsion-psixologik immunitetni shakllantirish alohida munosabat bilan yondoshishni, uslubiyotni hamda mavjud holatni to`liq o`rganishni taqozo etadi. Bunga asosiy sabab:
- immunitetni shakllantirishda muvaffaqiyatga erishish yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrash tahdidining mavjudligi;
- yoshlar to`qnashadigan, ba`zan ko`p yillar davomida muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kurashadigan hayotiy holatlardan biri - bu fikrning o`ylaganidek ruyobga chiqmasligini anglash;
- Yoshlar o`ziniig dunyo-qarashi, tasavvuri darajasidan kelib chiqib, fikrlaydi va bu fikrlashni vaziyatning ijobiy yoki salbiy holatlari bilan bog`lab tahlil qila olmasligidir.
Biz demokratiyani qanday tushunsak, ommaviy axborot vositalariga ham shunday vositalarni yuklaymiz. Demokratiyani mustaqillik, erkinlik va mas`uliyat deb tushunar ekanmiz, ommaviy axborot vositalaridan ham mustaqillik, erkinlik va mas`uliyatni kutamiz. Demak, jurnalistlar bu tushunchalarni anglashi, ularga ehtiyoj sezishi, foydalana bilishi va zarur.
Hozirgi kunda axborot hokimyat uchun kurashda ham, ta`sir doirasini kengaytirish uchun kurashda ham asosiy qurolga aylanib bormoqda. Basharti, axborot eng qudratli resruslaridan biriga aylanayotgan ekan, uni himoya qilish, uning havfsizligini ta`minlash ehtiyojini vujudga kelishi tabiiy. Xo`sh, axborot xavfsizligi deganda nima tushuniladi? Ko`pincha axborot xavfsizligi davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot vositada himoyalangan holati va sifati talqin qilinadi. Bu jihatdan axborot xavfsizligi milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi sanaladi. Boz ustiga, axborot xavfsizligi mamlakatning mustaqilligiga, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyotiga, xalqlarning ma`naviyatiga daxl qiluvchi va ularga kuchli ta`sir ko`rsatuvchi omil hisoblanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, milliy istiqlol g`oyasi targ`iboti siyosiy tarbiya, mehnat tarbiyasi va ahloqiy tarbiya bilan uyg`unlikda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Mafkuraviy faoliyat ana shuday yaxlit tizim shakliga keltirilgandagina, mukammallik kasb etadi. Umuman olganda, targ`ibot-tashviqotning ta`sirchanligini oshirishda quyidagi usullarni qo`llash kutilgan samarani berishi mumkin:
Birinchidan, targ`ibotda murakkab, chalkash mavhum fikrlardan foydalanish samarasizdir. Mazmun qanchalik sodda, aniq tushuntirilsa, ta`siri shunchalik yuqori bo`ladi.
Ikkinchidan, inson ko`proq hissiy ta`sirga moyil bo`ladi, shuning uchun uning aql-idroki bilan bir qatorda,his-tuyg`ularga ham murojat qilish samara beradi.
Uchinchidan targ`ibot matnlari chuqur o`ylangan, mantiqiy izchil, ijodkorona ishlab chiqilgan bo`lishi darkor;
To`rtinchidan, targ`ibotdagi qudratli usul takrorlashdir;
Beshinchidan, targ`ibot ishlarning samarasini oshirish uchun noan`anaviy usullarni qo`llash va ilg`or tajribalarni keng yoyish talab etiladi.
Yana bir fikr: mutaxassislarning ta`kidlashicha kishilarning faollikka chaqiradigan, harakatga undaydigan tashviqot ko`proq samara beradi. Shuning uchun «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» yoki «Vatanni sevmoq iymondandir» g`oyalari bilan bir qatorda «Vatan sening xizmatingga muhtoj», degan g`oyalarni ham targ`ib qilish zarur.
Darhaqiqat bugungi kunda mass-medialar mafkuraviy ta`sirning eng ta`sirchan va qudratli vositasiga aylangan. Ular insonlarning bugungi kundagi eng yaxshi «ustoz» va «suhbatdosh»i hisoblanadi. «Mass-medialar u yoki bu siyosiy voqea-hodisaga munosabat shakllantiribgina qolmasdan, ijtimoiy voqelikni mediadastur shakliga keltirib qo`ymoqdalar». Garchi bu fikr biroz mubolag`adek ko`rinsa ham, bugungi kunda ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari bizga o`z mafkurasini singdirishga urinayotganini sezish qiyin emas.
Kishilar ongi va qalbi uchun kurash kechayotgan bugungi tahlikali davrda mamlakatimizda milliy g`oyaning targ`iboti dolzarb masalalardan biriga aylangan. Bu esa targ`ibot-tashviqot ishlariga yangicha texnologiyalar, yondashuvlar, uslub va vositalarni jalb etishni talab qiladi. Qator rivojlangan mamlakatlar amaliyotida qo`llanilayotgan «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari mafkura targ`iboti bilan bog`liq ishlarimizni yuqori bosqichga ko`tarishga xizmat qiladi.
Milliy g’oya targ’ibotining samaradorligiga qanday omillar salbiy ta’sir ko’rsatmoqda? Bu muammolarning yechimi qanday? Mafkura targ’ibotida nimalar nazardan chetda qolmoqda? Targ’ibot ishiga qanday tarzda yondashgan ma’qul? Bugungi kunda milliy g’oyani xalqimiz ongi va qalbiga singdirish samaradorligini ko’tarish uchun nimalarga e’tibor berish zarur?

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin