Yilarda o’zbekistondagi vaziyat Reja


Ko‘chirish tadbirlarining amalga oshirilishi



Yüklə 5,79 Mb.
səhifə4/7
tarix27.09.2023
ölçüsü5,79 Mb.
#149350
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekistonda sovet

. Ko‘chirish tadbirlarining amalga oshirilishi

.
O‘zbekistonda aholini ko‘chirish uch yo’nalishda: rayonlar ichkarisida, rayonlar tashqarisiga va respublika tashqarisiga ko‘rinishlarida amalga oshirildi. Aholini ko‘chirishning birinchi boskichi 1926-1929 yillarda asosan rayonlar ichkarisidagi aholini ko‘chirishlar ko‘rinishida amalga oshirilgan, bu davrda ko‘chirish tadbirlarining ko‘lami keyingi bosqichlardagilarga nisbatan kichik bo‘lgan, boryo‘g‘i 8047 xo‘jalik o‘zlari yashaydigan okruglar ichkarisidagi o‘zlashtirilmagan hududlarga ko‘chirilgan.
Rayonlar ichkarisidagi ko‘chirishlar keyingi bosqichlarda ham davom etaverdi. Masalan, birgina Andijon okrugidan 1929-30 yillarda 2400 xo’jalik o‘zlari yashaydigan okrugdagi o‘zlashtirilmagan hududlarga ko‘chirilgan. Biroq faqat ichki ko‘chirishlar hisobiga paxta mustaqilligini ta’minlash, demografik muammoni bartaraf etish mumkin bo‘lmagan. Natijada sovet hukumati aholini ko‘chirish ishlarini yangi bosqichga ko‘targan: 1929 yildan respublika ichkarisida va respublikalararo keng ko‘lamda aholini ko‘chirishlar boshlanadi.
Aholi Andijon, Farg‘ona, Toshkent okruglaridan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo okruglaridagi o‘zlashtirilmagan hududlarga ko‘chiri-ladi. Aholini ko‘chirish kampaniyasining ikkinchi bosqichi hisoblangan 1929-1932 yillar davomida yigirma mingga yaqin xo’jalik ko‘chiriladi.Aholini ko‘chirish siyosatida respublika tashqarisiga ko‘chirishlar ham alohida o‘rin tutadi. 1930 yili 510 xo’jalik (1530 kishi) Andijon okrugidan Kavkaz ortiga ko‘chirilgan. Birinchi besh yillik mobaynida 7312 xo’jalik Fargona vodiysi okruglaridan Tojikiston SSRga ko‘chirilgan. Bu o’rinda ham ayni Farg’ona vodiysi dehqonlarining ko‘chirilishi nafaqat demografik keskinlikni yumshatish, balki ularning paxtachilik sohasidagi tajribasi va uni yoyish bilan bog‘liq edi.Aholini ko‘chirish paxta mustaqilligini ta’minlashga qaratilgani bilan unga dehqonlargina emas, balki zichlik yuqori hududlardagi butun aholi safarbar etilgan, ko‘chiriluvchilar qishloq hududlaridangina emas, shahar joylardan ham saralangan. Lekin baribir asosiy ko‘pchilikni dehqonlar tashkil qilgan. Dastlabki yillarda yakkabosh xo‘jaliklar ko‘chirilgan, ammo keyinchalik dehqonlarning tabiiy ravishda o‘z oilasi bagriga intilishi umumiy ishga xalaqit beradi, deb e’tirof etilib, oilaviy tarzda ko‘chirishlarga o’tilgan.
Ko‘chirish fondlarida asosiy ishchi kuchi erkaklar hisoblansada, lekin ayollar ham uy yumushlaridan tashqari dalada mehnat qilganlar. "Meros" ilmiy-amaliy ekspeditsiyasi tarkibida viloyatlarga qilingan safar chog’ida aholini ko‘chirish siyosati ishtirokchilaridan to’qayzorlar dasht yerlarni o‘zlashtirishda ayollarning ham erkaklar bilan bab-baravar dalada mehnat qilganliklari to‘g‘risida yozib olingan xotiralari diqqatga sazovordir.Ko‘chirilganlarning ijtimoiy tarkibi ham turlicha bo’lgan, biroq ularning asosiy qismi yersiz, kambag’al xo’jaliklar edi. Buning o‘z sabablari bo’lgan. Markschalenincha sinfiylik nazariyasiga ko‘ra yer birinchi navbatda kambag’allarga berilgan.1 Bundan tashkari aholini ko‘chirish siyosati yer kamligi muammosini hal etishga qaratilganligi bois yersiz yoki kam yerli qatlamlar ko‘chirilgan. Kamdan kam hollarda boyquloq xo’jaliklar ham majburiy tartibda ko‘chirilgan. Ba’zan esa etilganlar, umuman hukumatning "qora ro‘yxatiga" tushganlar uchun boshpana vazifasini ham o‘tagan. Aholi zichligi yuqori markaziy rayonlarda hukumat tomonidan ta’qib qilingan, instintiv ravishda jon saqlashga intilgan ba’zi "sinfiy yot unsurlar" ariza yozib ko‘chirish fondlariga jo’nashdan boshqa yo‘lni ko‘rmaganlar. Surxondaryo viloyat Denov tumani Farg‘ona qishlog‘i fuqarosi 1920 yilda tug‘ilgan Mamajonov Muhammadiso ota tomonidan shunday ma’lumot beriladi: "Bu yerga Rishtondan ota-onam, ikkita akam, men, bitta ukam 30-yillarda ko’chib kelganmiz. Dadam avval brigadir edi. O’sha kezlarda bug’doy o’rniga paxta ekasizlar degan gap chiqqanida, bugdoy yerida paxta bulmaydi degani uchun bir yilga qamaladi. Ko‘rpacha-gilamlarimizni obiska qilib tortib olishdi va kim oshdi savdosiga qo‘yishdi, yerimiz ham musodara bo‘ldi. Dadam qaytgach, hamsoyalarimiznikida yotib yurdik. Bir komsomol degan odam bor ekan: "Quloqqa joy bersang quloq bo‘lasan",- deydi, uy egasi majbur bo‘lib bizni haydaydi, molxona, otxonalarni oqlab tozalab o‘tirdik, choyxona, machitlarning burchaklarida yashadik. Qo‘nim topmadik, oxiri ro‘yxatga olish boshlanib, dadam bilan akam ruyxatga yozildi, orqasidan jo’na-jo’na boshlandi. Nima qilamiz, uyimiz yo’q. Shu taxlitda 11 xo’jalikni paxta ustasi bo’lasizlar deb, qizil vagonga urib shu yerga olib keldilar".Aholini ko‘chirish siyosati O‘zbeklarnigina emas, balki, boshqa millat vakillarini ham o‘z girdobiga tortgan. 1929-1934 yillarda 6312 nafar boshqa millat vakillari ko‘chirilgan, Qirg‘iz, qozoq, turkmanlarning ko‘chmanchi qismi ham o’troqlashtirish bahonasida o‘zlashtirilmagan hududlarga ko‘chirilgan. Aholini ko‘chirish jarayonida yaxudiylarni ko‘chirish siyosatiga tortish masalasi alohida masala sifatida ajratib olingan. O‘sha vaqtga qadar tirikchilik manbai mayda hunarmandchilik, yoki savdo-sotiq bo‘lgan yahudiylar dexqonchilik bilan shug‘ullanishga majbur qilingan. Aholini ko‘chirish kampaniyasining ikkinchi bosqichida 1061 ta yahudiy xo’jaliklari ko‘chirilgan. Bundan tashqari, paxtachilik ilmi bilan deyarli tanish bo’lmagan ruslar, polyaklar, nemislar va boshqa xalqlar aholini ko‘chirish siyosatiga tortilgan. Bu hukumatning milliy siyosatda, namoyon bo’lgan zuravonligining o‘zginasi bo’lgan.O‘zbekistonda o’tgan asrning 30-yillarida qishloq xujaligini yoppasiga kollektivlashtirish niqobi ostida kishloqlarda ham ommaviy qatog‘on avj olgan vaqtda "quloq" kilib surgun etilgan dehqon oilalari OGPUning Lagerlar bosh boshqarmasi (GULAG) nazorati ostida maxsus posyolkalarga joylashtirdi. Surgun qilinganlar 1930-1934 yillarda rasmiy xujjatlarda "maxsus ko’chiril-ganlar" (spets-vreselensi) deb nomlangan.
1934 yilda OGPU VSVD (Ichki ishlar xalq komissarligi) sifatida qayta tashkil etilgach, GULAG boshqaruv tuzilmasida ham o’zgarishlar yuz beradi. Shu davrdan e’tiboran "maxsus kuchirilganlar" atamasi o’rniga "mehnat ko‘chkindilari" (trudposepensi) atamasi qo’lanna boshlaydi. Quloqpar joylashtirilgan maskanlar maxsus posyolka" emas, "mehnat posyolkasi" deb atadigan bo’ladi.1936-1937 yillarda mehnat posyolkalari tashkiliy xujalik jixatdan deyarli shakllantirib bo’lingan va ma’lum bir tizimga solingan edi. Bu davrda O‘zbekistonda quloq xujaliklari turgun qilingan posyolkalar soni 15 ta bo‘lib, Pasyolka komendaturalari raqami va nomlanishi №1 "Xazorbog’" (Denov rayonida), №2 "Boyovut" (Xovos rayonida), №3 Strelkovo (Yangiyo‘l rayonida) qabilida bo’lgan. Keyingi yillarda mehnat posyolkalari soni qisqarib borgan, ularning nomi va raqami ham o’zgargan
1937 yilda O‘zbekistondagi mavjud mehnat posyolkalarida 3538 ta "quloq" oilasi (13924 kishi) bo‘lgan. Ko‘chkindilarning 7054 nafari mehnatga yaroqli bo‘lib, ular 134 mehnat brigadasida ishlagan. Tug’ilish va o’lish soniga bog’liq tarzda posyolkaparning aholi soni o’zgarib turgan. Ayni choqda ko‘chkindilarning mehnat posyolkalaridan qochish hollari ham bu ko‘rsatkichga ta’sir etgan. Ma’lumki, 1937-1938 yillarda mustabid tuzum ommaviy qatog’onlarni barcha jabhalarda kuchaytirgan, Bu holat quloq qilinib, maxsus posyolkalarga surgun qilinganlar taqdirida ham mash’um iz qoldiradi 1937 yil 2 iyulda VKP(b) MK Siyosiy byurosining "Antisovet unsurlar tugrisida" direktiv qarori qabul qilinadi. Bu direktiv ko’rsatmada ittifoqning barcha shahar va qishloqlarida surgundan kochib kelgan sobiq quloq va jinoyatchilar o’rnashib olgani, ular sanoat korxonalarida, kolxoz va sovxozlarda, transport va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida antisovet-kuporuvchilik ishlarini olib borayotgani ta’kid-langan. Direktiv qarorda bunday "unsur"larni hukm etuvchi "uchlik"lar tarkibini, shuningdek, otuv jazosiga hukm qilinadigani va surgun qilinadiganlar mikdorini besh kun ichida belgilab, VKP(b) MKga taqdim etish topshirilgan1. VKP(b) MK Siyosiy byurosining 1937 yil 11 iyuldagi yig‘ilishida O‘zbe-kiston SSR bo’yicha "uchlik" tarkibi Zagvozdin (O‘zSSR Ichki ishlar xalq ko missari), Ikromov (O’zKP(b) MK kotibi), Boltaboyev (O‘zSSR XKS raisi)dan iborat tarkibda tuzilgan 1937 yil 30 iyulda VKP(b) MK Siyosiy byurosining 2 iyuldagi qarori asosida SSSR NKVDsining 00447-sonli "Sobiq quloqlar, jinoyatchilar va boshqa antisovet unsurlarni qatog‘on qilish bo’yicha operatsiya to’grisida"gi operativ buyruq chiqadi.Buyruqda mazkur "antisovet unsurlar"ni shafkatsizlik bilan tor-mor etish uchun NKVD organlariga 1937 yilning 5 avgustidan e’tiboran qatog‘on operatsiyasini boshlash va uni to’rt oy ichida yakunlash vazifasi yuklatiladi. Shu tariqa, O‘zbekistonda ham ommaviy qatog‘on avj oladi. 1937 yil 10 avgustdan 1938 yil 1 yanvargacha bo’lgan vaqtda O‘zbekiston bo’yicha "quloqlar"dan 5924 kishi, "jinoyatchilar"dan 1679 kishi, boshka "sovetlarga qarshi unsurlar"dan 3097 kishi jami 10700 kishi qamoqqa olingan. Ulardan 3613 kishi 1-toifa bo’yicha otuvga, 7087 kishi 2-toifa bo’yicha 8-10 yil muddatga mehnat-tuzatuv lageriga hukm qilingan.
Qatag‘on qilinganlarning ma’lum bir qismini mehnat posyolkalarida surgun azobini tortayotgan sobiq "quloq"lar - mehnat ko‘chkindilari tashkil etgan. Yoppasiga kollektivlashtirish yillarida jazolangan sobiq "quloq"lar "katta terror" davrida yana qaytadan qatog‘on komiga tortiladi. NKVD organlari 1934 yildan boshlab mehnat posyolkalarida agentura ishlarini izchil yo’lga qo‘ygan edi. Aksar hollarda mazkur agentura ma’lumotlari mehnat ko‘chkindilarini qatog‘on qilishga yetarli asos bo‘lib xizmat qilgan. O‘zSSR NKVDsi koshidagi "uchlik" har bir yigilishida urtacha 310-315 kishi ustidan hukm chiqargan. Ko’pincha "uchlik" joylardagi NKVD sektorlari-dan olingan ayblov xulosalariga asoslanib shoshma-shosharlik bilan hukm chiqargan. Bu o’rinda birgina Andijon sektorida tergov jarayonida prosessual qonunni qo’pol buzish xolatlari yuz bergani haqidagi misolni keltirib o’tish kifoya. NKVD Andi­jon sektori xodimlari - sektorning sobiq boshlig’i A.A.Stasin, uning o’rinbosari A.V.Kulinichev, 4-bo’lim boshlish Makarevichlar 1938 yilda jinoiy ishlarni soxtalashtirib, tergov xujjatlarini tasdiqlab, ko’plab maxbuslar ustidan noqonuniy hukm loyixalari tayyorlagani uchun O’rta Osiyo Harbiy okrugi Harbiy tribunali tomonidzn oliy jazoga hukm qilingan.

Yüklə 5,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin