Yer tuzumi va yer islohati maqsadi



Yüklə 22,41 Kb.
səhifə3/5
tarix28.04.2023
ölçüsü22,41 Kb.
#104256
1   2   3   4   5
Yer tuzumi va yer islohati maqsadi va vazifalari yer egaliklari va yerlardan foydalanuvchilik.Xo`jaliklararo va xo`jalik ichida yer tuzish farqi va va ahamiyati O`zbekistonni hozirgai yer tuzmini asosiy xususiyatlariuyh

Yer tuzish - murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa; unga kiradigan tadbirlar tarkibi tarixiy rivojlanish jarayonida o‘zgarib boradi. Prof. P.N.Pershin o‘tgan asrning 20-chi yillaridayoq, yer tuzish - o‘tkaziladigan vaqti va joyi sharoitlariga bog‘liq holda judayam o‘zgaruvchan qadimiy hodisa degan edi. Prof. A.V.Chayanov taxminan o‘sha vaqtda yozgan edi, - yer tuzish tushunchasiga rus adabiyoti va nutqida judayam har xil mazmun yuklatilgan. Shu sababli, yer tuzishning zamonaviy ta’rifini berish uchun unga tarixiy nuqtai nazardan yana bir marta qarash, bu tushunchaga qanday ma’no berilganligini aniqlash kerak, u yana har xil atamalar («chegaralash», «yer o‘lchash», «yer bo‘yicha tuzish», «yer tuzish») bilan ham ataldi. «Yer tuzish» atamasining o‘zi prof. F.G.Nekrasov fikri bo‘yicha 1906-y. paydo bo‘ldi va oldin ishlatilib kelingan «chegaralash» atamasini o‘zining tarkibiy qismi sifatida almashtirdi.Yuqorida ko‘rsatilganidek, revolyusiyadan oldingi yer tuzish asosan chegaralashdan - yer egaliklarining chegaralarini joylarda belgilash va huquqiy rasmiylashtirishdan iborat bo‘ldi.
Masalan: 1766-y. yo‘riqnoma bo‘yicha Bosh chegaralashning asosiy vazifasi quyidagidek «yer egaliklarining to‘g‘ri va e’tirozsiz chegaralarini belgilash yordamida egalarining tinchligini tasdiqlash» edi. Unga 1914-y. S.P.Kavelin quyidagi ta’rifni berdi: «Davlat chegaralashi yer mulkchiligi chegaralarini moddiy va hujjatli mustahkamlashga va ular ichidagi yerlar sonini (maydonini) aniqlashga qaratilgan texnik va huquqiy harakatlar yig‘indisini o‘zida mujassamlashtiradi» (M.M.Shulgin. Zemleustroystvo i pereselenie v Rossii v XVIII i pervoy polovine XIXv. M.: Izd. Moskovskogo Mejevogo instituta, 1928-y 128-b.; S.P.Kavelin. Mejevanie i zemle ustroystvo M.: Izd. Yuridicheskogo knijnogo magazina «Pravovedenie», 1914-y. 129-150-b.).
Boshqacha aytganda, chegaralash bu, asosan, hududlar va yer egaliklari chegaralarini egalari huquqlarining hududiy chegaralari sifatida belgilashdan iborat yer tuzishning elementar shaklidir.
Bunda yer uchastkalari va ularning chegaralari, asosan, statik (o‘zgarmas) nuqtai nazardan, ularni o‘zgartirish va yaxshilash maqsadisiz qaraldi.
Yer tuzish yuqori rivojlanish shakliga XX asrning boshida Stolipin agrar islohotlarini o‘tkazishda erishdi. Endi nafaqat yerlarni chegaralash, balki yer uchastkalarini (yer egaliklarini) maqsadga muvofiq joylashtirish va ularga xo‘jalik yuritish uchun qulay shakl berish masalalari ham qo‘yildi. Shunday qilib, nafaqat texnik va huquqiy, balki iqtisodiy muommolarni ham yechish zarur bo‘ldi. Nihoyat Stolipin islohoti ma’lum siyosiy (nafaqat iqtisodiy) maqsadlarga erishishga qaratilgan edi. Shu bilan revolyusiyagacha yer tuzishning mazmuni asosan tugadi.
O‘tgan asrning 20-chi yillarda yer tuzish texnik tomondan oldingi vazifalarini asosan saqlab qoldi, biroq u ko‘proq darajada ijtimoiy va iqtisodiy ishga aylandi. RSFSRning 1922-y. Yer kodeksida «Yer tuzish xo‘jalik-texnik maqsadga muvofiqligi talablariga va yerga bo‘lgan huquqlariga mos ravishda yangi yerdan foydalanishlarni tashkil etish va mavjudlarini tartibga solish vazifalariga ega» deb ko‘rsatilgan. O‘sha vaqtlarda u yerning xususiyatlarini o‘zgartirishi, hosildorlikni oshirishi, dehqonchilikda mehnat unumdorligini o‘stirishi va ularga ta’sir etishi mumkin emas deb hisoblanar edi. Bular agronomiya va texnika ishlari edi. Yer tuzish yerdan foydalanishlarni ularni oqilona joylashtirish, ularga optimal o‘lchamlar berish, ularning kamchiliklarini tugatish yo‘li bilan to‘g‘ri tashkil etish natijasida iqtisodiy samara yaratishi kerak (A.A.Rjanisin. Teoriya i praktika zemle ustroystva. M.: Novaya derevnya, 1928-y. 57-116-b.). O‘sha yillarda prof. P.N.Pershin yer tuzishni «hududni, yerning ustki yuzasini undan ishlab chiqarishda foydalanish uchun o‘lchamlariga, yer turlari tarkibiga va joylashish shakllariga nisbatan moslashtiruvchi harakat» sifatida aniqlab, «bunday moslashtirish yana bitta, xarakterli belgiga ega, bunda yerning tabiiy xususiyatlari (tuproq, relef, o‘simlik dunyosi, suv rejimi va boshq.) o‘zgarmaydi» deb hisobladi (P.N.Pershin. Sotsialno-ekonomicheskaya teoriya zemleustroystva // Na

Yüklə 22,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin