Yer osti suvlarining balansi va zaxirasi
gidrogeologik izlanish usullari. Suv resurslaridan
okilona foydalanish va ularni muhofaza qilish
Reja:
1. Yer osti suvlarining balansi va zaxirasi
2. Gidrogeologik izlanish usullari
suv resurslaridan okilona foydalanish
va ularni muxofaza kilish
3. Injenerlik geologiyasi asoslari va uning vazifalari
Ma`lum bir muddatda suvli qatlamga oqib keladigan va chiqib ketadigan suv
miqdori yer osti suvlari balansi deb ataladi.
Yer osti suv balansi uning rejimi bilan uzviy bog`liqdir. Bu rejim ma`lum bir
muddatda suv sarfi va sifatining o`zgarishini bildirsa, balans - shu o`zgarishlar
natijasidir. Balans sug`oriladigan katta maydonlar va suv chiqarish inshootlari uchun
xisoblanadi. Yer osti suvlarining oqib kelishi va chiqishini o`lchaydigan joy balans
uchastkasi deyiladi. Balansni xisoblash natijasida ob`yektni suv bilan ta`minlash va yil
davomida yer osti suvlari zaxirasi va rejimining o`zgarishini oldindan aytib berish
mumkin.
Tabiiy rejimda qatlamlarga oqib keluvchi grunt suvlari balansi atmosfera
yog`inlarining singishidan (A), suv bug`larining kondensatsiyalanishidan (K) va yer
osti suvlari oqimi (P) dan tashkil topadi (1-rasm).
Yer osti suvlari oqimi o`z navbatida yonbosh oqim (P1), yuzaki suv xavzalaridan
keladigan infiltratsion okim (P2 ) va pastki gorizontdan keladigan okimlar (P3 ) dan
xosil buladi. Suvli katlamdan chikib ketadigan suv balansi buglanish (I) va yer osti
suv okimi (S1 ) dan iborat. Buglanish usimliklar bargi va yer yuzasida buladigan
buglanishdan, yer osti okimi yonbosh okim (S1 ) va pastki suvli gorizontlarga
siljiydigan okim (S2 ) lar xisobiga sodir buladi.
Grunt suvlarining balans sxemasi.
(V.P. Ananyev, L.V. Peredelskiy buyicha)
Berilgan bir uchastkada, t muddatda grunt suvlari balansining tenglanishi
kuyidagicha aniklanadi:
(( ( ( ( ( ( P1Q P2Q P3 - I - S1 - S2
bu yerda (( - vakt davomida grunt suvi zaxirasini uzgarishi.
Agar shu uchastkada grunt suvlari rejimi kuzatib aniklangan bulsa, u xolda balans
kuyidagi tenglama orkali ifodalanadi:
((( q A Q K Q P - I - S
bu yerda (( - t vakt davomida suv satxining urtacha uzgarishi; ( - jinslarning suv
chikarish koeffitsiyenti.
((( kiymat fasl, yil va kup yillar davomida uzgarib turadi. Yer osti suvlari satxi
kutarilganda u musbat, pasayganda esa manfiy kiymatga ega buladi.
Agar grunt suvlari rejimi sun`iy ravishda buzilgan bulsa, balans tenglamasida suv
bilan ta`minlash uchun sarf bulayotgan suv sarfi (V), zovurlarga okib kelayotgan suv
sarfi (D), sugorish kanallaridan shimilayotgan suv mikdori (F1 ) xisobga olish lozim.
Okib keladigan yer osti suvi mikdori chikib ketadiganidan kup bulsa, maydonni suv
bosadi. Shuning uchun katta maydonlardagi balansni urganib, yer osti suvlarining
rejimini tartibga solish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |