2 – Laboratoriya ishi Mavzu: Sinov natijalari asosida tasodifiy ko’rsatkichlarning sonli yig’ma xususiyatlarini aniqlash Ishning maqsadi – texnologik jarayonlar yoki yarim tayyor mahsulot va ip asosiy parametrlarini o’lchashda vujudga keladigan tasodifiy kattaliklar to’plamining raqamli tavsiflarini statistik (ko’paytirish va jamlash) usullarida aniqlashni o’rganishdan iboratdir.
T O P Sh I R I Q:
Yarim mahsulot yoki ipning biror xossasi bo’yicha tasodifiy kattaliklar to’plami olinsin, bunda to’plamning hajmi kamida 100 ga teng qilinishi lozim.
Olingan tasodifiy kattaliklar to’rlamining raqamli tavsiflari o’rtacha qiymat, ko’lam, dispertsiya, o’rtacha kvadratik chetlashish va kvadratik notekisliklarni jamlash usulida aniqlansin..
Tadqiq etilayotgan to’plam o’rtacha qiymatini aniqlashdagi absolyut va nisbiy xatoliklar, ishonchli orqali hamda ishochli hajm topilsin.
O’rganilayotgan yarim mahsulot yoki ipning shu ko’rsatkichi bo’yicha aniqlangan notekisligini, tegishli normativ hujjatlar bilan taqqoslash natijasida sifati to’g’risida hulosa chiqarilsin.
Asosiy ma`lumotlar. To’qimachilik ishlab chiqarish, texnologik parametrlar xususiyatlarini o’lchashda tasodifiy kattaliklar majmuasi vujudga keladi va quyidagi raqamli tavsiflar bilan aniqlanadi: o’rtacha, dispertsiya, variatsiya koeffitsienti yoki kvadratik notekislik, assimetriya va ekstsess koeffitsientlari. Ma`lumki raqamli tavsiflar tanlovidan tanlovgacha o’zgaradi va ma`lum darajada berilgan ishonch ehtimoli oralig’idagi tasodifiy miqdorlardir. Raqamli tavsiflar hatosi qancha katta bo’lsa, oraliqlar shuncha keng bo’ladi. Har bir raqamli tavsiflarning aniqligi xatolik bilan va rosmanaligi (nadejnostp) ishonch ehtimolligi bilan aniqlanadi.
Tasodifiy miqdorning aniq dispertsiyasida aniqlikni bergan holda raqamli tavsiflarni baholash uchun sinovning ishonarli hajmini aniqlash mumkin.
Jamlash usuli Jamlash usuli bo’yicha hisobda 2-jadvaldan foydalanamiz. Bu jadvalning 1, 2, 3 ustunlari 1-jadvaldagi ustunlarga mos. 4-ustundagi 0 raqamining eng ko’p uchraydigan miqdor to’g’risiga yozamiz. 0 dan yuqoridagi qiymatlarni bir-biriga qo’shib B1 ni pastdagisini bir-biriga qo’shib a1 ni olamiz.
5-ustunda 4-ustundagi 0 ning ustida va ostida yana 0 lar yozamiz. Xuddi 4-ustunda bajargan amalimizni bajarib A2 va B2 larni topamiz. S1 va S2 larni aniqlaymiz.
larning qiymati ko’paytma uslubida foydalanilgan formulalar
yordamida aniqlanadi.
2-jadval