119
oldinga harakatlanadi, boldir tayanchga deyarli parallel tarzda turadi.
Orqa qadam fazasida qadam tashlaydigan oyoqning tizza bo‘g‘imidagi
bukilish burchagi individual xususiyatlarga va yugurish tezligiga
bog‘liq: yugurish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, oyoq tizza bo‘g‘imidan
shuncha ko‘proq bukiladi. Bu fazada depsinishda qatnashayotgan
mushaklar bo‘shashtirilgan bo‘ladi. Vertikal lahzasidan keyin qadam
tashlaydigan oyoq soni oldingayuqoriga harakatlanadi. Depsinadigan
oyoq to‘liq tekislangan paytda qadam tashlaydigan oyoq boldiri uning
soniga parallel tarzda bo‘ladi. Sonlar faol birlashtirilgan lahzadan
so‘ng (uchish fazasi) oldinda turgan oyoq pastga tusha boshlaydi,
uning boldiri oldinga chiqariladi va oyoqni erga qo‘yish oyoq kaftining
oldingi qismidan boshlab amalga oshiriladi. Orqada turgan oyoq
UOMning oyoq qo‘yiladigan joyga tez yaqinlashishga yordam bergan
holda, shu orqali tormozlanish kuchini kamaytirgan holda faol oldinga
chiqariladi. SHuni yodda saqlash lozimki, oyoqni o‘tkazish vaqtida
uni tizza bo‘g‘imidan bukish tebrangich uzunligini kamaytirishga
(oyoq – bu murakkab tarkibli tebrangich) va oyoqni o‘tkazish davrini
qisqartirishga yordam beradi (11-rasm).
Dostları ilə paylaş: