57
yuritilganda, shuni nazarda tutiladiki, yuklamani o‘sishi to‘g‘ri
yuqoriga ko‘tariluvchi chiziq bo‘yicha iyun-iyul oyiga kelib sodir
bo‘ladi. Istagimizdan qat’iy nazar, nisbiy dam olish davrlarini
rejalashtirishga majburmiz. Mashq qilish yuklamasining egri chizig‘i
to‘lqinsimon chiziqlardan iborat.-yillik sikl boshlanishida to‘lqinlar
katta emas: taxminan 3-4 hafta yuklama oshadi, so‘ng pasayish
haftasi. Yozda bu to‘lqinlar amplitudasi oshadi: bir yoki ikki “o‘tkir”
hafta, so‘ngra – nisbiy dam olish haftasi.
Odatda haftalik to‘lqinlar rejalashtiriladi – bu kichik to‘lqinlar.
Ikki haftalik to‘lqinlar o‘rtacha to‘lqinlardir (masalan, saralash
musobaqalaridan so‘ng ikki nisbiy dam olish haftasi) nihoyat 4-5
hafta (mavsum oxirida) – katta to‘lqinlar. Bu to‘lqinlarning ahamiyati,
saralash musobaqalaridan so‘ng jismoniy tayyorgarlik holatini saqlab
qolish uchun kattadir.
Dostları ilə paylaş: