6.4. 400 m ga g‘ovlar osha yugurish texnikasi
400 m ga g‘ovlar osha yugurish sportchiga katta talablar qo‘yadi.
Masofani yuqori tezlikda yugurib o‘tish lozim, uning so‘nggi choragida
esa sportchi qattiq charchagan holatda bo‘ladi. To‘siqlar bir-biridan
uzoqqa joylashtiriladi va burilishlarda ham, to‘g‘ri yo‘lkachada ham
katta tezlikda oshib o‘tiladi.
Burilishlarda yugurish va masofaning turli kesmalarida rejalash-
tirilgan miqdordagi qadamlarni bajarish asosiy texnik murakkablikni
yuzaga keltiradi. Burilishda sportchining o‘ng oyoq bilan itarilishi
qulayroq. Bu holda u g‘ovdan oshib o‘tish qoidasini buzish xavfidan
cho‘chimay, yo‘lkacha qirg‘og‘iga yaqinroq yugurishi mumkin. O‘ng
oyoq bilan itarilish markazga intiluvchi kuchni engish jihatidan ham
afzalroq – yuguruvchi burilish markazi tomon og‘ib harakatlanadi.
Ikkinchi tomondan, bu itariluvchi oyoqning g‘ov ortidagi faoliyatini
qiyinlashtiradi.
G‘ovning balandligi gavdaning yugurish holatini saqlagan holda uni
sezilarsiz egilib oshib o‘tishga imkon beradi. Bu OMO‘ tebranishlarini
kamaytiradi.
185
29-rasm.
400 m ga yugurishda g‘ovni oshib o‘tish kinogrammasi
Chap oyoq bilan g‘ov ustiga itarilishda sportchi yo‘lkachaning ichki
qirg‘og‘idan 60-80 sm masofada yugurishga majbur bo‘ladi, aks holda
uning tizzasi yoki oyoq kafti g‘ov plankasi uchidan nariga o‘tib ketishi
mumkin, bu musobaqa qoidalarini buzish hisoblanadi. G‘ov ustidan
oshib o‘tish jarayoni ham murakkablashadi, masofa esa, burilishda
4-5 ta g‘ovni oshib o‘tish hisobga olinsa, butun 4 metrli kesmada 3-4
metrga uzayib ketadi. G‘ovni oshib o‘tish vaqtida oyoqlar harakati
amplitudasi g‘ovlar orasidagi qadamlar miqdoriga bog‘liq. G‘ovlar
orasida 15 qadam ritmidan foydalaniladigan bo‘lsa, bu harakatlar
qisqaroq, 14 qadam ritmida – kengroq bo‘lib, 13 qadamda amplituda
mak simal darajaga etadi.
400 va 110 m masofada g‘ovlarni oshib o‘tish texnikasida jiddiy
tafo vutlar yo‘q.
Startdan tezlik olish. Startdan yugurib tezlik olish g‘ovlar orasida
yugu rish ritmiga bog‘liq. 15 qadamlik ritmdan foydalanilsa, birinchi
g‘ov gacha bo‘lgan masofani (45 m) 22 qadamda yugurib o‘tish mum-
kin, 14 qadamlik ritmda – 21 qadam, 13 qadamlik ritmda esa – 20
qa dam. Qadamlarning bunday nisbatida startdan tezlik olishda yugu-
rish ning xususiyati qadamlarning uzunligi bo‘yicha ham, ritmiga ko‘-
ra ham masofa bo‘ylab yugurishga yaqin turadi.
Ayollarda 400 m ga yugurishda g‘ovlarning joylashuvi xuddi
erkak larning musobaqalaridagi kabi, lekin g‘ovlarning baland-ligi ki-
chikroq. So‘nggi vaqtlarda butun masofani 15 qadamlik ritmda yugu-
rib o‘tishga qodir bo‘lgan ayollarni ko‘rish mumkin. Ayollarning 15
qadami erkaklarning 13 qadamiga teng.
|