Yatrogeniya, evtanaziya haqida


Evtanaziyaning ikki xil: faol va sust turlari farqlanadi



Yüklə 126,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü126,68 Kb.
#47773
1   2
Yatrogeniya, evtanaziya haqida-конвертирован

Evtanaziyaning ikki xil: faol va sust turlari farqlanadi 

Sust  evtanaziya  -  bu  davoni  to'xtatish  orqali  o'limni  tezlatish.  Masalan  sun'iy  nafasni 

o'tkazmaslik. 



Faol  evtanaziya  -  ahvoli  og'ir,  uzoq  vaqt  surunkali  kasallik  bilan  og'rib  kelayotgan 

bemorlarga,  masalan  MNS  shikastlangan,  tug'ma  majruh  va  xavfli  o'sma  kasalligi  bo’lgan 

bemorlarga ma’lum vosita va harakatlar orqali o'limni tezlatish. Bundan tashqari, ixtiyoriy va 

majburiy  evtanaziya  ham  mavjud.  Ixtiyoriy  evtanaziya  bemorning  talabi  va  roziligi  bilan 

bajariladi. Binobarin, o'lim muqarrar va undan qochib bo'lmaydi, u hayotning so'nggi bosqichi 



hisoblanadi. 

Majburiy 

evtanaziyada 

bemorning 

fikri 

e'tiborga 



olinmaydi. 

Yana 


«antievtanaziya»  atamasi  ham  mavjud.  Bu  holatda  barcha  vositalardan  foydalanib,  qanday 

bo’masin bemorning hayotini saqlab qolish nazarda tutiladi. 

Tasavvur  qilaylik,  ertaga  evtanaziyani  tan  olishni  ruxsat  etuvchi  qonun  chiqdi.  Shu  zahoti 

qator muammolar paydo bo'la boshlaydi. Ya'ni: 

1. Evtanaziyani  kim  o'tkazadi?  Bu  ish  uni  amalga  oshirishni  istamaydigan  shifokor 

zimmasiga yuklatilsachi? 

2. Kasallikning erta bosqichlarida, uni davolash uchun kurash va bemorning hayotini saqlab 

qoluvchi faol izlanishlar susayib ketish holatlari ko'rina boshlaydi. 

3. Shu  bilan  birga,  qarindoshlarning  befarqligi,  bemorga  uy  sharoitida  qaray  olmasliklari 

sababli yoki har qanday to’lovga rozi bo'luvchi. uning o'limidan manfaat topuvchilar uchun yo'l 

ochiladi.  Tibbiyot  xodimlarining  evtanaziyadan  o'z  manfaatlari  uchun  foydalanish  holatlari 

paydo  bo'la  boshlaydi.  Evtanaziya  yordamida  ba'zi  jinoyatchi  guruhlar  o'zlariga  xalaqit 

berayotgan  odamdan  qutulish  imkoniyatini  qo'lga  kiritadilar.  Shuningdek,  transplantatsiya 

maqsadida  (organlar  kerak  bo'lib  qolganda)  evtanaziya  yordamida  odamdan  qutulishning 

qo'shimcha imkoniyatlari paydo bo’ladi. 

4.  Qiziq,  hozirgi  sharoitda  evtanaziya  muammosini  qanday  yechish  mumkin?  Qachonki, 

bemorlar  dori  vositalari  va  davolash  asboblari  yo'qligi  natijasida  o'lib  ketayotgan  bo'lsa. 

Aftidan  shu  sabab  bo'yicha  ham  evtanaziyani  tez-tez  qo'llashga  imkoniyat  yaratilganga 

o'xshaydi. Natijada quyidagi ikki savol paydo bo'Iadi: 

 

1.  Lekin bunga shifokorlar-hamshiralar ma'naviy jihatdan haqlimi? 



2. Bungungi kunda evtanaziyani amaliy tibbiyotga kiritish lozimmi? 

Bu  savollarga  javob  bermoq  uchun  boshqa  mamlakatlarning  tajribalarini  o’rganish,  tib 

an'analarini ko'zda tutish, tib bioetikasi masalasini, deontologiya, yuridik huquqlar, psixologiya 

va  nihoyat,  bemorlar,  ularning  qarndoshlari  va  jamoat  fikrlarini  bilish,  ularni  izchil  o'rganish 

zarur.  Shulardan  keyingina  ehtiyotkorlik,  sinchkovlik  bilan  evtanaziya  muammosini  baholash 

mumkin.  Lekin  nima  bo’lganda  ham  shifokor  qasamiga  sodiq  qolishi  va  bemorning  hayotini 

saqlashga, uning ahvolini yengillashtirishga harakat qilishi kerak. 

Bemorning  hayotdan  ongli  ravishda  ko'z  yumishi  hech  qachon  rahm-shafqat  yuzasidan 

qilingan  ish  deb  baholanmaydi.  1950  yilda  AQShda:  «Bemorning  xohishi  va  qarindoshlari 

ruxsatiga ko'ra og'riqsiz vositalar bilan o'limni tezlatish kerakmi?» - degan savolga 36%, 1973 

yilda  esa  50%  ijobiy  javob  olingan.  Bugun  Gollandiya  dunyo  bo’yicha  «evtanaziya 

muolajasini» qonunlashtirgan birinchi mamlakat hisoblanadi. Ma'lumotlarga qaraganda, har yili 

4 mingga yaqin bemor evtanaziyani tanlar ekan. 



Bizningcha,  qaltis  va  nozik  masalaga  shifokorlik  deonotologiyasi  nuqtai  nazaridan  rad 

javobini  berish  kerak.  Buqrot  asarlaridan  biriga  «O’ldirma»  degan  naqlni  epigraf  qilib  olgan. 

U:  «Men  shifokorlik  faoliyatimda  bemorning  o'limiga  sabab  bo'ladigan  biron  bir  dorini 

ishlatmaslikka  qasam  ichaman»,  -degan.  Xuddi  shu  orinda  hazrat  Alisher  Navoiyning  «Tabib 

jallod emas», degan iborasini eslash kifoyadir. 



 

Yüklə 126,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin