Yassi chuvalchanglar tipi


Oq planariyaning tuzilishi va hayot kechirish xususiyatlari



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.04.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#56583
1   2   3   4   5   6
yassi chuvalchanglar tasnifi

Oq planariyaning tuzilishi va hayot kechirish xususiyatlari 

O’rganiladigan chuvalchanglarning sistematik o’rni 

Tip Yassi chuvalchanglar – Plathelmintes 



Sinf Kiprikli chuvalchanglar – Turbellaria 

Turkum Uchshoxli ichaklilar – Tricladida 

Tur Oq planariya – Dendrocoelum lacteum  

 

 



Oq (sutsimon) planariyani chuchuk suv havzalarida, daryolarning  sekin 

oquvchi  joylarida,  ko’llarda,  suv  osti  toshlari  ostida,  suv  o’simliklarining 

tanasida,  barglarning  ostki  tomonida  uchratish  mumkin.  Uning  cho’ziq  va 

yassi  tanasining  uzunligi  20-25  mm,  eni  6-7  mm  ga  teng.  Tana  eni  deyarli 

butun gavda bo’ylab bir xil bo’ladi. Lekin oxirgi qismi ingichkalashib, uchli 

bo’lib  tugaydi.  Tananing  oldingi  uchi  bir  tekis  kesilgan  bo’lib  ko’rinadi. 

Bosh  qismining  ikkala  yon  tomonida  ikkita  kalta  paypaslagichlari,  tepa 

qismida  esa  ikkita  ko’zchasi  joylashgan.  Ushbu  tashqi  organlarning 

joylashishi  va  soniga  qarab  planariyani  bilateral  simmetriyali  hayvonlarga 

mansub  ekanligini  payqash  mumkin.  Tanasining  usti  mayda  va  nozik 

kipriklar  bilan  qoplangan.  Ushbu  kiprikchalarning  harakati  tufayli  tana 

atrofida  suv  oqimi  yuzaga  keladi  va  suvdagi  kislorodni  tana  yuzasi  orqali 

qabul  qiladi.  Shuningdek  kiprikchalar  yordamida  planariya  suzib 

harakatlanadi.  Aslida  tananing  harakatlanishida  teri-muskul  xaltasidagi 

muskul tolalarining roli kattadir. 

Planariyaning  teri-muskul  xaltasi  ancha  yaxshi  rivojlangan.  Ushbu 

xaltaning  eng  ustki  qavati  kiprikli  epiteliy  hujayralaridan,  uning  ostida 

halqasimon,  dioganal  (kesishgan),  bo’ylama  va  dorzo-ventral  (ustunsimon) 

muskul tolalaridan iborat. Bu  muskul tolalarining bo’lishi tufayli, planariya 

tanasini ancha cho’zish va qisqartirish imkoniga ega bo’ladi. 




 

Oq planariya – Dendrocoelum lacteum 



A  –  umumiy  ko’rinishi,  B  –  ovqat  hazm  qilish  va  nerv  sistemalarining  tuzilish 

sxemasi A: 1  – bosh tomoni, 2  – dum qismi, 3  – tananing o’ng tomoni, 4  – 

tananing chap tomoni, 5 – ko’zlar;  B:  7-13 – ovqat hazm qilish  sistemasi 

(7  –  tomoq  cho’ntakchasi,  8  –  og’iz  teshigi,  9  –  tomoq,  10  –  ichakning 

oldingi  shoxchasi,  11  –  uning  yon  shoxchalari,  12  –  ichakning  keyingi 

shoxchalari,  13  –  ichakning  berk  uchlari),  14-16  –  nerv  sistemasi  (14  – 

tomoq  usti  juft  nerv  tuguni,  15  –  juft  bo’ylama  nerv  tomirlari,  16  – 

kundalang komissuralar).  


 

Oq  planariyaning  ovqat  hazm  qilish  sistemasi  gavdaning  qorin 

tomonini  o’rtasida  joylashgan  og’izdan  boshlanadi.  Og’iz  halqum  bilan 

tutashgan.  Halqum  muskulli  silindr  shaklida  bo’lib,  u  so’ruvchi  xartumcha 

hosil  qiladi.  So’ruvchi  xartumcha  halqum  chuqurchasi  (cho’ntakchasi)  da 

joylashgan.  Planariya  oziqlanishi  vaqtida  xartumcha  ag’darilib  tashqariga 

chiqadi va oziqani qabul qiladi, ba’zan esa xartumcha o’ljasining ichki suyuq 

to’qimasini so’rib olishi ham mumkin. Halqumdan keyin uch shoxchali o’rta 

ichak keladi. Ichak shoxchalarining biri tananing oldingi uchi tomon, ikkitasi 

esa  halqumning  ikkala  tomonidan  aylanib  o’tib,  tananing  keyingi  uchiga 

boradi.  Uchala  shoxchalar  ham  yana  yon  shoxchalar  hosil  qiladi,  lekin 

ularning uchi berk. Planariyada orqa ichak va anal teshigi bo’lmaydi. Hazm 

bo’lmay qolgan  oziqa qoldiqlari og’iz  orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. 

Planariyaning  ajratish  organlari  protonefridial  tuzilishda.  Ushbu  sistema 

parenximada  tarqoq  holda  joylashgan  noksimon,  ba’zilarida  yulduzsimon 

hujayralardan  iborat.  Hujayralar  ichida  bir  bog’lam  kipriklar  bo’ladi. 

Kipriklarning  tebranishi  tufayli  hujayra  ichidagi  suyuqlik  naychalarga 

chiqadi.  Bunday  naychalar  birlashib,  gavdaning  ikki  yon  tomonidagi 

umumiy  naylarga  qo’shiladi.  Umumiy  naylarning  chiqarish  teshigi 

tashqariga ochiladi. 

 



            

 

                                  A                                                               B 



Oq planariya teri-muskul xaltasining kesmasi. 


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin