Yalliglanishga qarshi dorilar


Immun rag‘batlantiruvchi vositalar



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix16.03.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#88211
1   2   3   4   5   6   7   8   9
8 - Nazariy material f8c50a6744ac4873f1937c20b38fba6c

 
Immun rag‘batlantiruvchi vositalar 
Immuntanqis 
xolatlarda, 
surunkali 
infeksiyalar, 
xavfli 
o‘simtalarning 
kompleksterapiyasida immun jarayonlarni rag‘batlantiruvchi (meyorlashtiruvchi) vositalar 
qo‘llaniladi. Immunrag‘batlantiruvchi sifatida biogen moddalar (timus, interferon, interleykin-2 
dori vositalari, BSJ) va sintetik birikmalar (masalan levamizol) qo‘llaniladi. 
Tibbiyot amalyotida timusni immun javobni rag‘batlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan qator 
dori vositalari (timalin,taktivin, va boshqalar) qo‘llaniladi.Ular polipeptidlar yoki oqsillarga 
qarashli.Taktavin(T-aktavin) T-limfotsitlar soni va funksiyasini meyorlashtiradi (immuntanqis 
xolatlarida) sitokinlar ishlab chiqarilinishini rag‘batlantiradi, T-killerlarni susaygan funksiyasini 
tiklaydi va uni immuntanqis xolatlarda (onkologik bemorlarni nur bilan davolash va 
ximiyaterapiyasi, surinkali yiringli va yallig‘lanishli jarayonlar va shunga o‘xshash) 
limfagranulomatozda, limfaleykozda, tarqoq sklerozda qo‘llaniladi. Sitokinlar guruhiga mansub 
bo‘lgan interferonlar viruslarga qarshi immun rag‘batlantiruvchi va antiprolifirativ ta’sirlarga 
ega. α-, β- va γ- interferonlar ajratilgan. Immunitetni kuchli darajada boshqarish xossasiga γ- 
interferon ega. Interferonlarni immunotrop ta’siri makrofaglarni, T-limfotsitlarni va tabiiy killer 
xujayralarni faollashtirishda namoyon bo‘ladi. Inson donor qonidan olinadigan interferonlarni 
tabiiy (interferon, interlok), hamda rekombinant interferonlar (reaferon, intron-A, bettaferon) 
dori vositalari chiqarilmoqda. Ularni ko‘pincha virusli infeksiyalar (masalan: gripp, gepatit), 
hamda ba’zi o‘sma kasalliklarida (B-xujayralarning limfomasi) qo‘llashadi. Bundan tashqari 
immunorag‘batlantiruvchi sifatida ba’zan endogen interferonlar ishlab chiqarishni 
kuchaytiruvchi 
interferonogen 
deb 
ataluvchilarni 
(poludan, 
prodigiozan) 
qo‘llashadi.Immunorag‘batlantiruvchi sifatida ba’zi interleykinlarni masalan: rekombinant 
interleykin-2 ni tavsiya etishadi. BSJsilga qarshi vaksinasiya uchun qo‘llaniladi. Xozirgi vaqtda 
ushbu dori vositani ba’zan xavfli o‘simtalarni kompleks davolashda qo‘llashmoqda. BSJ 
makrofaglarni, chamasi, T-limfotsitlarni rag‘batlantiradi ba’zi ijobiy natijalar o‘tkir mieloid 
leykemiyasida , limfomalarni ba’zi xillarida (xodjikin limfomasiga tegishli bo‘lmagan), ichak va 
ko‘krak bezi rakida , peshob xaltasining yuzaki rakida qayd etilgan. Sintetik dori vositalardan 
biri bo‘lib, levamizon (dekaris) xisoblanadi . Gidroxlorid ko‘rinishida qo‘llaniladi. Kuchli 
darajada gijjalarga qarshi va immun rag‘batlantirish ta’siriga ega. Oxirgisining mexanizmi to‘liq 


aniqlanmagan. Levamizon makrofaglar va T-limfotsitlarga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishi 
xaqida ma’lumotlar mavjud. Antitelolar ishlab chiqarilishini u o‘zgartirmaydi. Binobarin 
levomizonning asosiy ta’siri xujayra immunetetini me’yorlashtirishda namoyon bo‘ladi. Uni 
immuntanqis xolatlarda, ba’zi surunkali infeksiyalarda, revmotoid artiritda va qator o‘smalarda 
qo‘llashadi. Levomizolni spetsifik ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalar bilan birgalikda qo‘llash 
uchun tavsiya etiladi. Bir marta ichilganda noxush ta’siri rivojlanmaydi. Shu bilan bir qatorda 
levamizonni davomli , ayniqsa katta dozalarda , qo‘llaganda turli xil va anchagina jiddiy noxush 
ta’sirlar yuzaga keladi. 
Jumladan kuchli darajada allergik reaksiyalar (toshma, isitmalash, 
stomatit) qon hosil bo‘lishini susaytirishi (neytropeniya, agranulotsitoz) bo‘lishimumkin. 
Bundantashqarinevrologik (qo‘zg‘alish, uyqusizlik, boshog‘rig‘i, boshaylanishi) va dispepsik 
o‘zgarishlar kuzatiladi. Qon hosil bo‘lishi susayishi mumkinligini inobatga olib levamizolni 
davomli qo‘llashda periferik qon holatini nazoratga olish darkor. Polioksidoniy va imunofan 
ham immun rag‘batlantirish xossasiga egadirlar. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin