Vokal musiqa
Mavzu rejasi:
1. Qo‘shiq va romans o‘zbek kompozitorlari ijodiyotida.
2. Romans janrining rivojlanishi.
3. Jo‘rli va jo‘rsiz xor san’atining rivojlanishi.
4. Bir qismli vokal-simfonik janrlarning rivojlanishi.
5. Ko‘p qismli vokal-simfonik (syuita, kantata va oratoriya), janrlarning rivojlanishi. Syuitalar. Oratoriyalar.
Vokal musiqa (qo‘shiq, romans, a’kapella xorlar) – cholg‘u jo‘rligida yoki jo‘rsiz kuylash uchun mo‘ljallangan musiqadir. Vokal musiqaning asosini tashkil etuvchi matn (she’r) – mazkur janr mukammaligida muhim ahamiyatga egadir.
Qo‘shiq – keng ma’noda she’riy-musiqiy janr; vokal musiqaning eng ommalashgan, ko‘proq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga mo‘ljallab to‘qilgan she’riy asarlarning umumiy ifodasi.
XX asrning 20 – yillarida yaratilgan dastabki qo‘shiqlar asosan xalq farovonligi, fidokor mehnatkashlar hayotini ifodalashga qaratilgan bo‘lib, ushbu janrda jonbozlik ko‘rsatgan bastakor va kompozitorlar qu‘yidagilar edi: To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Komiljon Jabborov, Imomjon Ikromov, Fahriddin Sodiqov va h.k.
|
|
Dostları ilə paylaş: |