1870 y. imperator Mutsixito segunlarning an’anaviy tangasini
ajdarho rasmi tushurilgan dollarga almashtirdi. Yaponlarda dollar
iena deb nomlana boshlandi (dumaloq tanga), sent esa – sen.
Ushbu chora-tadbirlarning barchasi yagona umumyapon bo-
zorini, yagona iqtisodiy makonni shakllanishiga olib keldi.
◄ Agrar islohotlar
1872-73 yy.da Yaponiyada agrar islohot amalga oshirildi. U
feodal yer egaligini bekor qilinishi, yerning yangi egalarini shakl-
lanishi masalalarini hal etishi zarur edi. Yer rasmiy ravishda uni
taqsimlovchilarga tegishlidir. Dehqonlar, yerga meros sifatida
erishganlar ularning egalariga aylandilar.
1873 y.da yer solig‘i joriy qilinib, u davlat budjetining asosiy
manbasiga aylandi. U barcha yer egalariga tegishli bo‘lib, uning
hajmi olingan hosilning 50%gacha belgilangan edi.
Shunday qilib Yaponiyada yerga xususiy mulkchilik qonuni-
ylashtirildi; uni erkin sotish-sotib olishga ruxsat berildi, yer egalar-
ining yangi kategoriyalari paydo bo‘ldi; yerning sobiq egalariga
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoni berildi. Bularning hammasi
ishlab chiqarishning kapitalistik shakllarini vujudga kelishiga asos
bo‘ldi.