Xususiyatlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix22.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#159661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
57 Boboyeva Feruza Nosirjonovna 399-409

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(7), July, 2023 
404 
v) iroda – bu amaliy ong, o‘zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning 
o‘zini ongli idora qilishidir
g) iroda – bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog‘liq bo‘lgan 
xususiyatidir. Ammo u qaysidir harakatning motivi hisoblanmaydi.
Irodani boshqarishni rivojlantirish uchun mashqlar. 
Qulay o‘tirib oling, o‘zingizni bo‘sh tutishga harakat qiling. (K. Rodjers (1902 
yil)) 
1.
Irodaning kuchsizligi sababli siz va sizning yaqinlaringizda sodir bo‘lgan 
ko‘ngilsizliklarni yorqinroq ko‘z oldingizga keltiring. Shuning natijasida sodir 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarni tasavvur qiling. Ularning har birini 
batafsil o‘rganing, uning nimadan tashkil topganini chuqurroq aniqlashga harakat 
qiling. Shundan so‘ng sodir bo‘lgan ko‘ngilsizlar ro‘yxatini tuzing. Sizda oldin aks 
etgan uyat,
o‘zidan qoniqmaslik holatlarini his eting va mavjud holatni o‘zgartirish 
istagi hamda uning yana qaytarilmasligiga intiling.
2.
Irodangizni rivojlantiradigan ustunlikni, siz va sizning yaqinlaringiz undan 
oladigan yaxshilik va xursandchiliklarni yorqinroq tasavvur qiling. Ushbu 
ustunliklarni batafsil tahlil qiling. Ularning har birini aniq o‘rganishga harakat qiling 
va yozib qo‘ying. Ushbu fikrlarni uyg‘otadigan tuyg‘ularga batamom beriling: 
sizning oldingizda imkoniyatlarni ochadigan xursandchilik, uni amalga oshirishdagi 
kuchli xohish, zarur hatti-harakatni darhol boshlashga intiling.
3. Kuchli va qat’iyatli irodaga egaligingizni yaxshiroq tasavvur qilishga harakat 
qiling. Mustahkam va qat’iyat bilan qadam tashlayotganingizni, turli-tuman 
vaziyatlarda o‘zingizni qanday jasurlik bilan boshqarishingizni tasavvur qiling: siz 
qo‘yilgan maqsadlarni aniq tasavvur qilayapsiz, bunga bor kuchingizni sarflashga 
qodirsiz. Tasavvur qiling, qanday qat’iyatlisiz, o‘z hatti-harakatlaringizni qay 
darajada boshqara olasiz. Hech nima sizni dovdiratib qo‘yolmaydi. O‘zingiz o‘ylagan 
ishda muvaffaqiyatga erishishni tasavvur qiling.
Yuqoridagi holatlarga yaqin vaziyatlarni tanlang va bunda iroda kuchiga 
tayanishga harakat qiling. Ushbu holatlarda siz istalgan sifatlarni qay tarzda namoyon 
etishingiz mumkinligini tasavvur qiling.
Oldin aytib o‘tganimizdek, iroda – bu turli psixologik elementlar orqali 
namoyon bo‘ladigan umumlashgan tushunchadir. Irodaning tarkibiy elementlari 
haqida gapirib, ularning yaxlitligi, soni, ular orasidagi farq hamda aloqalar nazarda 
tutiladi. Ko‘p hollarda maqsad sari intilish, qat’iyatlilik, chidamlilik, sabotlilik, 
mustaqillik, jasurlik, o‘zini idora eta olish va tashabbuskorlik kabi sifatlar ajratib 
ko‘rsatiladi. Iroda elementlariga tanqidiylik, ijrochilik va o‘ziga ishonchni kiritish 
mumkin.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin