Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan



Yüklə 139,07 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü139,07 Kb.
#43628
3-maruza matni



XORIJDA IJTIMOIY PEDAGOGIKANING FAN SIFATIDA 

RIVOJLANISH TARIXIDAN. 

 

Ijtimoiy    pedagogikaning    fan    sifatida    rivojlanishi    ancha    qadimiylikka  

borib tutashadi.  Uning  qadimiyligibuyuk  mutafakkirlarning  ilmiy  qarashlarida   

o’z      tasdig’ini  topgan.  Ijtimoiy    pedagogikaning    fan    sifatida    rivojlanishining  

Birinchi  bosqichi-  qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrini o’z ichiga 

oladi. Bu davrda faktlar to’planishi, tarbiya tajribasining anglanishi, pedagogik  va 

ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi   ro’y bergan.   Ijtimoiy  pedagogikaning  bu  

rivojlanish    bosqichi    tarbiyani    ijtimoiy    hodisa  sifatida    asta-sekin    tan    olinishi  

bilan  xarakterlanadi.   Buning  natijasida  turli  tarbiya nazariyalari paydo bo’lgan. 

Birinchi  bosqichning  bu  kabi  davriy  chegaralanishi  avvalambor,  insoniyat 

tarixining    ilk    bosqichlarida    ham    ijtimoiylashtirish    muammosining    mavjud  

bo’lganligi    bilan    izohlanadi.    CHunki    ibtidoiy    jamoada    to’plangan    boy  

tarbiyaga    oid      ijtimoiy    pedagogik  g’oyalar    haqida    gapirishga    imkon    beradi.  

Tarbiya  ijtimoiy  hodisa  sifatida  insonning  hayvonot  olamidan  ajralishi  bilan  

paydo  bo’lgan..  Dastlab  tarbiya  faoliyat  turi  sifatida  yuzaga  kelgan  bo’lsa,  

keyinchalik    esa    o’ziga    o’ziga    xos    faoliyat    turiga    aylangan    va    bu  bilan  

shug’ullanuvchi  odamlar-tarbiyachilar  paydo  bo’lgan.  Vaqt  o’tgani  sari  tarbiya 

jarayoni  ham  murakkablashib  borgan,  yosh,  jins,  mazmuniga  ko’ra  farqlana 

boshlagan,  uning  axloqiy  jihatlariga  e’tibor  qaratila  boshlagan.  Juft  oilalarning 

oilaviy  tarbiya  ham  ommalasha  boshlagan.  Bundan  tashqari,  arxeologik  

ma’lumotlar ibtidoiy jamoada  kasal  va  yaradorlarga  yordam  ko’rsatilganligini  

bolaligida  olingan  jarohatlar  tufayli  vafot etganlarning  skeletlari  asosida  to’la  

tasdiqlaydi.   Bu  kabi  qarashlar  etnografik ma’lumotlarda  paydo  bo’lish  bilan  

ham  o’z  tasdig’ini  topgan.  Ibtidoiy  jamoa  tuzumida yashagan barcha elatlarida 

mehnatning  jins  va  yoshga  qarab  ajratish  an’anasi  bo’lgan.  Mavjud  yoshlarni 

muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o’rgatishgan.  

Bularning  hamasi  ibtidoiy  jamoada  ijtimoiy-pedagogik  tajribaning  ilk 

ko’rinishlari  mavjud bo’lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. 

Agar    ibtidoiy    davrni    ijtimoiy      pedagogik    amaliyotning    vujudga    kelishiga  

zamin  yarangan    bo’lsa,    qadimgi    dunyoning    ilk    sivilizatsiyalarining    paydo  

bo’lishi    ijtimoiypedagogik    fikrning    shakllanishiga    kuchli    ta’sir    ijtimoiy-

pedagogik  fikrning  shakllanishi  yozuv  hamda  pedagogik  g’oyalarning  yozma  

manbalarda  ko’rsatilgan  saqlanib  qolish hodisasi bilan bog’liqdir.  

SHarqning  quldorlik  davlatlarida  ijtimoiy  pedogogik  g’oyalar  bir  nechta 

mualliflar   tomonidan  shakllantirilgan  va  odatda  muqaddas  kitoblar  shaklida  

butun  xalq  mulkiga  




aylangan  (Xitoyda-SHukit,  Hindistonda-Vedalar,  Misrda-Tot  xudosi  kitoblari,  

O’rta  Osiyoda-Avesto va boshqa). Faqatgina miloddan avvalgi I  ming yillikning 

o’rtalari  va  ikkinchi  yarmida  ijtimoiy  pedogogik  g’oyalarni  yaratuvchilarining 

nomlari  ma’lum  bo’la  boshlaydi.  SHubhasiz,  ijtimoiypedagogik  tafakkurning 

rivojlanishiga  antik  davr  (yunon  va  rim)  faylasuflari    katta    hissa    qo’shishgan.  

Xususan,   Suqrot    (mil.   avv.   469-399   y)      “O’z    o’zingni  angla” degan shiorni 

ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni   yo’qotishi mumkinligini 

ta’kidlagan. Demokrit  (mil.  avv.  460-370  y)  o’z  ta’limotida  tarbiyada  bola  

tabiatini    hisobga    olish    tamoyilini    asoslab    bergan.    Bundan    tashqari    uning  

fikricha,  bola  tarbiyasini  yoshligidan boshlamoq kerak. 

Aflotun    (mil.  avv.  423-347  y)  ilk  marotaba  davlat  va  tarbiyaning  o’zaro 

munosabati    g’oyasini  ilgari  surgan.  Uningcha  tarbiya  davlatning  eng  muhim 

vazifasi  bo’l  gan.    Arastu    (mil.avv.    384-322    y)    faylasuf,    qomusiy    olim.    U  

antik  duyoda  tarbiyaning  eng  to’liq  nazariyasini  ishlab  chiqqan.  Aflotundan  

farqli  o’laroq  u  inson  tarbiyasida  asosiy urg’uni davlatga to’liq bo’ysundirishga 

emas,  balki  insonning  o’zini  manfaatlariga    qaratadi.    SHaxsning    jamoat    bilan  

uyg’un  rivojlanishi  to’g’risidagi  g’oya  ham  unga  tegishlidir. 

Mark    Fabiy    Kvintilian    (mil.    avv.    42-118    y)    notiqlik    san’atining  

qadimgi  yunon  nazariyotchisi, pedagog. Ilk pedagogik asar bo’lmish “Notiqning 

tarbiyasi haqida” unga tegishli  bo’lib,  unda  tarbiyaning  muhim  g’oyalari,  ta’lim  

metodikasi    bayon  etilgan.Kvintilianning    asosiy    g’oyalari    –o’z    “men”nini  

saqlab  qolish,  “o’z  ustidan” hukmronlikka erishish kabilarni tashkil etadi. 

Feodalizm  davri  tarbiyasining  o’ziga  xos  xususiyatlari  asketizm,  dunyo  

dinlari    qoidalariga  qattiq  amal  qilish  bo’lgan.  O’sha  davrning  (VI-XII  asrlar) 

ijtimoiy-pedagogik  g’oyasini    yaratuvchilari    o’sib    kelayotgan    avlodga  

singdirmoqchi    bo’lgan    axloqiy    qadriyatlar    orasida    hamdardlik,    yaqinlarga  

yordam,  xususan  kasallar  va  nochorlarga  yordam kabilar paydo bo’ldi. 

XV-XVI  asrda  avval  Italiyada,  so’ngra  yevropaning  boshqa  davlatlarida  

kapitalistik   munosabatlar  rivojlana  boshladi.  Paydo  bo’layotgan  yangi  toifa  

vakillariga, aksariyat  ziyolilarga  asketizmning  tamoyillari   begona  edi.  YAngi  

burjua  madaniyati  shakllana  boshlaydi  va  uni  xarakterlashtirish  uchun  odatda  

insoniylashtirish    va    qayta  tiklash    tushunchalar    qo’llanilgan.    Gumanizm  

(insoniylik)    tushunchasi    yangi    madaniyat    markazida    ilohiylik    emas,    inson  

turishi  guvohlik  berardi.  Uning  o’zi  ham  qalban,  ham  jisman  go’zal  bo’lishi  

lozim.  Faqatgina  inson  ongi,  kuchi,  muvaffaqiyatiga  ishonchi,  faolligi,  irodasi  

tufayli  barcha  qadriyatlar  va  o’z  baxtining  yaratuvchisiga  aylana  oladi.  

Asketizm(yunoncha)-    tuyg’u    va    istaklarnicheklash    yokibostirish,    azob  

tortish,    hayot    ne’matlaridan    voz    kechish.    Bu    yerda    gap    uning    shaxsiy  

hislatlari,  shaxsiyati,  



mashhurligida  emasligi  hisobga  olingan..  SHu  bilan  birga  gumanistlar  cherkovga 

qarshi  ochiq  qarshi  chiqmaganlar.  Ular  xudoni,  olamni  harakatga  keltirgan  va  

o’shandan  beri unga aralashmagan yaratuvchi deb bilishgan. 

XIV-XVI asrlar gumanistlarining aksariyati yoki o’zlari pedagog bo’lishgan 

yoki    pedagogik    nazariyaga    murojaat    qilishgan.    Gumanizm    g’oyasi  

pedagogikada  xuddi  ana shu davrlardan boshlab o’rnasha boshlagan. 

Asl    tarbiya    o’z    mohiyatiga    ko’ra    doim    go’zallik    haqida,    uning    kelajagi  

haqidagi  g’amxo’rlikni    bildirgan.    Uyg’onish    davrida      ijtimoiy    gumanizm  

g’oyalarini    amalga  oshirila    boshlanishi    mashhur    italiyalik    pedagog-gumanist  

Vittorino  de  Genotre  (1378-1446)  tomonidan  ilk  marta  “Quvonch  uyi”  nomli  

internat    maktabning    yaratilishi    bilan  bog’liq.    SHuni    ta’kidlash    joizki,  

ta’riflanayotgan  davrda  din,  pedagogika  va  ijtimoiypedagogika bir-biriga uzviy 

ravishda rivojlangan. 

Diniy  qarashlarda  asosiy  e’tibor  umuminsoniy  qadriyatlarga  qaratilgan.  

Diniy    rivoyatlarda,    muqaddas    kitoblarda      oyatlarda    axloqiy    o’gitlar,  

insonlararo    munosabatla,    qavm-qarindoshlarga,,  bolalarga  g’amxo’rlik  haqida 

ko’p gapirilgan. Bu asosda ko’pgina  avlodlar  tarbiya  topishgan  va  bu  borada  

yevropada  cherkov  uzoq  vaqt  mobaynida “nogiron  bolalar”  rahnamosi  bo’lgan.  

Unga      nafaqat    ruhiy    yordam    so’rab,    balki    tibbiy,  moddiy    yordam    so’rab,  

adolatsizlikdan    himoya    so’rab    murojaat    qilishgan.    Butun  dunyoda    diniy  

tashkilotlarning  boy  ana’nalari  mavjud.   Masalan,  yevropada  antik davrlardan  

buyon  ota-onasiz  qolgan  bolalarni  ibodatxonalar  eshigi  oldiga  qo’yib  

ketishgan. Manbalarga ko’ra ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV 

asrda Kesariya (Kichik Osiyo) shahrida yepiskop  Vasiliy Kesariyning tashabbusi 

bilan  paydo  bo’lgan.  787  yilda  bunday  muassasa  Milandagi  soborda  ham  paydo 

bo’lgan.  Uzoq  vaqt  u  yevropada  yagona  bo’lib  tashkilot  qolaverdi  va  faqat  XIV 

asrga  kelib  tarbiya  uylari  soni  30    tagacha    ko’paydi.   Qizig’i,   endi    unda    faqat  

tarbiya    bilan    shug’ullanishmagan,    ularda  amaliy  ishlar  ham  olib  borilgan: 

onalarga  yordam  berilgan,  bolalarni  oilalarga  berishgan,  ularning    tarbiyasini  

nazorat    qilishgan.    Keyinchalik    ham    bolalar    uylari    ruhoniylar  tomonidan 

boshqarilgan. Parijda 1640 yil ruhoniy  Vinsentom Depolen  tomonidan asos  

solingan    tarbiya    uyi    juda    mashhur    bo’lgan.    U    uyni    qirol    Lyudovik    XIV  

tomonidan  moliyalashtirishga    erishgan.    Mehribonlik    bilan    shug’ullanuvchi  

organlar-    yirik    cherkov  tashkilotlari  ham  tuzila  boshlagan.  Ijtimoiy    pedagogika  

rivojining    ikkinchi    davri-    XVII-XIX    asrlar-    ijtimoiypedagogika    eng    ilg’or  

g’oyalar    va    ilmiy    konsepslar    bilan    boyitilgan    davr    bo’ldi    desak,  xato 

bo’lmaydi. 

XVIII-XIX    asrlar    (burjua-demokratik    inqiloblar    davri)    olimlarining  

(pedagog, 



faylasuf,  sotsiolog,  psixologlar)  davlat  va  jamoat  institutlari  bilan  biri  ijtimoiy-

pedagogik  muammolarni hal qilish g’oyalarining paydo bo’lishi davridir. Tarbiya 

masalalari  jamiyat  islohotlari,  inson  huquqlari  tengligi  bilan  bog’lana  boshlandi. 

Aynan shu davrda ijtimoiypedagogikaning asosiy yo’nalishlarining aniq faoliyatda 

amalga  oshishi  sodir  bo’ladi.  Ijtimoiy    pedagogik    g’oyalarning    rivojlanishiga  

fransuz    faylasufi,    yozuvchi,  ma’rifatparvar    J.J.Russo    (1712-1778    y)    ulkan  

hissa    qo’shgan.    U    tabiiy    huquq,    din    va  tabiiy  rivojlanish  asosiga  qurilgan 

tabiatan shakllangan tarbiya g’oyalarini ilgari suradi.  

Rus    qomusiy    olimi    va    pedagog    M.V.Lomonosov    (1711-1765    y)    o’z  

“reglamentlari”da    tarbiyaning  xalqparvar  g’oyalarini,  insonga  faol  shaxsga 

bo’lganidek  yondas  huvni,  bolani  axloqiy  sifatlarini  shakllantirish  muhimligini 

bayon  etgan.YAngi      ijtimoiy    pedagogik    g’oyalar    fransuz    faylasufi    va  

ma’rifatparvari    Klod  Adriana    Gelvetsiy    (1715-1771    y)    ishlarida    ham    tilga  

olingan.    Ular    tarbiya    omillarimuhit  va  pedagogik  ta’sir,  shaxsiy  va  jamiyat 

manfaatlarining birligi masalalaridir.  

SHvetsariyalik  buyuk  pedagog  Iogann  Genrix  Pestalotssi  (1746-1827  y)  

o’z    faoliyatida  ijtimoiy  pedagogik  nazariyani  va  amaliyotni  birlashtirgan  va  o’z 

mablag’lari  evaziga  yetimlar  uchun  uylar  ochgan.  XIX    asr    shunisi    bilan  

xarakterliki,    bu    davr    mobaynida      ijtimoiy    pedagogikaning    pedagogikadan  

ajralishi  jarayoni  sodir  bo’lgan.  Ikkinchi  tomondan  uning  boshqa  fanlar  

psixologiya,      ijtimoiyogiya,    tibbiyot,    falsafa    kabi    fanlar    yaqinlashuvi    bilan   

ham    ro’y    bergan.     XIX  asr  ijtimoiy  pedagogikaning  asosiy  yo’nalishlariga  esa 

quyidagilar tegishli: 

1)   ijtimoiy  pedagogikaning  nazariy  asoslarini  ishlab  chiqish-  bu  uning  fan  

bo’lishiga  

olib kelgan. Bu yo’nalishga mafkurani ham kiritsa bo’ladi.  

2)    Ta’lim  sohasidagi    ijtimoiy  pedagogik  faoliyat.  Gap   ijtimoiy  pedagogik  

ta’lim,  

tarbiya maqsadi va xarakteriga ta’siri haqida ketmoqda.  

3)   Xayriya   va  o’quv-tarbiya   muassasalarining  tuzilishi  bo’yicha    ijtimoiy  

pedagogik  

faoliyat (Bazedovning “filantroplari”, Ouenning “yangi institut” konsepsiyalari); 

4)      ijtimoiy  pedagogikaning  harakat  doirasining  kengayishi,  “nochor”  va  tanlab 

olingan  

bolalardan    tashqari    unga    boshqa    toifadagi    katta    yoshdagilar    ham    kiradi.  

Asosiysi    ijtimoiy  pedagogika  o’z  faoliyatida  davlat  darajasiga  chiqadi  va  o’z 

sheriklari bilan birga  

talablarini  qonuniy  rasmiylashtirishga  erishiladi.    XIX  asrning  60-70  yillarida 

Germaniya,  Angliya,  AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratiladi.  



Ijtimoiy  pedagogika  rivojlanishining  barcha  yo’nalishlarini  uning  eng  asosiy 

vazifasi-bolalarning  huquqlarini  himoya  qilish  birlashtiradi.  Biroq  XVIII-XI  X  

asrlarda    u  avvallari    e’tiborsiz    bo’lgan    g’oyalar    bilan    to’ldiriladi.    Aniqrog’i,   

ijtimoiy    pedagogika  g’oyasi    nazariyasi    va    amaliyotida    birinchi    o’ringa  

umuminsoniy  qadriyatlar  chiqadi.  

Ijtimoiy  pedagoglarni  birlashtirib  turgan  boshqa  muhim    g’oya  tarbiya  va 

ta’limning uzviy bog’liqligini anglash bo’ldi.  

Ingliz    faylasufi    va    pedagogi    Robert    Ouenning    ijtimoiy    pedagogik  

faoliyati  bir qancha  qiziqarli  va  sermaxsul  tajribalardan  iborat.  Nyu-Lenarkda  

“Inson  xarakterini tuzishni  yangi  instituti”ni  ishchilarning  turmush  darajasini  

yaxshilash   uchun    yaratib,   u  amaliyotda    ishlab    chiqarish   ta’limini    madaniyat  

bilan    bog’lab    qo’ydi.    Jahonda    ilk    marta  didaktik    o’yinlar    o’tkaziladigan,  

bolalarning    jismoniy    holati    haqida    g’amxo’rlik    qiluvchi  muassasalar  u 

tomonidan  tuzilgan.  Ingliz    faylasufi    Gebert    Spenser    (1820-1903    y)    oilaning  

shaxs    shakllanishidagi  o’rni    haqidagi    ijtimoiy    pedagogik    g’oyalar    bilan  

to’ldirilgan  asarlar  yaratgan.  Bu maqsadlarga  erishishi  uchun  u  qiziq  usulni  

ilgari    surgan-Angliyaning    davlat    va    siyosiy    tuzilmasini  oila  va    maktab 

tomonidan imitatsiyalashuvi. 

XIX    asrning    ikkinchi    yarmidan    boshlab    pedagogika    va    ommaviy  

tarbiya    tizimiga  buyurtmalar    kengayadi.  Unga  asta-sekin  yoshlarni  tarbiyalash, 

shuningdek    ijtimoiy    xulqatvor    normalarini    buzuvchi    shaxslarni    qayta  

tarbiyalash   kirgan.  Industiryalashtirish qishloq    axolisining   shaharga    ommaviy  

migratsiyasini  keltirib  chiqardi.  Buyurtmaning kengayishini  keltirib  chiqargan  

holat  yevropa  va  Amerika  mintaqalarining  ijtimoiy madaniy  jarayonlari  bilan  

ham    bog’liq.    Qishloq    axolisining    shaharga    ko’chib    o’tishlari    g’ayriaxloqiy  

xulq-atvor,  jinoyatchilik,  daydilikning  ko’payishiga  olib  keldi.  Ayniqsa,  

AQSHda    holat    nihoyatda    og’ir    edi.    Bu    davlatga    boshqa    kam    rivojlangan  

davlatlardan  axoli ko’chib  kelishi bilan bog’liq.  Ayni  vaziyatda cherkov rolining 

susayishi  kuzatildi.  U  shu    paytgacha    axloqiy    normalarning    ana’naviy  

tashuvchisi    bo’lib    kelgan.    Biroq    u  jamiyatning    yangi    ehtiyojlari    va  

voqeliklarini  anglay  olmadi  va  ko’pgina  odamlar hayotida  o’zining  avvalgi  

mavqeini    yo’qotdi.    SHu    bilan    birga    yevropada    milliy  davlatchilikning  

shakllanishi  va  Amerikada  millatning  yuzaga  kelishi  barcha  ijtimoiy 

qatlamlarda  muayyan  g’oya  va  qadriyatlarning  madaniylashuvini  talab  qilardi.  

Bu  esa masalani  yechish  vositalarini  topishni  taq  azo  etardi.  XIX  asr  oxirida  

mustaqil  fanga aylangan  ijtimoiy  pedagogika  rivojiga  aynan  shu  omil  vosita  

bo’ldi.  Bu  paytda  esa nemis  pedagogi  Fridrix  Disterveg  tomonidan  faqatgina  

XX  asrda  keng  qo’llanilgan ijtimoiy pedagogika  atamasi fanga  kiritildi. 




Aynan    shu    vaqtdan    ijtimoiy    pedagogikaning    mustaqil    fan    sifatida  

rivojlanishining  uchinchi    bosqichi    boshlanadi.    XX    asr    inson    sivilizatsiya  

tarixiga  ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish 

ob’ektidan  iqtisodiy    va    madaniy  sohaning    yetakchi    omiliga    aylandi.    Ilmiy  

inqiloblar  ijtimoiy  pedagogikaning  keying rivojiga  o’z  ta’sirini  ko’rsatdi.  Bu  

avvalambor    falsafa    orqali    amalga    oshdi.      Ijtimoiy    pedagogikaning    boshqa  

fanlar-psixologiya,    fiziologiya,    anatomiya,    tarix,    sotsiologiya    va    boshqalar  

bilan  yaqinlashuvi  ro’y  berdi.  Eng  asosiysi-XX  asrda  insonning  muammolari,  

uning  tarbiyasi  va  ta’limi  uchun  ijtimoiy  sharoitlarni  yaratish  zamonning  eng  

global  muammosiga    aylanadi.    Aynan    shu    davrda    pedalogiya-bolani    har  

tomonlama    o’rganish    haqidagi    fan    rivojlana    boshlaydi.    Uning    asoschilari  

E.Meyman,  S.Xoll,  Torndayk  hisoblanishadi.  Bu  borada  Rudolf  SHteynerning  

pedagogikasi  ham  muhim  ahamiyatga  ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g’oyalar 

va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagogika  arboblaridan Georg Kirshenshteyner 

(1854-1932 y)-Germaniya, Jon Dyui (1859-1952 y)-AQSH, Vilgelm Layni (1862-

1926 y)-Germaniya ko’rsatsa bo’ladi.  

G.Kirshenshteynerning    pedagogik    nazariyasi    maktablarni    bolalarning  

sust  qabul qilinishidan  faol  harakatdagi  ehtiyojlarini  amalga  oshirishga,  ijodga  

ko’ra    isloh    qilish  g’oyasiga  asoslanadi.  Kirshenshteyner  ijtimoiy  pedagogik 

tizimining  asosiy  tamoyillaribolalarni    jamiyatda    har    tomonlama    tayyorlash  

uchun    mehnat    maktablarini    yaratish,    hamkorlik    malakalarini    rivojlantirish,  

davlat  manfaatiga  xizmat  qiluvchi  bolalarning  fuqarolik tarbiyasidir.  

Jon    Dyui    pragmatik    pedagogika    asoschisi    hisoblanadi.    Uning    oliy  

qadriyatlari  amaliy   natija,  biznesda  muvaffaqiyatga  erishish  hisoblanadi.  Bu  

pedagogning    xizmati    shundaki,  u  maktab  bilan  hayotning  aloqasi,  ta’limning 

individuallashuvi  kabi ijtimoiy  psixologik g’oyalarga murojaat qilganidir. 

Vilgelm  Lay  “Ґarakatlar  pedagogikasi”ni  yaratdi.  U  inson  faoliyati  va  

mavjudligining    fiziologik    va    psixologik    mexanizmlarini    o’zida  

mujassamlashtiruvchi    biologik    reaksiya    tamoyiliga    tayangan.    U    tarbiyaning  

biologik    tomonini  -tug’ma    reflekslar,    sezgi,    reaksiyalar,    ularning    bolalar  

o’yinlarida  paydo  bo’lishini  va ijtimoiyogik tarbiyachining reaksiyalarga ta’sirini 

ko’rsatgan.  

Hozirgacha    turli    davlat    olimlari    o’rtasida      ijtimoiy    pedagogikaning  

boshqa  


pedagogik  fanlari  orasidagi  o’rni  borasida    –bu  mustaqil  fan  bo’la  oladimi  yoki 

faqatgina  

yosh guruhlarini o’rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning mustaqil bir sohasi 

bo’lib qolaveradimi, degan masaladabahs-munazara davometmoqda. 

Bu  bahslar,  yangi  fan  tushunchasining  shakllanmaganligi   ijtimoiy  pedagogika  



mohiyatini inkor  etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo’lgan. Masalan 

G.Noll  va    G.Boymer    (20-30    y)      ijtimoiy    pedagogikani    bolalarga    yordam  

berish    va    voyaga    yetmaganlar  huquqbuzarliklarining  profilaktikasi  deb 

tushunishgan. 

Ijtimoiy    pedagogikaning    mohiyatini    nemis    olimi    Paul    Natori    (XX  

asrning    20-yillari)    umuman    boshqacha    ta’riflangan.    U      ijtimoiy    pedagogik  

jamiyatning    tarbiyaviy    kuchlarining    yaqinlashtirish    muammosini    xalqning  

madaniy    va    axloqiy    darajasini    ko’tarish    maqsadida    tadqiq    etadi    deb  

hisoblagan.  Bunaqa  tushunish  yangi  davrning  

buyurtmasiga    ko’proq    mos    kelgan    va      ijtimoiy    pedagogika    inson    hayoti  

davomida  tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini tasdiqlagan. XX asrning 60 

-yillarida  ijtimoiy  pedagogika    huquqbuzarlik    sodir    etgan    bolalarga    yordam  

berish,  bolalar  uyida  tarbiya  ishlari o’tkazish maqsadidagi ijtimoiy tarbiya asosi 

sifatida ta’rif etilaboshladi.. Ijtimoiy  pedagogika  pedagogikani  rivojlanishi  bilan  

birga  chet  ellarda   ijtimoiy  pedagogika  sohasidagi mutaxassislarning kasbga oid 

faoliyati  ham    rivojlandi.  Xususan,  XX  asrning    70-yil  Germaniyada  oliy 

ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi. 

XX  asrning50-yillariga  kelib  ijtimoiy  pedagogika  muammolarining  global 

darajaga  yetganiga  BMT  Bosh  Assambleyasi  tomonidan  20.11.1959  yil  va 

20.11.1989  yilda  bola    huquqlari    deklaratsiyasini    qabul    qilinganligi    guvohlik  

beradi.    Unda    aloxida    e’tibor    yetimlarning  ijtimoiy  himoyasiga,  ko’p  bolali 

oilalar,  kam  ta’minlangan  oilalar  bolalariga    ijtimoiy  yordam  ko’rsatishga 

qaratilgan.  Bizning    respublikamizda      ijtimoiy    pedagogika    an’ana    va  

tamoyillarini    tiklanishi    murakkab    sharoitlarda    amalga    oshmoqda;      davlat  

ta’lim  standartlari,  mutaxassisliklar,  darsliklar,  o’quv  rejalari  va  dasturlarning  

yetishmasligi,      ijtimoiy    muxofazaning    davlat    siyosati    darajasiga    ko’tarilishi  

chet  el  mutaxassislari   bilan  yaqin  hamkorlik  asosida   bo’lish kerak. CHunki 

Germaniya, Angliya, AQSHlarda boy ijtimoiy pedagogik tajriba mavjud. 



 

Yüklə 139,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin