Xix asr oxiri XX asr boshlarida turkiy tillarni qiyosiy o'rganish sohasida bir qator izlanishlar yuzaga keldi. Rossiya Faniar akademi- yasining Tilshunoslik instituti turkiy tillar bo‘limi



Yüklə 37,12 Kb.
səhifə4/4
tarix25.02.2022
ölçüsü37,12 Kb.
#53125
1   2   3   4
kurs ishiga qo\'shimcha

Turkiy tillar. Turkiy xalqlar ijtimoiy turmush taqozosi tufayli ko‘p hollarda ko‘chmanchilik bilan kun kechirgan. Ko‘chmanchi qabila va o‘troq xalqlarning aralash holda hayot kechirishi aniq lingvistik chegarani aniqlashga monelik qiladi. Turkiy qabilalarning dastlabki maskani Janubiy Sibir va Shimoliy Mo‘g‘uliston (Oltoydan Amurgacha) hududlariga to‘g‘ri kelgan. Eramiz- dan avvalgi 206-yilda turkiy qabila (xun)laming birinchi zafarli yurishi boshlandi. Miloddan avvalgi I asrda xunlar ittifoqi ikkiga boTindi: biri M o'g‘uliston cho’llarida qoldi; ikkinchisi Sharqiy Qozog‘iston tomon siljidi. Shu davrdan turkiy qabilalarning g‘arbga yurishi boshlandi. Eramizning IV asrida turkiy qabilalar alan (skif, ostgot-sharqiy got), daklarni mag‘lubiyatga uchratib, ulami o‘zlariga qo‘shib oldi va Dunayga chiqdi. Ushbu yurishning eng rivojlangan davri V asr o‘rtalaridagi Attila hukmdorligiga to‘g‘ri keladi. II - VI asrlarda Yevropaga kelgan turkiylardan yozma yodgorliklar saqlanib qolmagan.

VII asr oxirlarida Bolqon bo‘ylaridagi slavyanlami magTubiyatga uchratgan bulg‘orlar turkiylar hisoblanadi. Bulg‘or guruhiga kiruvchi chuvash tili boshqa turkiy tillardan keskin farqlanadi va bu til, hatto, qo‘shni tatarlarga ham mutlaqo tushunarsiz. Bu holat chuvash tilining qadimiy xususiyatlarni saqlab qolganligi bilan izohlanadi.

Chorvador turkiy qabilalar, dastlab, Mo‘g‘uliston va Yuqori Enasoy daryosi bo‘ylarida turkiy tillarning ijtimoiy-siyosiy guruhini tashkil qil- gan. Tuva tili shu guruhga mansub boiib, m o'g‘ul tilining kuchli ta’si- riga uchragan. Tofalar (karagas) tili ham shu guruhga mansub bo‘lgan. Tuvadan shimoliy g‘arb tomongacha boMgan hududda yashagan qizil, qavchin, sagay kabi turkiy qabilalardan xakas xalqi va xakas tilishakllandi. Xakasiyada shor tili, Polsk viloyati sharqida - cbulim tili, Sharqiy Sayanda kamasin tili yuzaga keldi.

Shimoli-sharqiy turkiy tillar guruhidan yoqut tili ajralib chiqqan. Yoqut tili shevalaridan dolgan tili rivojlandi. Yettisuv va Shinjon bo‘ylaridagi o‘troq aholidan janubi-sharqiy (qarluq) guruhi paydo bo‘ldi. X asrda markazi Bolosog'un bo‘lgan qoraxoniylar davlati yuzaga keldi. Qoraxoniylar poytaxti Koshg‘arga ko‘chirildi.

Sharqiy Turkistonda hukmdorlik uyg‘urlarga o‘tgach, ko‘pgina qabilalar Orol dengizi tomon siljidilar va o‘g‘uz qabilalari ittifoqini tashkil etdilar (VIII asrlar). Buning oqibatida janubi-g'arbiy dialekt (o‘g‘uz dialekti) shakllandi.

Shimoli-g‘arbiy Erondagi saljuqiylar mahalliy fors aholisi tili bilan moslashgan holda ozarbayjon tilining shakllanishiga zamin yaratdilar. Turk tili XIX asrdan boshlab adabiy til sifatida shakllandi.

O‘rta Osiyoda qolgan o‘g‘uzlar tili turkman tilining shakllanishiga asos bo’ldi. Janubi-g‘arbiy turkiy tillar guruhiga gagauz tili ham kiradi. Quman (polovets) tilining davomi sifatida qumiq tili yuzaga keldi (Dog‘iston shimolida), qorachoy-balqar, qrim-tatar, qaraim tillari shakllandi.

XIX asr ikkinchi yarmida tatar adabiy tili me’yorlari ishlab chiqildi. 0 ‘tgan asrnirng 30-yillarida tatar tiliga yaqin bo‘lgan boshqird adabiy tili yuzaga keldi.

No‘g‘ay va qozoq dialektlari ta’sirida no‘g‘ay, qoraqalpoq, qozoq tillari shakllandi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili janubi-sharqiy (qarluq) guruhi negizida yuzaga keldi. Qipchoq dialektlari eng qadimiy bo‘lib, ularda singar- monizm, 8 fonemali unlilar tizimi saqlanib qolgan. Aksincha, qarluq dialektlari asosida shakllangan o‘zbek adabiy tili tovush tizimi eroniy tillar ta'sirida muayyan o‘zgarishlarga uchradi, unli fonemalar soni qisqarib, 6 taga tushib qoldi.4




1 1 Is’hoqov М., Sodiqov Q., Omonov Q. Mangu bitiglar.-T., 201)4- IS Ilf)

2 Шайкевич А.Я., Абдуазизов А.А., Гурджиева E.A. Введение в ячыкочнание,Т.'.Укитувчи, 1989.-С.228

3 Stralenberg D.Messershmidt bilan birgatikda Abulg'oziy Bahodirxonning "Shajaravi tamkimci" asahni ham fanga malum qildi. Oarang: Cqferoglu A. Turk dill tarihi.L II. 3-baski. -Istanbul Enderun kitabevi. 1969. -S. 11.

4 Щайкевич А.Я., Абдуазизов А.А., Гурджиева E.A. Введение в И1ыкачнание.~

14

Yüklə 37,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin