Samarqanddagi yahudiylar maktablari mohiyatan, diniy ta'lim muassasasi bo‘lgan.
boshlang‘ich maktab “xeder”
deb nomlanib,
unda 5-6 yoshdagi o‘g‘il bolalar
4 yil davomida tahsil olgan.
Maktabning ikkinchi bosqichi
ieshivi (yoki xomloi xoxom)
deb
atalib, 10-11 yoshdagi
o‘quvchilar tahsil olishgan.
Bu bosqichda ivrit tili,
ivrit tilidan yahudiy
tojik tiliga tarjima
qilish
va matematika
fanlari o‘qitilgan.
Ularga yahudiy dini bilimdonlari ta'lim berishgan. Maktabni tugatgach, o‘quvchilar sinagoglarda “shoxet” (diniy marosim uchun qurbonlikka keltirilgan muqaddas jonliqni so‘yish huquqiga ega shaxs) lavozimida ishlash uchun rishut – ruxsatnoma olishgan .
Moddiy imkoniyati cheklangan oila farzandlari uchun maxsus maktablar – “talmud tora”lar tashkil etilgan. Qizlar esa “xonagi” usulda, ya'ni, uy sharoitida ta'lim olishgan. Shuningdek, o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan yahudiy rus-tuzem maktablari faoliyat ko‘rsatib, unda ruscha o‘qish va yozish, matematika, geografiya, tarix o‘qitilgan. Barcha yahudiy maktablarida mahalliy til bilan birga ularning ona tili – ivrit tilini ham o‘qitishga alohida e'tibor qaratilgan. XX asrning boshlarida Samarqandda 30 dan ortiq xederlar(5 tasi talmud-tora bo‘lgan) va ikkita ieshivo faoliyat ko‘rsatgan. Ularning barchasida ivrit tili o‘rgatilgan.