Xiv-xvi asrlarda movaraunnahrda ta'lim tarbiya va pedagogik fikrlar



Yüklə 12,49 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü12,49 Kb.
#112563
Xiv-xvi asrlarda movaraunnahrda ta\'lim tarbiya va pedagogik fikr


XIV-XVI asrlarda movaraunnahrda ta'lim tarbiya va pedagogik fikrlar
XIV-XVI asrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikr taraqqiyot
Qariyb bir yarim asr davomida mo’g’ullar istibdodi ostida xonavayron
bo’lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo’g’ul istilochilari
zulmidan qutula boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo’lgan intilish
g’olib keldi. Mo’g’ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy
boshchiligida qo’zg’oldi, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo’zg’olonlari
ro’y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib
turdilar.
XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal tarqoqligiga
barham berildi, mamlakat mo’g’ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri va
XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi.
Sohibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr
Movarounnahr tarixida alohida o’rin egallaydi.
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan
Movarounnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi.
Shuning uchun ham XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda Sharq
Uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deb ataladi. Chunki, bu davr madaniyati o’z
tamoyillari, yo’nalishi, iqtisodiy asosi jihatidan IX-XII asr madaniyatining davomi
sanaladi.
Shu bois XIV asr oxiri va XV asrlarda Movarounnahrdagi Sharq Uyg’onish
davri madaniy ravnaqini IX-XII asrlardagi madaniy rivojlanishidan ajratib olib
ko’rsatish mumkin emas. XIV asrning uchinchi choragi va XV asrda Markaziy
Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat o’sdi. Amir Temur hukmronligi davrida
jahonning ko’plab shaharlarida Samarqandga hunarmandlar, olimu fozillar,

san’atkorlar, muhandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy


mahoratlaridan ilm- ma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi.
Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxona va rasadxona qurildi. Tibbiyot ilmini
o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix,
adabiyot, falsafa hamda tarbiyashunoslikka oid asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino,
Beruniy, Umar Xayyom, Sa’diy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini
o’rganishga havas kuchaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Temur va uning izdoshlari, temuriylar davrida fan
va madaniyat rivojlandi. Ayniqsa Samarqand va Hirot shaharlari madaniyat, ilm-
ma’rifat markaziga aylandi.
Amir Temur saltanatni bino qilish va uni mustahkamlash uchun juda katta
xizmat qildi. Ana shunday buyuk xizmatlaridan eng muhimi mamlakatda ta’lim
tizimini rivojlantirish sohasiga qaratilganligi edi. Chunki uning e’tiqodiga ko’ra
bilimdon va tadbirkor insongina mamlkatning rivojlanishiga hissa qo’sha oladi.
Shuning uchun ham sohibqiron bilimli va ishbilarmon, tadbirkor kishilarni
tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Bu borada ta’lim tizimining o’ziga xos o’rni
bo’lishi kerakligini anglagan holda maktab va madrasalar qurdiradi. Saltanat
poytaxti Samarqand atrofida o’n ikki bog’ va qasr yaratadi, shahar arki Ko’ksaroy,
uning atrofida esa Bo’stonsaroylar bino etadi. Jome’ masjidi, maqbaralar,
me’moriy yodgorliklar qurdiradi. Bu ishlarga faqat Amirning o’zi emas, uning
atrofidagi yaqinlari ham turli madrasalar qurishga bosh-qosh bo’ladilar. Bulardan
Amir Temurning amirlaridan Idigu Temur, mavlono Qutbiddin, umr yo’ldoshi
Saroymulkxonim, nabirasi Muhammad Sultonlar ham madrasalar qurdiradilar.

Madrasalar ma’lum darajada ixtisoslashgan edi. Masalan, boshqaruv

kadrlarni tayyorlash Muhammad Sulton madrasasida, diniy muassasalar uchun
kadrlar tayyorlash mavlono Qutbiddin sadr madrasasi, umumiy mutaxassislar,
ya’ni ziyoli, imom, olim, maktab o’qituvchisi tayyorlashga Idigu Temur,

Saroymulkxonim madrasalari ixtisoslashgan. Lekin ularning hammasida Qur’on, Hadis, fiqh o’rganilgan. Shuningdek madrasalarning ixtisosligiga ko’ra umumi


aqliya, umumi askariya, umumi ma’muriyalar ham o’rgatilgani haqida ma’lumotlar
bor.
Madrasalarda darslar arab, fors, turkiy (o’zbek) tillarida olib borilgan. Arab
tili grammatikasini o’rgatishga ko’proq vaqt ajratilgan. Shuning uchun Sa’diy
Sheroziyning «Guliston», «Bo’ston», Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» va
boshqalar ham o’qitilgan.
Har bir madrasaning vaqfnomasida tolibi ilmlar, mudarrislar va boshqa

xodimlarni qabul qilish, o’quv ishlarini yuritish belgilangan

Ulug’bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar ayniqsa
rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va shular bilan barobar diniy bilimlarning ham

ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. Oliy maktab — madrasalar qurildi. Buxoro,

Samarqand va G’ijduvonda qurilgan uch madrasada fan taraqqiyotida ilmiy markaz

bo’lib keldi.

Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar haligacha
ko’zga yaqqol tashlanadi: «Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima
uchun qarzu farzdir».
Ulug’bek 1428—1429 yillarda Samarqandda rasadxona qurdiradi. 1437
yilda ana shu rasadxonada «Ko’ragoniy jadvali»ni, ya’ni yulduzlar jadvalini tuzadi.
U yaratgan kutubxonada esa fanning turli sohalariga oid 1500 jild kitob mavjud
edi.
Samarqand shahrida X asrda 17 ta madrasa bo’lib, ularda yirik olimlar dars
bergan bo’lsa, XIV— XV asrlarga kelib ular soni yanada ortdi. Tabobat ilmi, tarix,

adabiyot va san’at ham rivojlandi. Boysunqur Mirzo davrida saroy kutubxonasi

keng rivoj topadi. Uning rahbarligida kitoblarni ro’yxatdan o’tkazish va ilmiy matn

ishlari ham olib borilgan. Firdavsiyning «Shohnoma» asarining shu davrda to’liq

matni tuzilib, miniatyuralar bilan bezatilgan.

Bular XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida

uyg’onish davri bo’lib tarixga kirgan deya olishimizga asos bo’la oladi.

Bu davrda o’zbek adabiyotida ham ancha siljish ro’y berib, Atoiy,

Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va Lutfiylar tomonidan qimmatli asarlar
yaratildi. Shuningdek, tarixiy va adabiy asarlarni o’zbekchaga tarjima qilish ishlari
jonlandi.
Ulug’bek olimlarga homiylik qilib, fan ahlini rag’batlantirdi, uning o’zi,
ayniqsa, astronomiya va matematika fanlari bo’yicha muhim ishlarni amalga

oshirdi. Samarqandda Ulug’bek tomonidan rasadxonaning barpo etilishi va uning

o’sha davr ilmiy markaziga aylanishi muhim voqea hisoblandi. Shu davrda

Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid bin Ma’sudi, Mo’yiddin va uning o’g’li

Mansur Koshiy, Ali ibn Muhammad Birjondi va boshqalar ijod etdilar. Hirotda esa

Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, ulug’ rassom Behzod, tarixshunos Xondamir,

hattot Sulton Ali Mashhadiy va boshqalar ijodiyot cho’qqilariga ko’tarildilar.

Ulug’bekning shogirdi Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi

Samarqandiy (1403—1474) o’sha davrda Movarounnahrning madaniy va ilmiy

hayotida katta rol o’ynadi. Astronomiya to’g’risida «Risolai dar falakiyot» degan

kitob yozgan Ali Qushchini o’z davrining Ptolomeyi deyishardi. Uning mazkur
asarida geometrik bilimlarning asoslari bayon qilindi, nuqta, chiziq, yuza, aylana

va shu kabi tushunchalar to’la ta’riflab berildi, tabiiyot fanlari va shuning singarilar


sohasida boshlang’ich bilimlar bayon qilindi. Bu asar hamma narsa oddiy va
murakkab narsalarga bo’linib ta’riflanadi.
Sulton Husayn Boyqaro davrida olimlar va shoirlar Samarqanddan Hirotga
ko’chib o’tdilar. Hirot ilmiy-madaniy markazga aylandi. Alisher Navoiy Hirotda
fan, madaniyat, ma’rifat ishlarini yo’lga qo’yishda, u erni obodonlashtirishda katta
xizmatlar qildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»da Hirot to’g’risida yozar ekan
butun dunyoda bunday obod shaharni ko’rmaganligini aytadi.
Alisher Navoiy ham masjidlar, madrasalar, hammomlar, kasalxonalar,
hovuz va ko’priklar, rabotlar qurdirgan. U shaharning eng xushhavo joyida barpo
etgan Xalosiya va Ixlosiya binolari guruhi fan, adabiyot, san’atga xizmat qiladigan
madaniy markazga aylangan.
Hirotda Alisher Navoiy bilan birga Abdurahmon Jomiy, Kamoliddin
Behzod, xattotlar — Sulton Ali Mashhadiy, kotib Mir Ali, sozanda —
Qulmuhammad, tarixchilar — Abdurazzoq Samarqandiy, Xondamir va boshqalar
yashab ijod etgan.
Hirotda xattotlik san’ati rivojlangan. Hatto Buxoroda «Hirot yozuvi»
mirzalar, xattotlar tomonidan 1920 yilgacha qo’llanilganini tarixchilar manbalarda
keltiradilar.
Bu davrda Movarounnahrda ham san’at, arxitektura, binokorlik texnikasi
ancha ravnaq topdi. Musiqa, tasviriy san’at, madaniyat, adabiyot, ta’lim-tarbiyaga

oid qator asarlar yaratildi. Hasan Buxoriy Nisoriyning (1556) «Muzakkir al-

ahbob» tazkirasi, Mutribiyning «Tazkira — tush shuaro» (1604—1605)

to’plamlari, tarixiy va adabiy yodgorlik bo’lgan «Boburnoma» o’sha davrda

yaratilgan asarlar orasida o’ziga xos ahamiyat kasb etdi. Amin Ahmad Roziy «Haft

iqlim» («Yetti iqlim») degan geografik bibliografik lug’at tuzdi.

XVI asrda xattotlik san’ati yuksak darajaga etdi. Sulton Ali Mashhadiy,

Mirali Halaviy, Mahmud ibn Is’hoq ash-Shixaybiy va boshqalar ustoz xattot bo’lib

nom qozondilar. Darvesh Muhammad ibn Do’stmuhammad Buxoriy xattotlik

san’atining nazariyasi to’g’risida asar yozdi.


Bu davrda bir qator ilm maskanlari bunyod etildi. jumladan: Shayboniyxon
madrasasi, Abdurahim sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi Kalon va

boshqa inshootlarning qurilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muhim bosqich bo’ldi.



Aholining savodxonligini oshirish, bolalarga ta’lim-tarbiya berish borasida
ham ma’lum darajada imkoniyatlar yaratildi. Xususiy maktablar yuzaga keldi,
muallim yollab bolalarni uyda o’qitish tadbirlari odat tusiga kirdi.
Shahar va qishloqlarda, ovullarda ochilgan maktablarda bolalarni o’qitish 6
yoshdan boshlandi. Olti yoshli bolalar maktabga borib, alifbeni o’rganar, uning
ayrim harflarini chizishni mashq qilar edilar. O’quvchilar maktablarda savod
chiqarganlaridan keyin madrasaga kirib ham diniy, ham dunyoviy fanlardan bilim
olar edilar.
Shulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, XIV— XVI asrlarda
Movarounnahrda ta’lim
ko’tarildi.
Yüklə 12,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin