Xirurgiya va reanimaciya kasalliklar tog’risida tu’shuncha “Xirurgiya”



Yüklə 49,28 Kb.
səhifə10/12
tarix10.03.2022
ölçüsü49,28 Kb.
#53547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Xirurgiya va reanimaciya kasalliklar tog

Antiseptika deganda esa jarohat sohasida va organizmdagi mikroblarni yo'qotish yoki miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar tushuniladi.
Antiseptika turlari Antiseptikaning fizik, mexanik, ximiyaviy, biologik turlari farqlanadi.
Fizik antiseptika. Jarohatlarni kechish bosqichlariga qarab ochiq davolash, ya'ni qurutuvchi steril tamponlar, qizdiruvchi lampalar, fen apparatlari ishlatish, jarohat suyuqligini tez shimib oluvchi bog’ichlar, tamponlar, drenajlar va oq gigroskopik doka fizik antiseptikaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mexanik antiseptika. Hamma yaralar bakteriya bilan zararlangan hisoblanadi, shuning uchun ham asosiy vazifa ularni birlamchi xirurgik yo'l bilan tezroq tozalashdan iborat. Bu esa mexanik usullar yordamida amalga oshiriladi: yarani antiseptik eritmalar bilan yuvish, yot jismlarni kesib tashlash, yaralar atrofini tekislash va kerak bo'lganda ularni tikish bilan erishiladi.
Kimyoviy antiseptika. Bu usulda bakteriosid va bakteriostatik xususiyatga ega bo'lgan turli kimyoviy antiseptik moddalarni ishlatish ko'zda tutilgan. Antiseptiklar bilan mikroblarni yo'qotish yoki uni jarohatda rivojlanishini to'xtatishdan iborat.
Asosiy antiseptik vositalarga antiseptik moddalar kirib, ular turli kimyoviy guruhlarga mansubdir.
Xloramin eritmasi qo'lni tozalashda, yiringli yaralarni davolashda metallmas asboblar, bemorlar uchun ishlatiladigan asboblar va xonani tozalashda qo'llaniladi.
Kaliy permanganat. Suvda yaxshi eruvchi qoramtir kristalldir. Pushti rangli eritmalari og'iz bo'shlig'i, qovuq va boshqa organizm chayish uchun ishlatiladi. Kuchliroq qoramtir binafsha rangli eritmasi bakteriosid xususiyatga ega bo'lib, to'qimalarni kuydiradi. Shuning uchun kuyishda qora qo'tirlarni davolashda, badbo'y hidlarni yo'qotishda, shuningdek chirayotgan, yiringli jarayonlarni yuvishda qo'llaniladi.

Vodorod peroksid. 3-5%li eritmasi ishlatiladi. Rangsiz suyuqlik vodorod peroksid to'qima fermenti katalaza bilan qo'shilib, kislorod ajraladi, bu ko'p miqdorda ko'pik ajralishiga olib keladi. Ko'pik harakati tufayli jarohatdan yot jismlar, qon quyqasi, yiring chiqib ketadi.
Formaldegid. U gazsimion o'tkir xidli, suvda yaxshi eriydigan modda. Formaldegidning 40%li suvdagi eritmasi formalin deb yuritiladi. Asboblarni, drenajlarni, qo'lqoplarni sterillashda keng qo'llaniladi.
Spirt ya'ni etil spirti xirurgiyada keng qo'llaniladi. Spirtni qo'lni zararsizlantirish, operasiya joyini tozalashda, kesuvchi asboblarni, optik asboblarni dezinfeksiya qilishda va ipakni sterillashda ishlatiladi.
Biologik antiseptika. Maxsus zardoblar, vaksina va antibiotiklar ta'sirida bemorning himoya kuchlarini oshiradigan, jarohatlarda infeksiyaning rivojlanishini to'xtatuvchi antiseptik xususiyutlari bo'lgan davolash vositalari (maxsus zardoblar va vaksinalar, anatoksinlar, immunglobulinlar, qon va plazma quyish va boshqalar shuningdek, ma'lum bir organizm, (viruslar, zamburug’lar va boshqalar) faoliyatida paydo bo'lgan moddalar orqali boshqalarga ta'sir qiluvchi antibiotiklar, bakteriofaglar va proteolitik fermentlardan iborat.
Sulfanilamid preparatlariBularga streptosid, norsulfazol, etazol, urosulfan,
sulgin ftalazol, sulfadimetoksin, sulfalen kabi dori moddalari kiradi. Organizmga mahalliy va umumiy ta'sir ko'rsatadi.

Yüklə 49,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin