143
maxorat hamda did talab qiladi. To‘g‘ri tanlangan ip kashtaning jozibador
chiqishiga sabab bo‘ladi.
Qo‘lda kashta tikishning ikki turi mavjud: birinchisi matoning arqon hamda
o‘rim
iplarini sanab kashta tikish, ikkinchisi‚ matoga gul tasviri tarhini chizib,
erkin kashta tikish. Arqon o‘rim iplari kesishtirilib‚ polotno yoki bo‘z shaklida
to‘qilgan matolarga tikiladi. Buning sababi kashta tikishda mato iplarini sanab
tikishga qulaydir. Sanama kashta turi O‘zbekistonda keng tarqalgan. Erkin kashta
mato tanlamaydi, tushirilgan tasvir chiziqlari asosida tikiladi. O‘zbek
kashtachiligida yo‘rma, ilma, iroqi, bosma, xomdo‘zi, chamak, chipta xayol, baxya
choklar keng tarqalgan. Badiiy kashtalarda turli joydan turli choklar ishlatiladi.
Chunonchi Shahrisabzda yo‘rma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda ko‘prok
bosma
choki, Buxoro, Nurota, Samarqandda yo‘rma choki bilan tikiladi.
Chamak choki – kashta tikish choklaridan biri bo‘lib, chapdan o‘ngga ikki
parallel chiziq bo‘ylab tikiladi va o‘tkazilgan igna ungdan sanchiladi. So‘ng
yuqoriga chapga tomon qiya qilib chiqariladi va pastki chiziqqa parallel ravishda
to‘g‘ri qadaladi hamda pasti ham qiya qilib chiqariladi. Chamak choki qo‘shimcha
naqshlarni ramkaga olishda yoki do‘ppi kizaklariga badiiy bezak berishda
ishlatiladi. Qaychining kichik o‘tkir uchlisi ishlatiladi. Chamak choki rus
kashtado‘zlari orasida « kozlik » deyiladi.
Bahya choki – kashta chetlarini mustaxkamlashga xizmat qilib,
matoga
xuddi buklagandek, lekin bir tekis chok hamda masofa xisobga olinib tikiladi.
Shundan so‘ng mato o‘girilib yana tikib chiqiladi, natijada tekis ip chiziq hosil
qilinadi. Bu chok juda qadimdan qo‘lda, keyinchalik mashinada tikiladigan
bo‘lgan.
Ko‘rpa choki turli yo‘nalishda, ya’ni chapdan o‘ngga, o‘ngdan chapga,
yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga sidirg‘a tikib hosil qilinadi.
Yonma-yon
tikiladigan choklar bir tekis yoki gul shakliga qarab kichikdan kattalashib,
144
kattadan-kichiklashib boradi. Bu chok (ikki tomonlama) sanama, piltado‘zi nomlar
bilan yuritiladi. Do‘ppido‘zlikda va kashtalarda juda keng foydalaniladi.
Chindi hayol – duruya choki, matoga igna qadalib bir me’yorda tikib
chiqiladi, teskari o‘girib yana tikib chikqiladi. Shu tarika matoning oldi va orqa
tomonida bir xil gul hosil qilinadi. Bu chok ikki tomoni ham ko‘zga tashlanadigan
buyumlar, ya’ni sochiq, ro‘mol va boshqalarni bezashda ishlatiladi.
Yo‘rma choki yo‘rmaki, ilmoqli bichiq yoki igna bilan matoning o‘ng
tomonida xalqalar
zanjiri hosil qilib tikilib, bigizga o‘tkazilgan ipak matoning
sirtida chap qo‘l bilan ushlab turiladi. Yo‘rma choklari bilan yirik kashtalarning
xoshiyalari, gul va barglari asosiy shoxga ulaydigan band va boshqalar qadimdan
shunday usulda tikilgan. Yo‘rma chokdan Samarqand, Buxoro,
Qashqadaryo
kashtado‘zlari ko‘p foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: