157
Bolalar ishi rag‘batlantiriladi. Tayerlangan "Petrushka" qo‘g‘irchog‘i ishtirokida
ba’zi bir sahnalashtirilgan ko‘rinishlar namoyish etiladi. Bolalar bog‘chasida
mehnat faoliyati uchun earur bo‘lgan barcha jihozlar yetarli bo‘lishi kerak. Zarur
asbob - anjomlar, asbob - uskunalar gigienik tomondan bolalar hayoti hamda
sog‘ligini muhofaza qilish qoidalariga qat’iy muvofiq kelishi lozim. Shuningdek,
bolalar tomonidan foydalanilgan materiallar egiluvchan va ishlov berish oson
bo‘lishi, asbob - anjomlar esa ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda
tanlanishi kerak. Bundan tashqari, bolalar asbob-anjomlar saqlanadigan joyni
yaxshi bilishlari hamda mashg‘ulot tugagach ularning o‘rnini topib tozalab,
ozodagarchilik talablariga rioya qilishlari hamisha diqqat markazida bo‘lmog‘i
lozim.
Dostları ilə paylaş: