74
Yapon menejment uslubining afzalliklari boshqa mamlakatlarda ham namoyon
bo’ldi. Masalan, 90-yillar boshida “yaxshi didli, yosh qalbli va yetarli daromadli
kishilar uchun” avtomobillar ishlab chiqarish, german “Porshe” kompaniyasi
sotuvlarining keskin kamayishi va firma rahbariyatining ishlab chiqarish
xarajatlarining o’sishi ustidan nazoratni yo’qotishi tufayli bankrotlik yoqasiga va
mustaqillikni yo’qotishiga kelib qoldi. Qarzlarga botgan kompaniyani germaniya
avtogigantlari “Mersedes-Bens”, “BMV” va “Folksvagen” sotib olishga tayyor edi.
“Porshe” mustaqilligini ma’muriyatning “o’z kamchiliklaridan nobud bo’lishdan
ko’ra, o’zga tajriba yordamida tuzalmoq afzal” degan g’oyasi va “Sin gidzyutsu”
(tarjima qilinganda – yangi texnologiya) yapon maslahat firmasi mutaxassislarini
taklif qilish qarori qutqarib qoldi. Yapon mutaxassislari uch yil ichida “Porshe”ni
qayta qurdi. Natijada yig’ish konveyeri qisqartirildi, bir necha uchastkalar va
yordamchi xonalar yo’qoldi, zavodning hududiy maydoni 30 % ga kamaydi,
avtomobil yig’ish sur’ati esa deyarli 40 % ga o’sdi va ishlab chiqarish nosozligi
(brak) kamaydi.
Hal qiluvchi momentlardan biri bo’lib nemis intizomi va pedantizmi o’rniga
yapon menejmenti tomonidan yaratilgan ijodiy muhit o’rnatilishi xizmat qildi.
Mehnat avvalgi uskunalarda o’sha ishchilar va muxandislar yordamida amalga
oshirilmoqda. Ishchi va muxandislar yapon menejmenti ta’sirida ratsionalizatsiya
jozibadorligini anglab, har oyda yaponlar tomonidan zamonaviylashtirilgan mehnat
jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ikki yarim mingta taklif-tashabbuslar taqdim
qilmoqdalar.
Yapon novatsiyalarining kiritilishi amalda menejment va butun ishlab chiqarish
tsiklini tashkil etish nuqtai-nazaridan yangi “Porshe” kompaniyasi vujudga kelishiga
olib keldi. “Porshe” moliyaviy qiyinchiliklardan qutildi, yuqori foyda ko’rmoqda va
bozorga yangi model – marketing taxmini bo’yicha 50 ming dollar bahoda ikkio’rinli
Аvtоmobilsozlik
kompaniyalari
500 tа subyetkazib
beruvchilar
20000 tа o’rta va kichik
firmalar
Dostları ilə paylaş: