153
Standartda bunday nazoratni amalga oshiradigan xodimlarning vazifalari aniq
belgilab berilgan, ayni paytda nazorat vositasi sifatida audit dasturiga katta ahamiyat
berilgan. Shubhasiz, yordamchi bo’lib ishlayotgan barcha auditorlar ozmi-ko’pmi
joriy nazorat qilib boradi. Biroq bu jarayon rasmiylashtirilishi lozim, busiz nazorat
o’z maqsadiga erisha olmaydi. Auditni rejalashtirish bosqichida katta auditorlarga
aniq nazorat vazifalarini topshirib qo’yish, auditorning nazorat vazifalari to’g’risidagi
qoidalarni lavozim yo’riqnomalariga kiritish, tekshirish o’tkazish chog’ida nazorat
tadbirlarini hujjatlashtirish lozim.
Qilingan ishlarning natijalarini tekshirish uchun auditda ishtirok etmayotgan
xodimlarni qo’shimcha ravishda jalb etish mumkinligi ikkala standartda ham ko’zda
tutilgan. Bunday tekshirish g’oyat samarali bo’lishi mumkin, shu sababli uni faqat
yirik va murakkab iqtisodiy sub’ektilarnigina emas, barcha sub’ektlarni audit qilish
chog’ida qo’llash tavsiya etiladi. Bunday tekshirish teranligi turlicha – ish hujjatlarini
tahlil qilish va tekshirishda ishtirok etayotgan xodimlardan so’rashdan tortib,
auditorlarning noto’g’ri tavsiyalarini aniqlash maqsadida yozma axborot va auditorlik
xulosasini ko’zdan kechirishgacha bo’lishi mumkin.
Amalga oshirilgan tahlil auditorlik faoliyatining milliy va xalqaro auditorlik
standartlari orasida «jarlik» yo’qligini ko’rsatadi. Aksincha, ko’p qoidalar juda
qxshashdir. Bu tadqiq etilgan standartlargagina emas, boshqa standartlarga ham
taalluqlidir.
Dostları ilə paylaş: