Jarang-jurung.
«Tiyoq» so‘zi aslida «tayoq» so'zining bolalar jonli so'zlashuvidagi shakli
boiib, ko'pincha toldan kesib olingan 50-70 sm uzunlikdagi novda. Uni ho-
vuchlab tutamlash, pastdan yuqorilab borish shart. Bolalaming har biri o‘z gali-
da tayoqchani tutamlayotganida qo'shiqning bir satrini aytadi. «Jarang-jurung»
satri aytilganda tayoqchani tutamlash joyi qolmagan tomon tayoqcha tutamida
turgan raqibining tutama ustiga kafti bilan uradi; tayoqcha tushsa, o'zi tayoqchani
tushirmaganlar tomoniga, tushirolmasa — tushirganlar tomoniga o'tadi. Tayoq
cha qo'lida bo'lgan bola esa tayoqchani urgan qay tomonga o‘tsa, u o'shanga
raqib tarafga qo'shiladi. Shu zaylda g'oliblar va mag'lublardan tashkil topgan ikki
o'zaro raqib taraf shakllanadi va o'yinga kirishiladi.
E’tibor qiling-a, bolalar cheklashishni ta'minlagan barcha sirli nomlaming
o'zaro mutanosibligiga ahamiyat berganlar. Bu cheklashmachoqlarda poetik fazi-
lat kuchaytirilgan, ular estetik zavqni tarbiyalovchi vositaga aylangan.
Ol tiyoq,
Olmon tiyoq.
Burgut tiyoq,
Jarang-jurung.
* * *
— Ona, ona, kim ona?
— Men ona (Biz ona).
— Sizga osmondagi oy kerakmi,
Kishnab turgan toy kerakmi?
— Bizga kishnab turgan toy kerak.
— Kishnab turgan toy menman,
— O 7, bizdan ekansan!
* * *
— Biz ikki gul-u lola,
Kimga gul, kimga lola?
* * *
— Mati, mati,
Kimning navbati?
— Meniki.(Onaboshilardan biri.)
— Tarvuzni olasanmi
Yokiqovunni?
— Qurulloq qurbaqani olasanmi,
Tarilloh toshbaqani?
* * *
— Onaboshi, onaboshi,
Yigitlaming qalam qoshi.
Kimni olasan,
Tovuqnimi, xo'roznimi?
* * *
— Kimga olma, kimga nok?
* * *
— Kimga ot, kimga aroba?
* * *
— Tog'mi, daryo?
* * *
— Oftobmi, yulduz.
* * *
— Daraxtmi, gul?
* * *
— Olchimi, towa?
* * *
Toji tillo xo ‘rozni olasanmi,
Yo chala mullo tovuqni?
Dostları ilə paylaş: |