Xalaqitbardoshlikni yuqori darajada ta’minlash


DVBT tizimining qabul qilish qismida signallarga ishlov berish



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə6/6
tarix24.10.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#160528
1   2   3   4   5   6
DVB T

6.2.2. DVBT tizimining qabul qilish qismida signallarga ishlov berish

Qabul qilish qurilmasida signallarga ishlov berish jarayoni DVB-T standarti bilan reglamentlanmagan va ochiq qolgan. Bu holat televizor ishlab chiqaruvchilar orasidagi raqobatni kuchaytiradi va yuqori sifatli, ayni vaqtda arzon qurilmalarni yaratishdagi intilishlarni qullab-quvvatlaydi. DVB-T standartiga muvofiq kodlangan va uzatilayotgan dastlabki audio-video axborotlarini tiklash uchun, dekodlashda uning barcha signallarini teskari o‘zgartirishlarini amalga oshirish zarur. Shuning uchun DVB-T tizimining qabul qilish qurilmasining tuzilmaviy sxemasining namunaviy varianti


6.10- rasmda keltirilgan.
Tyuner yordamida kerakli chastota kanali ajratiladi va signal oraliq chastotaga o‘tkaziladi. So‘ngra oraliq chastotali signal kuchaytirishni avtomatik boshqaruvchi (KAB) qurilma yordamida boshqariladigan kuchaytirgichdan o‘tib, ARO‘ blokida raqamli shaklga o‘zgartiriladi. Bundan keyin kvadraturaviy demoldulyatsiya bajariladi.
Natijada COFDM signalining xaqiqiy va mavhum qismlariga mos keluvchi, kvadraturaviy tashkil etuvchilariga ajratiladilar. Undan so‘ng olingan kvadraturaviy tashkil etuvchilari uchun Furyening to‘g‘ri diskret o‘zgartirishlari amalga oshiriladi va uning natijasida COFDMning to‘liq demodulyatsiyasi bajariladi hamda COFDMning uzatiladigan simvollari shakllantiriladi. Bunda FTO‘ blokidan olingan ma’lumotlar KAB uchun foydalaniladi va sinxronizatsiya blokiga tushadi. Sinxronizatsiya bloki ARO‘ uchun tashuvchi signal chastotasi va takt impulslarini tiklaydi. Undan tashqari kanal xarakteristikalarini baholash blokida qabul qilingan tashuvchi signallar taxlil qilinadi. Taxlil natijalariga ko‘ra aloqa kanalining o‘tkazuvchanlik funksiyasi baholanadi va kanallarning tuzatishlari (korreksiyasi) amalga oshiriladi. Korreksiya qilishda har bir tashuvchining signali ushbu tashuvchi uchun aniqlangan kanalning o‘tkazuvchanlik funksiyasiga teskari qiymatiga ko‘paytiriladi.



6.10- rasm. DVB-T qabul qilgichda signallar va ma’lumotlarning o‘zgartirilishi.

So‘ngra ichki teskari oralatish blokida bitlarni simvollar bo‘yicha teskari joylashtirish amalga oshiriladi. Natijada bitlar ketma ketligi olinadi va ular ichki dekoderlash blokiga kelib tushadilar hamda u yerda kodlarni yig‘ish dekoderida xatolar to‘g‘irlanadilar (korreksiya qilinadilar). Keyin MPEG-2 transport oqimining tuzilmaviy ma’lumotlarini tiklash uchun baytlar tashqi teskari va Rid-Solomon dekoderida xatolarining korreksiyasi amalga oshiriladi. Natijada transport paketlarining davomiyligi (188 baytdan iborat) va baytlarning paketlarda kelishining ketma-ket kelish tartibi tiklanadilar.


So‘ngra ma’lumotlar oqimi ma’lumotlarni derondomizatsiya qilish uchun deskremblerga kelib tushadi va dastlabki raqamli oqimning tuzilishi tiklanadi. Randomizatsiya qo‘llanishida tiklanish signalni psevdotasodifiy ketma ketlik bilan modul 2 bo‘yicha qayta qo'shish orqali amalga oshiriladi. Shundan so‘ng tiklangan MPEG-2/ MPEG-4 transport oqimi demultipleksorga kelib tushadi va bu yerda tanlangan dasturiga asosan transport oqimidan paketlar ajratib olinadi hamda video, ovozli tashkil etuvchi va ma’lumotlarning elementar oqimlari shakllantiriladi. Deskrembler va demultipleksor boshqaruvini kontroller amalga oshiradi. Demultipleksor transport oqimidan dastur jadvalli paketlarni tanlab oladi va ularni kontrollerga uzatadi. Kontroller transport oqimidagi dastur ma’lumotlarini ekranda aks etishini ta’minlaydi. Foydalanuchi buyrug‘iga ko‘ra dasturlardan biri tanlanadi va ushbu dasturga tegishli RID xaqidagi ma’lumotlar, kelgusida shu paketlarni tanlash uchun demultipleksorga uzatiladi. Tanlangan dasturga qo'shimcha ma’lumotlar (sub titrlar va hakozolar) demultipleksordan kontrollerga kelib tushadi va kontroller ularni qo'shimcha axborotlarni namoyish qilish blokiga uzatadi.
Kontroller, shuningdek, foydalanuvchining mablag‘i to‘lagan pullik dasturlarga kirishini ta’minlovchi vositalarni o‘z ichiga oluvchi shartli kirish tizimi (SHKT) bilan bog‘liq. Dasturlarni deskremblerlashga oid ma’lumotlar transport oqimi tegishli paketlarida uzatiladi. Bepul dasturlarni va umumiy foydalanish ma’lumotlarga ega paketlarni deskremblerlash uchun qo'shimcha ma’lumotlar talab etilmaydi.
Shunday qilib, raqamli televideniye qabul qilgichida dasturni tanlash ikkita etapda amalga oshiriladi. Avval bir nechta dasturlardan iborat transport oqimi uzatalayotgan televideniye eshittirish kanal tanlanadi. So‘ngra xuddi shu transport oqimdagi dasturlardan biri tanlanadi.
Video va ovozning elementlar oqimlari demultipleksordan MPEG-2ning tegishli dekoderlariga kelib tushadilar. Videodekoder chiqishlarida 601- tavsiyaga mos raqamli shaklda yorug‘lik va rangfarq signallar shakllanadilar. Bu signallar keyinchalik raqamli shaklda yoki RAQ orqali televizorning quyi chastotali kirishlariga uzatiladilar.
Audiodekoder chiqishlarida analog shakldagi ovoz shakllantiriladi va ovozni eshittirish bloklariga tushadi.
Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin