34
a) o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmasi va malakalarini oshi rish,
ularda kishilarning ishlab chiqarish faoliyati to‘g‘risidagi bilimlarni
kengaytirish, mehnatsevarlik, mehnatga va mehnat kishilariga man-
sub lik ruhida tarbiyalash;
b)
mehnat malakasi, mehnat madaniyati asoslarini, o‘z ishi va o‘r-
toq lari ishini rejalashtirish va tashkil qilish malakalarini rivoj lan ti rish
vazifalarini qo‘yadi;
Boshlang‘ich sinf mehnat darslarida o‘quvchilarda buyumlarni
yasash tartibi, ishlov berish, xato va kamchiliklarni yo‘qotish, ish o‘r-
nini tashkil qilish va boshqalar to‘g‘risida tasavvur hosil bo‘ladi.
Mehnat ta’limi dasturi talablari amaliy ishlar jarayonida quyi da gi-
larni o‘z ichiga oladi:
1. Tayyorlanadigan buyumlarni kundalik uchun zarurligi.
2. Narsa-buyum yoki ishni bajarish jarayonida dasturda ko‘r-
satilgan bilim va malakalarning mazmundorligi.
3. Barcha o‘quvchilarni darsda band qilish imkoniyatidan foy da -
la nish.
Mehnat ta’limining yangi dasturlari, metodlari va tashkiliy shakl -
lari asosida ishlab chiqiladi. Mehnat dasturlarida mehnat madani yati-
ning malaka va ko‘nikmalari aks ettirilgan bo‘lib, unga qarab maktab
o‘quvchisi, o‘qituvchisi va maktab faoliyatiga baho beriladi. O‘qituvchi
o‘quvchilarning u
yoki bu xususiyatlarini, mehnat madaniyatining
tarkibiy qismi birligini hisobga olganda dastur tuzib chiqadi.
Mehnat ta’limi yo‘nalishlaridan birinchisi bolada va o‘smirda inson
mehnati haqida va uning mehnatining mahsuli yaratilgan buyumlar
to‘g‘risida, ishlab chiqarish muhiti, materiallarni ishlab chiqarish
texnologiyasi, moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti haqida
tasavvurlar
hosil qilishga har tomondan yondashishni talab qiladi.
Mehnat ta’limi yo‘nalishining ikkinchisi, o‘quvchilarda oila dagi va
turmushdagi vazifalarni taqsimlash, ularni bajarish to‘g‘ ri s idagi tasv-
vurlarni shakllantirish.
Mehnat ta’limi yo‘nalishining uchinchisi esa hozirgi zamon o‘quv -
chisi tabiatga ekologik munosabatda bo‘lishini shakllantirish, uni
qishloq xo‘jaligi sohasidagi malaka va ko‘nikmalari bilan qurol lan-
tirish kerak.
35
Mehnat ta’limi jarayonida hosil qilingan bilimlar, malaka va ko‘nik-
malar maqsadsiz emas, balki insonning asosiy qobiliyati –
mehnatga
bo‘lgan qobiliyatini rivojlantirish vositasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: