2.Xavf
omillari
3.Sizning tavsiyalaringiz
13. 35 yoshli bemor J., xansirash, ko’p miqdorda ,ayniqsa ertalab , sutkasiga 100
mlgacha ajralivchi shilliq –yiringli balg’amli yo’tal bilan shifokorga
murojaat
qildi.Ba’zan qon tupirish kuzatiladi.. 5 yildan beri kasal, ahvoli vaqti vaqti bilan
yomonlashadi, stasionarda bir necha bor davollangan.
Ob’ektiv; Tana harorati 37,4
0
S. Umumiy ahvoli qoniqarli. Terisi oqimtir, lablaeida
sianoz, teri osti yog’ qavati yaxshi rivojlanmagan, oyoq va qo’llarining barmoq
falangalari “baraban tayoqchalari”shaklida,tirnoqlar “soat oynasi”shaklida , NOS -
22 ta daqiqasiga. Perkussiyada o\pkanig pastki qismlarida
perkutor tovushning
bo’g\iqlashishi aniqlanadi, auskultatsiyada nafas susaygan, pastki qismlarida nam
xirillashlar eshitilmoqda. Yurak tonlari bo’g’iqlashgan. Puls – 95 ta daqiqasiga.,
ritmik. AQB 130/60 mm.sim..ust. Qorin yumshoq, og’riqsiz.
Javob:
Surunkali bronxit
Savollar:
1. Taxminiy tashxisni qo’ying va asoslab bering.
2.Zarul bo’lgan qo’shimcha tekshiruvlarni ayting.
14. 32 yoshli bemor ko’p miqdorda qo’lansa hidli yiringli balg’am ajralishi bilan
kuchli yo’talga, tana haroratining
oshishiga, quvvatsizlikga, xansirashga ko’krak
qafasining o’ng tomonida og’riqqa shikoyat qiladi. Bir hafta ilgari kasallandi.
Ahvoli kecha
keskin yomonlashdi, yo’tal kuchaydi, ko’p miqdorda qo’lansa hidli
yiringli balg’am paydo bo’ldi.
Ob’ektiv; Tana harorati 39
0
S. Umumiy ahvoli og’ir. Terisi nam . Yuzi qizargan.
Ko’krak qafasining perkussiyasida o’ng tomonda kurak ostida 3-4 chi qovurg’alar
aro sohada perkutor tovush bo’g’iqlashgan. Qolgan soxalarda aniq o’pka
tovushi.Auskultatsiyada bo’g’iqlashgan sohada bronxial nafas, yirik– va o’rta
pufakchali nam xirillashlar. Yurak tonlari bo’g’iqlashgan. YuQS – 102 ta
daqiqasiga. AQB 100/70 mm.sim..ust.
Javob: Krupoz
Savollar:
1. Taxminiy tashxisni qo’ying va asoslab bering.
2.Zarul bo’lgan qo’shimcha tekshiruvlarni ayting.
15. . 42 yoshli erkak bemor, tana haroratining 38,5°gacha oshishiga, shilliq –
yiringli balg’am ajralishi bilan yo’talga, tinch holatda o’rtacha xansirashga
shikoyat qiladi. Bir hafta ilgari ORI alomatlari paydo bo’lgandan so’ng kasallandi.
Haroratning 37,2° dan 38,5°gacha oshishi kuzatildi, quruq yo’tal asta sekin nam
ga aylandi, avvaliga shilliqli, keyinchalik esa shilliq- yiringli balg’am ajralishi
bilan namoyon bo’ldi. Kechadan boshlab biroz xansirash bezovta qilmoqda. Puls –
84 ta daqiqasiga. AQB 110/70 mm.sim..ust. harorati 38,5°C, NOS – 24 ta
daqiqasiga. O’pkada o’ng tomonda kurak burchagi sohasida
perkutor tovush
bo’g’iqlashgan va shu yerda quruq va mayda pufakchali nam xirillashlar
eshitilmoqda.
Javob:
Surunkali bronxit
Savollar:
1. Taxminiy tashxisni qo’ying va asoslab bering.
2. Tekshiruv rejasi..